M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova


Har xil sporali  qirqquloqlar - Hydropteritales



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Har xil sporali  qirqquloqlar - Hydropteritales 
Har  xil  sporali    yoki  suv  qirqqulog‘i  asosan  suv  va  botqoqlikda  
yashaydi,  ayrimlari  vaqtincha  quruqlikda  o‘sishga  moslashgan.  Suv 
qirqquloqlari ichida ko‘p tarqalgan vakili suzuvchi salviniya (Sulvinia natans) 
dir.    Bu  bir  yillik  o‘simlik  bo‘lib,  15  sm  gacha  boradi,  suvda  suzuvchi 
poyasining bo‘g‘imidan  uchtadan barg o‘sib chiqadi. Shundan 2 tasi suv ustida 
suzib,  bittasi  qiyofasini  o‘zgartirib  ipcha  shakliga  o‘tadi  va  ildiz  vazifasini 
bajaradi.  Poyasining  suv  ostida  joylashgan  qo‘ltig‘idan  dumaloq  shaklda 
qo‘shaloq  g‘udda-  soruslar  yetiladi.  Bir  g‘uddada  mikrosporalar,  ikkinchisida 
makrosporalar  yetiladi  va  g‘uddalar  suvning  tubida  qishlaydi.  G‘uddalar 
suvning  ustiga  bahorda  suzib  chiqadi.  Mikrosporangiylarning  hujayra  po‘stini 
ko‘p  miqdordagi  anteridiylar  yorib  chiqadi  va  ulardan  spermatozoidlar  hosil 
bo‘ladi. Makro yoki megasporalardan  yelpig‘ich shaklidagi urug‘chi maysalari 
ichida  tuxum  hujayralari  rivojlanadi  va  urug‘lanib  zigota  hosil  qiladi.  Zigota 
rivojlanib murtakka aylanadi va undan yangi salviniya o‘sib chiqadi. 
Evolutsion  taraqqiyotda  har  xil  sporali  o‘simliklar  bir  xil  sporalilardan 
ustunroq  turadi,  chunki  gametafit    nasl  spora  ichidagi  oziq  moddasidan  
foydalanib rivojlanadi. Suv qirqquloqlari ichida eng kichigi azolla (azolla) azot 


247 
 
qabul qiluvchi   sianobakteriyalar bilan simbioz  (kelishib)  holatda  yashaydi va 
azot  saqlash  xususiyati  bilan  dukkakli  o‘simliklardan  qolishmaydi.  Bu 
(Anabaena  azolla)  o‘simlik  qishloq  xo‘jaligida  yashil  o‘g‘it  sifatida  sholi 
o‘stirishda keng foydalaniladi. 
 
URUG‘LI O‘SIMLIKLAR 
 
Ochiq urug‘lilar bo‘limi- Gymnospermae 
      Ochiq 
urug‘li 
o‘simliklar 
toshko‘mir 
davrining 
oxirlarida 
qirqquloqsimonlardan  keyin    paydo      bo‘lgan.    Ochiq    urug‘lilarda      birinchi  
bo‘lib,  urug‘  hosil    bo‘lgan. Ularning   urug‘lari   yopiq   urug‘lilar  singari  
mevasining   ichida   emas,   balki megasporafillarda  ochiq xolda   joylashgan.  
Shuning uchun ularni ochiq urug‘lilar deyiladi.  
     Sporali  novdalarning  qisqarishi  va  unda  sporali  barglarning  yig‘ilishi 
natijasida  strobila-g‘udda  hosil  bo‘lgan.  Bu  g‘uddalar  asosan  bir  jinsli,  faqat 
bizgacha  etib  kelmagan  qadimiy  o‘simliklardan  benettitlarda  ikki  jinsli 
g‘uddalar bo‘lgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar har xil sporali o‘simliklar bo‘lib, 
ularning  mikro  va  makrosporalari  g‘uddalardagi  makro-mikrosporofillarda 
rivojlanadi.  
     Hozirgi  ochiq  urug‘lilarning  vakillari,  ninabarglilarda  poyaning  po‘stlog‘i 
yupqa    bo‘lib,    yog‘ochli    qismi    rivojlangan.    Ochiq  urug‘li  o‘simliklarning 
yog‘ochligi  qobiq  urug‘lilardan  tashqari  traxeidlardan  iborat.  Bu 
o‘simliklarning  hayotiy  shakllari  asosan  daraxt,  buta  va  lianalardan  iborat. 
Ochiq  urug‘lilarning    700  ga  yaqin  turi  mavjud.  Ular  yer  sharining  deyarli 
barcha  qit’alarida  uchraydi.  Ayniqsa  shimoliy  hududlarda  ninabargli 
o‘rmonlarni hosil qiladi.  
    Ochiq urug‘lilar 3 – sinfga  bo‘linadi: sagovniklar-Cycadophyta, qubbalilar-
Coniferophyta, qobiqli urug‘lilar- Chlamydospermatophyta 
    Sagovniklar sinfi kiradigan o‘simliklar asosan yirik patsimon bargli bo‘lishi, 


248 
 
hamda  bu  barglar  oddiy  shoxlanmagan  yoki  qisman  shoxlangan,  poyalarning 
uchki  qismida  joylashganligi  bilan  ochiq  urug‘li  o‘simliklarning  boshqa 
sinflaridan farq qiladi.  
     Sagovniklar sinfi: urug‘li qirqquloqlar, sagovniklar, bennetitlar tartibini o‘z 
ichiga oladi.  

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish