M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

54 – pasm. Qizil so‘vo‘tlarning tuzilishi va ko‘payishi. 
1-sporangiy,  2-tetrasporalar,  3-karpogen  (tr.  trixogina,a.anteridiyli  shoxcha),  4-
karposporalar. 
 
Qizil  suvo‘tda  nasl  gallanishi  takomillashgan.  Saprofit  naslda 
tetrasporalar hosil bo‘lishidan oldin reduksion bo‘linish sodir bo‘ladi. Natijada 
gaploid holatdagi sporalardan karpogon va spermatsiy hosil qiluvchi gametofit 


213 
 
rivojlanadi.  Karposporalar  diploid  xromosomali  bo‘ladi.  Qizil  suvo‘tlar  oziq 
modda  sifatida kraxmal  saqlaydi, hujayra  po‘sti  pektin va  sellulozadan iborat. 
Ayrim  vakillari  juda  ham  shilimshiqlanadi.  Natijada  quyuq  shilimshiqlashgan 
tana  hosil  bo‘lgani  uchun  ulardan  (anfelsiya  -  Ahnfeltia  plicata,  gelidium  - 
Gelidium  amansii,  gratsellyariya  -  Gracilaria  verrucosa)  agar-agar  degan 
modda  olinadi.  Bu  modda  mikrobiologiyada  ishlatiladi.  Ayrim  qizil 
suvo‘tlardan  yod  olinadi,  ba’zilari  hayvon  va  odamlar  uchun  oziq  modda 
hisoblanadi. 
 
Haqiqiy  suvo‘tlar — Phycobionta 
Haqiqiy suvo‘tlar avtotrof bo‘lib, suv havzalarida tana holatida yashaydi. 
Mikroskopik  suvo‘tlar  suvni  «gullatadi».  Yirik  suvo‘tlarning  o‘lchami  60  m 
gacha etishi mumkin. Haqiqiy suvo‘tlarga pirofitlar, tillarang suvo‘tlar, diatom 
suvo‘tlar, qo‘ng‘ir suvo‘tlar, evglenafit suvo‘tlar, yashil suvo‘tlar va xarasimon 
suvo‘tlar kiradi. 
 
Diatom suvo‘tlar — Diatomeae (Bacillariophyceae) 
Diatom  suvo‘tlar  bir  yoki  ko‘p  hujayrali,  ajoyib  tuzilishga  ega  bo‘lgan 
tanalardir.  Ularning  hujayra  po‘sti  pektindan  tuzilgan,  tashqi  tomondan 
tarkibida  kremniy  bo‘lgan  yaxlit  qalqon  (pansir)  bilan  o‘ralgan.  Qalqonlar 
quticha  qopqog‘i  singari  biri  ikkinchisini  o‘rab  turadi.  Qalqonlardagi 
teshikchalar  orqali  ular  tashqi  muhit  bilan  bog‘lanadi.  Diatom  suvo‘tlarda 
xlorofilldan  tashqari  sariq  rang  beradigan  pigment  bo‘ladi.  Ular  harakatchan 
bo‘lib,  oddiy  yo‘l  bilan  bo‘linib  ko‘payadi.  Bunda  qalqonlar  va  hujayra 
ichidagi  moddalar  teng  ikkiga  ajralib,  tezda  ichi  qalqon  hosil  qiladi.  Bu 
bo‘linish bir necha marta takrorlanganda suvo‘t maydalashadi. Maydalanish bir 
chegaraga  yetganda  bo‘linish  to‘xtaydi,  tashqi  po‘stini  tashlaydi  va  o‘sish 
sporasi (aukospora) ga aylanadi. Keyin tez o‘sib oz vaqt ichida o‘z turiga xos 
kattalikka yetadi, ichki va tashki qalqonlarni hosil qiladi. 


214 
 
Diatom suvo‘tlar chuchuk suvlarda, dengizlarda, soy, ko‘l va daryolarda 
o‘sadi.  Bunga  misol  qilib  bir  hujayrali  pinnulyariya  (Pinnulariaviridis)ni 
ko‘rsatish  mumkin.  Diatom  suvo‘tining  protoplasti  nobud  bo‘lgandan  so‘ng, 
qalqoni suv tubiga tushib to‘planadi va tog‘ jinsi diatomit yoki kremniyni hosil 
qiladi.  Diatomit  fizik  xususiyatga  ega  bo‘lgan  yengil  g‘ovak  qimmatbaho 
material.  Undan  issiq  o‘tkazmaydigan  materiallar  tayyorlashda,  qurilish 
materiali  sifatida,  g‘ovak  g‘isht  tayyorlashda,  turli  materiallarni  silliqlashda, 
portlovchi modda — dinamit olishda ishlatiladi. 
 
Qo‘ng‘ir suv o‘tlar- Phaeophyta 
      Suv  o‘tlarning  anchagina  katta  bo‘lgan  bu  bo‘lim  vakillari  sovuq  va 
mo‘tadil  iqlimlardagi  dengizlarda  yashaydi.  Xromatoforida  xlorofilldan 
tashqari, qo‘ng‘ir rangli alohida pigment-fukoksantin bo‘lib, bu pigment ularni 
xarakterli rangga kiritadi. Bu suv o‘tlarning nomi ham rangiga qarab berilgan. 
Qo‘ng‘ir  suvo‘tlar  koloniyali  va  ko‘p  hujayrali  organizmlardir.  Bu  bo‘lim 
vakillarining hujayralarida diferensiyalanish borligi kuzatiladi va bu hujayralar 
har  xil  to‘qimalarni  hosil  qiladi  hamda  tallomni  morfologik  jihatidan  barg  va 
poyasimon  organlarga  ajraladi.  Hujayrlarning  qobig‘i  sellulozalidir,  ba’zan 
pektin moddalari singigan bo‘lib, shilimshiqlanish qobiliyatiga ega.  
     Qo‘ng‘ir  suvo‘tlar  sporalar  bilan  va 
jinsiy  yo‘l  bilan  ko‘payadi.  Jinssiz 
ko‘payishda  ko‘pchilik  vakillarida  ikki 
xivchinli harakatchan zoosporalar vujudga 
keladi, 
ammo 
ba’zilarning  sporalari 
harakatsiz 
bo‘ladi. 
Jinsiy 
jarayon 
izogamiya,  geterogamiya  yoki  oogamiya 
usulida kechadi.  
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish