229
YUKSAK O‘SIMLIKLAR — CORMOBIONTA
Ma’lumki, yuksak sporali o‘simliklar quruqlikda bundan 400 mln yil
oldin, silur davrining oxirida paydo bo‘lgan. Ularning dastlabki vakillari uncha
katta bo‘lmagan va oddiy tuzilishga ega bo‘lgan. Asta-sekin evolutsion
taraqqiyot davomida ulardan yuksak o‘simliklarning turli tuman shakllari
paydo bo‘lgan.
Dastlabki primitiv yuksak o‘simliklarda elementar organlar paydo bo‘la
boshlagan. O‘simliklarning tanasi dixotomik shoxlangan bo‘lib, ularning pastki
qismida ildizpoyalarni eslatuvchi rizomoidlari bo‘lgan, ulardan esa tolasimon
rizoidlar chiqqan. Aytish lozimki, rizomoid ildizning, rizoid esa ildiz
tukchalarining dastlabki ko‘rinishlari bo‘lgan.
Yuksak o‘simliklarning deyarli hammasida murtak hosil bo‘ladi,
shuning uchun ular murtakli o‘simliklar dunyosi deb ataladi. Morfologik
tuzilishi jihatidan yuksak o‘simliklar tana – tallofit o‘simliklardan o‘zining
murakkabligi, tanasining haqiqiy qismlarga - organlarga (barg, poya, ildiz, gul,
meva, urug‘) o‘tganligi va u organlar evolutsion taraqqiyotda rivojlanib turli
shakllarga ega bo‘lganligi bilan tuban o‘simliklardan farq qiladi. Yuksak
o‘simliklardagi bunday o‘zgarish asosan asta-sekin suvli hayotdan quruqlikka
moslasha borish jarayoniga bog‘liq. Shubhasiz, yuksak o‘simliklar evolutsion
taraqqiyotida suvo‘tlardan kelib chiqqan, lekin ularning qaysi suv o‘tidan kelib
chiqqanligi hali aniq tasdiqlangan emas. Rivojlanishda suvo‘tlardan qizil,
qo‘ng‘ir, yashillari boshqalariga qaraganda murakkabroq, ularda nasl
gallanishlari paydo bo‘lgan. Yashil suvo‘tlarida faqatgina izomorf nasllarning
almashinishi kuzatilsa, qo‘ng‘ir suvo‘tlarida nasllarning ixtisoslashishi yanada
chuqurroq ketgan. Ularda izomorf nasllarning almashinishidan tashqari
geteromorf nasllarning ham almashinishi ro‘y beradi. Masalan, laminariyada
anchayin baquvvat, uzoq yashaydigan sporofiti mikroskopik kichkina bo‘lgan,
bir nechta hujayralarigacha reduksiyalanib ketgan gametofiti bilan birga
230
mavjud bo‘ladi, unda albatta sporofit nasli ustunlik qiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan ravshanki, nasl gallanishi
suvo‘tlaridayoq yuzaga kelgan, shuning uchun yuksak o‘simliklar bu
qonuniyatni tayyor holda olishgan.
Jinsiy nasl (gametofit) va jinssiz (sporofit) nasl bilan almashinishi
natijasida o‘simliklar dunyosi ko‘payadi va tarqaladi.
Sporofit – sporalar hosil qiluvchi o‘simlik. Ko‘p hujayralari
sporangiyalarda meyotik bo‘linish tufayli gaploid sporalar hosil bo‘ladi.
Ularning xivchinlari bo‘lmaydi va passiv holda (shamol, suv va hayvonlar
yordamida) tarqaladi. Sporalari bir xil bo‘lgan o‘simliklar bir xil sporalilar deb
ataladi. Har xil sporali o‘simliklarda esa, mikrosporangiyalarida ko‘plab mayda
sporalar – mikrosporalar, megasporangiyalarida esa yirik megasporalar
yetiladi. Spora o‘sib, undan gametofit shakllanadi.
Gametofit gametalar hosil qiluvchi o‘simlik. Ular ko‘p hujayrali jinsiy
organlarda:
tuxum
hujayra
– kolbaga o‘xshagan arxegoniyalarda,
spermatozoidlar – xaltachasimon anteridiyalarda rivojlanadi. Otalanish
faqatgina suv mavjud bo‘lgandagina ro‘y beradi, chunki spermatozoidlar
harakati uchun suv zarur. Gametalar qo‘shilishidan diploid zigota hosil bo‘ladi.
Zigotadan esa ko‘p hujayrali murtak shakllanib u yangi sporofitni hosil qiladi.
Jinsiy organlarining tuzilishiga va nomlanishiga qarab yuksak
o‘simliklar ikki guruhga bo‘linadi:
Arxegoniyali o‘simliklar— Archegoniatae
Urug‘chi o‘simliklar— Gynoeciatae
Yuksak o‘simliklarni yuksak sporali va urug‘li o‘simliklarga ham
ajratadilar. Yuksak sporali o‘simliklar urug‘li o‘simliklarga nisbatan
qadimiydir. Evolutsiyada tuban sporali o‘simliklardan yuksak sporali
o‘simliklar kelib chiqqan bo‘lsa, yuksak sporali o‘simliklardan yopiq urug‘li
o‘simliklar kelib chiqqan.
Murtakdan sporofit rivojlanishi yuksak sporali o‘simliklar bilan urug‘li
231
o‘simliklarda keskin farq qiladi. Yuksak sporali o‘simliklarda murtak gametofit
hisobiga rivojlanib sporofit naslni hosil qilsa, urug‘li o‘simliklarda esa murtak
sporofit tayyorlagan oziq modda endosperm (3n) hisobiga rivojlanib yangi
sporofit nasl hosil bo‘ladi. Demak, urug‘li o‘simliklarda gametofit murtakni
hosil qilsa ham murtakdan sporofit hosil bo‘lishida ishtirok etmas ekan.
Yopiq urug‘li o‘simliklarda changchi va urug‘chilari qisqargan bo‘lsa
ham u juda murakkab tuzilishga ega. Urug‘ning ichida urug‘ kurtak hosil
bo‘lib, meva ichida joylashadi. Urug‘ kurtakdan urug‘ hosil bo‘ladi.
Yopiq urug‘li o‘simliklar Yer sharini boshqa o‘simliklarga nisbatan ko‘p
egallagan va keng tarqalgan. Shuning uchun ular tabiatda hukmron o‘simlik
hisoblanadi.
ORGANOLDI ARXEGONIYALI O‘SIMLIKLAR
PROCORMOBIONTA ARCHEGONIATAE
Yuksak sporali o‘simliklardan moxlar, plaunlar, qirqbo‘g‘imlilar,
qirqquloqlilar bilan tanishamiz.
Yuksak sporali o‘simliklar 415-430 mln.yillar avval paydo bo‘lgan.
Suvda yashagan o‘simliklarga nisbatan quruqlikda yashaydigan o‘simliklarning
sharoiti tubdan farq qilgan. Havoda suvga nisbatan kislorod juda ko‘p,
tuproqda mineral moddalar va suv bo‘ladi. Demak, o‘simlik suvni tuproqdan
olib, butun tanasiga yetkazib beradi. Shuning uchun quruqlikka moslashish
maqsadida ularning morfologik va anatomik tuzilishlari keskin o‘zgara
boshlaydi. Bu o‘zgarishlarni quyidagi o‘simliklarda kuzatish mumkin.
Moxlar bo‘limi - Bryophyta
Moxlar bo‘limiga judda sodda tuzilishga ega bo‘lgan yuksak
o‘simliklar kiradi. Moxlar boshqa yuksak o‘simliklardan farq qilib, nasl
gallanishida gametofit nasli ustun turadi. Gametofit nasli ustun bo‘lgani uchun
232
boshqa yuksak o‘simliklardan alohida mustaqil evolutsion taraqqiyot yo‘liga
ega.
Moxlarning eng oddiy vakillari tallomlilar bo‘lib, ularning tanasi yer
bag‘irlab o‘sadigan tallomdan iborat. Ayrim murakkab tuzilgan vakillarining
tanasidagi poyada barglar bo‘lib, ildizlar o‘rnida ko‘p hujayrali so‘ruvchi
tukchalar rizoidlar kuzatiladi. Moxlarning jinssiz nasli jinsiy naslida parazit
holatda yashaydi. Moxsimonlar suv o‘tlariga juda yaqin turadi, ularda suv
kanallari, ildizlar bo‘lmaydi, yer bag‘irlab o‘sadigan vakillari tanasida
dixomatik shoxlanishni kuzatish mumkin. Ularning urug‘lanish jarayoni suvda
sodir bo‘ladi. Moxlarda suv o‘tlarga o‘xshab yog‘ochlangan shakldagi vakillari
bo‘lmaydi. Moxlar Yer sharining barcha qit’alarida uchraydi, ayniqsa
botqoqliklarda, o‘rmonlarda keng tarqalgan. Moxlar asosan ikki sinfga;
jigarsimon va poya bargli moxlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |