61 – rasm. Marshansiya
A- urug’chi tanasi, B- changchi tanasi V- tanachaning kondalang kesimi. 1-
og‘izchaning kondalang kesimi, 2- epiderma, 3- xlorofilli hujayra, G- og‘izchaning
ustki ko’rinishi.
Marshansiyada nasl gallanishi bir yilda bir marta sodir bo‘ladi.
Marshansiya vegetativ yo‘l bilan ko‘payganda uning tallomi ustidagi xaltacha
ichida kurtaklar hosil bo‘ladi. Shu kurtaklar bir muddat vaqt o‘tib
marshansiyadan ajralib chiqadi va yangi marshansiya hosil qiladi.
Barg poyali moxlar sinfi (Musci) asosan tanasining poya va bargga
bo‘linganligi, rizoidlarining ko‘p hujayrali hamda sershox bo‘lishi bilan jigar
moxlaridan farq qiladi. Ko‘payish jinsiy organlari - anteridiy va arxegoniylar
ko‘pincha to‘da-to‘da bo‘lib, “novda” yoki shoxchalarning uchida, alohida
yoki bitta o‘simlikning o‘zida rivojlanadi.
Vegetativ yo‘l bilan ko‘payganda kurtaklar yoki tanadan ajralgan biror
qismdan yangi moxlar o‘sib chiqadi. Barg poyali moxlarning ichki tuzilishiga
kelsak, uning poyasida po‘st, asosiy to‘qima va juda sodda tuzilgan
234
o‘tkazuvchi naylar bo‘ladi. Barg poyali moxlarga kakku zig‘iri, funariya va
sfaggnum (torf) moxlarini misol qilishimiz mumkin.
Kakku zig‘iri asosan shimolda, botqoqliklarda, o‘rmonlarda ko‘p
uchraydi. Kakku zig‘iri moxlarga qaraganda bo‘yi balandroq bo‘lib, 40-50 sm
ga yetadi. Kakku zig‘irining jinsli nasli shoxlanmagan 15 sm keladigan poya va
spiral holatda zich joylashgan bargchalardan iborat bo‘lib, yer ostidagi
rizoidlari ko‘pincha gorizontal holatda bo‘ladi.
Kakku zig‘irining poyasi murakkab tuzilishga ega, uning markazida
o‘tkazuvchi bog‘lamlar joylashgan. O‘tkazuvchi bog‘lamning markazida yon
devori qalin po‘stli, uzun tortgan o‘lik hujayralardan iborat ksilema joylashgan.
U orqali suv va suvda erigan oziq moddalar harakatlanadi. Ksilema atrofida
1—2 qatlamdan iborat kraxmal saqlovchi hujayralar tizmasi joylashgan. Ularni
ust tomonidan halqa shaklidagi floyema o‘rab turadi. Floyemaning
o‘tkazuvchibog‘lamlari tirik hujayralardan tarkib topgan bo‘lib, ular orqali oziq
moddalar harakatlanadi. O‘tkazuvchi to‘qimalarni po‘st qatlami o‘rab turadi.
Po‘stni tashqi tomondan epidermis o‘rab turadi. Kakku zig‘irining bargi ham
murakkab tuzilishga ega. U cho‘ziq nashtarsimon shaklda bo‘lib, bir necha
qavat hujayralar qatlamidan tarkib topgan. Uning markazidan bargning butun
sathi bo‘ylab o‘tadigan markaziy o‘tkazuvchi tomiri joylashgan. Bargning ustki
qismi bir qator hujayralardan iborat, tarkibida xlorofill saqlovchi assimilatorlar
joylashgan.
Kakku zig‘iri ikki uyli o‘simlik. Poyasining uchida anteridiy va
arxegoniy joylashgan. Anteridiy qopchiq shaklida, bandli, unda son-sanoqsiz
spermatogen hujayralari vujudga kelib, har bir spermatogen hujayrasidan
bittadan ikki xivchinli harakatchan spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Arxegoniy
moxsimonlarga xos tuzilishli, uni bir necha qavat hujayra o‘rab turadi.
Urug‘langan tuxum hujayradan sporogon shakllanadi. Kakku zig‘irining
sporogoni uzun bandli ko‘sakchadan iborat. Ko‘sakcha pishib yetilgach,
qopqoqchasi ajralib tushadi va peristoma teshikchalari orqali sporalar to‘kiladi.
235
Sporalar qulay muhitga tushishi bilan undan avval ingichka ip shaklidagi
protonema va undan kakku zig‘irining gametofit nasli hosil bo‘ladi.
Poya bargli moxlarga yoki yashil moxlar tartibiga tabiatda juda ko‘p
tarqalgan funariya (Funaria hugrometrika) moxi kiradi. U O‘zbekistondagi
buloq va ariqlar bo‘yida, zax joylarda, tekislik va tog‘li zonalarda, eski
uylarning loyli tomlarida uchraydi. Poyasida kalta bo‘yli barglar zich
joylashgan va yer ostki qismidagi rizoidlar yordamida tuproqqa mahkam
o‘rnashib oziqlanadi. Funariya bir uyli, ikki jinsli o‘simlik bo‘lib ko‘payishi
gametofit va sporofit nasllarning gallanishi bilan sodir bo‘ladi.
Sfagnum moxining 350 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ular asosan yer
sharining hamma qismida uchraydi. Sfagnum moxining hujayralarida
to‘plangan suv va havo pufaklari, unga oq rang berib turadi. Shu sababli ular
oq yo‘sinlar deb ham yuritiladi. Sfagnum (Sphagnum) moxi tanasining
parchalanishi va maxsus ajraluvchi kurtaklari yordamida vegetativ ko‘payadi.
Bularning rivojlanish siklida hamma moxlar singari jinsiy va jinssiz nasl
gallanishi mavjud. Bu o‘simliklar ko‘pincha bir uyli. Jinsiy organlar—anteridiy
yumaloq shaklda bo‘lib, o‘simlikning yon novdalarida, arxegoniy esa
poyaning uchida joylashgan. Urug‘lanish natijasida uzun ustunchada
joylashgan sharsimon sporogon vujudga keladi.
Sporogonust tomondan ko‘p qavatli epidermis va yashil rangli hujayralar
qatlami bilan qoplangan. Sporogon ichida bir qadar kengaygan ustun
shaklidagi bo‘rtma bo‘lib, uning ustida kelgusida, ulardan spora vujudga
keladigan sporogon hujayralari bilan to‘la sporangiy joylashgan. Pishib
yetilgan sporogonning qopqog‘i ochilib, sporalar to‘kiladi, qulay muhitga
tushgan sporalardan yangi moxning gametofitnasli unib chiqadi. Botqoq va suv
havzalarining ostida to‘plangan moxlar kislorodning yo‘qligi tufayli
chirimaydi, torfga aylanadi.Torf qatlami nihoyatda sekin vujudga keladi. Bir
metr torf qatlamning hosil bo‘lishi uchun 1000 yilga yaqin vaqt talab qilinadi.
236
Torf moxi morfologik tuzilishi va ekologiyasiga taalluqli qator
xususiyatlari bilan moxlarning boshqa turlaridan keskin farq qiladi. Yetilgan
torf moxining poyasi bargli, shoxlangan, uning ost qismi vegetatsiya oxirida
o‘lib, yil sayin yangi torf qatlamini hosil qilaveradi, ustki qismi esa o‘sishni
davom ettiradi. Torf moxining poya va bargi g‘ayri tabiiy tuzilishga ega.
Poyaning ustki tomoni bir necha qatlam, suv bilan to‘la, rangsiz, hujayralar
qatlamidan tashkil topgan po‘st bilan qoplangan. Uning ostki qismida qalin
po‘stli hujayralardan vujudga kelgan to‘qimalar joylashgan.Poyaning o‘zak
qismi tirik, xlorofillsiz parenxima to‘qimalaridan shakllangan. Poyada maxsus
o‘tkazuvchi to‘qimalar yo‘q. Torf moxining bargi oval-lansetsimon ikki xil
hujayralardan tashkil topgan plastinkadan iborat. Bu hujayralardan biri tirik,
xlorofilli, uzunchoq bo‘lib, uchtadan birlashib to‘r hosil qiladi. Boshqalari esa
ular orasida joylashgan, bochkasimon, po‘st hujayralariga o‘xshash suv bilan
to‘lib turgan o‘lik hujayralardan iborat. Shu xususiyatiga ko‘ra torf moxi
o‘zining quruq vazniga nisbatan 30 barobardan ortik suv to‘playdi.
O‘rmonlarda tarqalgan torf moxi o‘z tanasida ko‘p miqdorda suv to‘planganligi
tufayli botqoqliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Agromeliorativ
usullar bilan botqoqliklar quritilib, torf qazilma boylik sifatida kovlab olinadi.
Torf qimmatbaho yoqilg‘i hisoblanib, qadimdan ishlatilib kelingan. Hozirgi
vaqtda qimmatbaho o‘g‘it sifatida tez buziladigan mevalarni joylashda, mollar
ostiga to‘shashda, bog‘dorchilikda, ba’zan dezinfeksiya qilishda va texnikada
binokorlik plitalarini tayyorlashda ishlatiladi.
ORGANLI, ARXEGONIYALI O‘SIMLIKLAR – SORMOBIONTA
ARCHEGONIATAE
Organli, arxegoniyali o‘simliklar va ochiq urug‘lilar dunyosiga
plaunsimonlar, qirqbo‘g‘imsimonlar, qirqquloqsimonlar va ochiq urug‘li
o‘simliklar kiradi. Bu o‘simliklar juda qadimiy bo‘lib, ularda jinsiy va jinssiz
237
nasli alohida-alohida yashab, gallanib turishi bilan xarakterlanadi.
Plaunsimonlar bo‘limi –Lycopsida
Plaunsimonlar eng qadimiy o‘simliklardan. Ular paleozoy erasining
Silur davridan boshlab, karbon davrida o‘z rivojlanishining eng yuqori
pog‘onasiga ko‘tarilgan. Karbon davrida plaunsimonlarning baland bo‘yli
daraxtsimon shakli – lepidodendronlar kabi o‘simliklar keng tarqalib, o‘rmon
hosil qilgan. Ularning bo‘yi 30 m, diametri 1 m gacha etgan. Poyasi bir necha
marta dixatomik shaklida shoxlangan. Plaunsimon o‘simliklarning hammasi
mezozoy erasi boshlariga kelib yo‘qolib ketgan. Bizga qadar ularning faqat
o‘tsimonlari yetib kelgan.
Plaunsimonlar bo‘limi plaunlar valepidodendronlar sinfiga bo‘linadi.
Plaunlar sinfi esa bir xil sporali va har xil sporali avlodlarga ajraladi.
Bir xil sporali plaunlar-Lycopodiales
Plaunlar 200 turdan ortiq bo‘lib, ulardan 10 tasi asosan tropik
o‘rmonlarda uchraydi. Ularning barcha xarakterli xususiyatlarini o‘zida
mujassamlantirgan vakili
cho‘qmoqli plaun (Lycopodiom clavatum)
hisoblanadi. Bu o‘simlik Rossiyada, xususan uning o‘rmon zonasida keng
tarqalgan. Cho‘qmoqli plaun dixatomik shoxlangan, yer bag‘irlab o‘sadigan
o‘simlik bo‘lib, ayrim hollarda uning uzunligi 3 m ga qadar boradi. Poyasi
bigizsimon barglar bilan qoplangan, uning gorizontal holda yer bag‘irlab
o‘sadigan qismida ancha murakkab tuzilishli, shoxlangan ildizlari bor.
Poyasining ichki tuzilishi nisbatan murakkab, uning sirt tomonida og‘izchali
epidermis joylashgan, epidermis ostida ich tomonidan endodermaga o‘xshash
po‘st bo‘ladi. Endodermadan so‘ng peritsikl boshlanadi, markazda esa
traxeidlardan iborat ksilema joylashgan bo‘lib, unielaksimon naylar va
parenxima hujayralaridan shakllangan floyema o‘rab turadi. Barglari uzun,
ensiz, poyada navbatlashib, qarama-qarshi va xalqa shaklida joylashgan.
238
Poyaning uchida dixatomik shoxlangan cho‘qmoq shaklidagi boshoqlar
bo‘ladi. Boshoqchaning markazidan o‘q o‘tadi. Boshoqcha o‘qiga qorin qismi
kengaygan, qisqa bandli, o‘tkiruchli spora saqlovchi barglari o‘zining tub
qismi bilan birlashgan. Spora barglarning markazida buyraksimon sporangiy
joylashgan. Sporangiyning ichi son-sanoqsiz kattaligi bir xil sporalar bilan to‘la
bo‘ladi.
Pishib yetilgan sporangiy yorilib, sporalar qulay sharoitga tushishi bilan
undan plaunning gametofit nasli - o‘simta vujudga keladi. O‘simtaning ostki
qismida rizoidlar, ustki qismida jinsiy organlar anteridiy va arxegoniy taraqqiy
etgan. Odatda anteridiy o‘simtaning markazida, arxegoniy esa uning tashqi
qismida joylashgan bo‘ladi. Cho‘qmoqli plaunning gametofiti 15-20 yilga
qadar umr ko‘radi. Jinsiy organlarning rivojlanishiva urug‘lanishi gametofit
hayotining ikkinchi yarmida kuzatiladi. Urug‘lanishdan so‘ng vujudga kelgan
zigotadandarhol sporofit murtagi shakllanadi. Sporofit murtagidan ma’lum
vaqtdan so‘ng cho‘qmoqli plaunning sporofitnasli hosil bo‘ladi (62-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |