M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

63 – rasm. Dala qirqbo‘gimining hayot sikli 
 
2n- diploid xromosomali jinssiz nasl, n-gaploid  xromosomali jinsli nasl 
 
Bu  o‘simlik  o‘rta  iqlimli  mintaqa  sharoitida  keng  tarqalgan.  U 
ko‘pincha madaniy ekinlar orasida, daryo va ariq bo‘ylarida, shudgor qilingan 
yerlarda  tarqalgan.  Tik  o‘suvchi,  balandligi  50sm  ga  qadar  boradi.  Yer  ostki 
organi  bo‘lgan  ildiz  poyasi  yer  bag‘rida  gorizontal  holda  joylashgan.  Erta 
bahorda  uning  shoxlanmagan  bir  qadar  sarg‘ish  qo‘ng‘ir  rangli  xlorofilsiz 
novdalari  o‘sib  chiqadi.  Bu  uning  spora  hosil  qiladigan  bahorgi  poyasi 
hisoblanadi.  Unda  spora  hosil  qiladigan  organlar  -  sporangiylar  maxsus 
boshoqchalarda  joylashgan.  Qirqbo‘g‘im  sporasi  yumaloq,  to‘q    yashil  rangli, 
uch  qavat  po‘st  bilan  o‘ralgan.  Ustki  po‘stidan  spora  pishib  yetilishi  oldidan 
spiral  shakli  bukilgan,  oxiri  bir  qadar  yo‘g‘onlashgan  elatera  hosil  bo‘ladi. 
Elatera  gigroskopik  xususiyatga  ega  bo‘lib,  sporaning  tarqalishi  va  tuproqqa 
mahkam o‘rnashishiga yordam beradi. 
Dala  qirqbo‘g‘imining  sporasi  morfologik  jihatdan  bir  xil,  lekin 
fiziologik jihatdan bir-biridan farq  qilib, ularning biridan erkak, boshqalaridan 


242 
 
urg‘ochi gametofit unadi. Qirqbo‘g‘imning erkak o‘simtasi mayda yashil, cheti 
o‘yma(bo‘lmalarga  bo‘lingan)  plastinkadan  iborat.  Bo‘lmalarni  chetida 
anteridiylar  taraqqiy  etadi.  Spermatozoidlari  ko‘p  xivchinli.  Urg‘ochi  o‘simta 
erkak o‘simtaga nisbatan bir qadar katta. Ayrim oziq  moddasiga boy tuproqda 
ungan  urg‘ochi  gametofit  ikki  jinsli,  undan  ham  anteridiy,  ham  arxegoniy 
taraqqiy etadi. Qirqbo‘g‘im  o‘simtasi yashil rangli cheti bir necha bo‘lmadan 
iborat,  yassi  plastinka  shaklida,  arxegoniy  va  anteridiy  uning  to‘qimalariga 
botgan  holda  joylashgan.  Urug‘lanish  yog‘ingarchilik  davrida  sodir  bo‘ladi. 
Urug‘langan  tuxum  hujayrasidan  murtak  vujudga  keladi.  Dastlab,    murtak 
o‘simta  to‘qimalariga  botgan  yopiq  bo‘lib,  u  mitti  poyacha,  2—3  barg  va 
ildizchadan iborat bo‘ladi. Murtak asta-sekin o‘simtani yorib poyasi tashqariga 
chiqadi,  ildizi  erbag‘riga  mahkam  o‘rnashadi  va  mustaqil  ravishda  hayot 
kechira boshlaydi. 
Yozga  yaqin  qirqbo‘g‘imlilarning  poyasidan  yashil,  assimilatsiya 
qiladigan  vegetativ  poya  o‘sib  chiqadi.  Unda  spora  hosil  bo‘lmaydi.  Butun 
poya  bo‘ylab  aylana  shaklida  barglar  va  novdalar  joylashgan.  Bu  poyaning 
vazifasi  assimilatsiya  qilish  va  zahira  oziq  modda  to‘plash  hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  qirqbo‘g‘im  sporofitida  uning  ildiz  poyasidan  vujudga 
keladigan  novdalar  vazifasiga  ko‘ra  spora  hosil  qiladi  va  yashil  vegetativ 
novdalar  paydo  bo‘ladi.  Qirqbo‘g‘imlarning  boshqa  turlarida  ham  spora  hosil 
qiluvchi  organlar  hamda  yashil  barglar  bir  tup  o‘simlikning  o‘zida  vujudga 
keladi. Vegetativ va spora hosil qiluvchi o‘simlik tuplari bir-biridan farq qiladi. 
Qirqbo‘g‘imlilar  hujayralarida  (SiO
2
)    qum  to‘planishi  tufayli  ular  idishlarni 
tozalashda,  mebellarni  pardozlashda,  tanasining  ustki  qismidagi  kremnozem 
binokorlikda  yog‘och  va  boshqa  qurilish  uchun  zarur  materiallarni  silliqlash 
uchun ishlatiladi.  Shimoliy Amerikada  hindlar qirqbo‘g‘im  ildiz  poyalaridan 
savatlar  to‘qishda  foydalanishgan.  XX  asrgacha  o‘rmon  va  dala  qirqbo‘g‘imi  
bo‘yoq sifatida ishlarilgan. 
Qirqbo‘g‘imlilarni ko‘pchiligi zaharli hisoblanadi, chunki ular tarkibida 


243 
 
tiaminaza  fermentiga  yaqin  modda  saqlanib,  ular  V
1
  ni  parchalaydi. 
Qirqbo‘g‘imlarda  saqlanadigan  alkaloidlar,  saponinlar  va  flavanoidlar 
ta’siridan ko‘pgina hayvonlarning zaharlanishi uchrab turadi.   
Qirqbo‘g‘imlilar  ichidan faqat dala qirqbo‘g‘imining  yozg‘i poyasidan 
olingan moddalar qon aylanish tizimini  yaxshilashda, siydik haydovchi va qon 
to‘xtatuvchi vosita sifatida foydalaniladi. 
 
Qirqquloqsimonlar  - Polypodyophyta 
Qirqquloqsimonlarning  hozir  300  ga  yaqin  avlodiga  oid    10 000  ga 
yaqin turi bor. O‘lkamizda ularning 100 ga yaqin turi mavjud, qazilma holatda 
ham ko‘p turlari aniqlangan. 
Qirqquloqsimonlarning 
paydo 
bo‘lib 
yashagan 
davri 
qirqbo‘g‘imlilarning  davriga  to‘g‘ri  kelib,  ular  birgalikda  qalin  nam 
o‘rmonlarni  hosil  qilganlar.  Qirqquloqsimonlarning  tropik  iqlim  sharoitida 
o‘suvchi vakillarining balandligi  30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi. 
Tabiatda ularning  juda  mayda  bir necha mm  ni  tashkil  etadigan turlari bo‘lib, 
hatto suvda hayot kechiradigan vakillari ham uchraydi. 
Qirqquloqsimonlarda  boshqa  yuksak  sporali  o‘simliklardagi  kabi 
sporofit  nasli  ustun  turadi.  Ularning  aksariyati  patsimon  yirik  bargli  bo‘lib,  
ular  yer  osti  ildizpoyasida  va  yer  ustki  qismida  spiral  shaklda  joylashgan. 
Qirqquloqsimonlarning  barglari  novdaga  o‘xshab  uchi  bilan  o‘ssa-da, 
tabiatdagi  barglarning  hammasi  asosi  bilan  o‘sadi.  Bu  bo‘limga  kiruvchi 
o‘simliklar vegetativ ko‘payganda yer ostki ildizpoyalariorqali jinsli va jinssiz 
nasli gallanib ko‘payadi. 
Qirqquloqsimonlar  dastlabki  va  chin  qirqquloqlilarga  bo‘linadi. 
Dastlabki    qirquloqlilar  qadimiy  bo‘lib,  faqat  qazilma  holda  topilgan.  Chin 
qirqquloqlilarni  paleobotaniklar  yuqori  perm  davrida  paydo  bo‘lgan,  deb 
hisoblaydilar  va  ularni  qadimiy  vakillarini  qazilma  holda  topib  aniqlaganlar. 
Hozirgi  vaqtda  uchraydigan  haqiqiy  qirqquloqlilar  ikkita  katta  guruhga 


244 
 
bo‘linadi: bir xil sporali va har xil sporali  qirqquloqlilar. 
 
Bir xil sporali qirqquloqlilar-Filicales
 
 Bir  xil  sporali  qirqquloqlar  tabiatning  mo‘tadil  sharoitida  o‘sadi. 
Ularning 10 000 dan ortiq vakili barglarining yirikligi bilan xarakterlanadi. 
Qirqquloqlarning    tropik  va  subtropik  iqlimda  o‘sadigan  vakillarning 
bo‘yi  25-30  m  gacha  o‘sishi  mumkin.  Ular  poyasining  yuqori  qismidagi 
murakkab barglari doimiy yashil bo‘lib, to‘p-to‘p joylashgan. Mo‘tadil iqlimda 
o‘sadigan qirqquloqlar    asosan sernam  botqoqlik va  o‘rmonlarda o‘sadi.  Ular 
asosan ko‘p yillik o‘t o‘simligi bo‘lib, qishda yer ustki barglari nobud bo‘ladi. 
Ularning  poyalari  yer  ostki  ildizpoya  shaklida  bo‘lib,  ostki  qismidan 
qo‘shimcha ildiz, ustki qismidan  yer ustiga  barg hosil qiladi. 
Bir  xil  sporali  qirqquloqlarning  ayrim  vakillari  quruq  iqlimda,  tog‘ 
qirralarida  o‘sishga  moslashgan.  Bir  xil  sporali  qirqquloqlardan  eng 
ahamiyatlisi,  tibbiyotda  ishlatiladigan  erkak  qirqquloq  yoki  o‘rmon  shitovniki 
(Dryopterus filix mas) bo‘lib hisoblanadi (64-rasm). 
Erkak qirqquloq mayin tuproqli yerlarda, daraxtlarning  soyasida yaxshi 
o‘sa  oladigan  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simlikdir.  Ko‘p  yillik  bo‘lganligi  uchun  yer 
ostida katta yo‘g‘on ildizpoyalari bo‘ladi. Ildizpoyasidan juda ko‘p qo‘shimcha 
ildizlar chiqib, tuproqqa mustahkam joylashadi.  
 


245 
 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish