55 – pasm. Fukus ( Fucus)
215
Ko‘pchilik qo‘ng‘ir suvo‘tlarda nasl gallanishi kuzatiladi. Masalan
laminariya o‘simligi sporofit naslli bo‘lib, yozda plastinkalarining ustida bir
hujayrali sporangiylar vujudga keladi. Har bir sporangiyning protoplasti
reduksion bo‘linib, 64 tagacha gaploid xromosomali zoosporalar hosil qiladi.
Bu zoosporalar o‘sib mayda erkak va urg‘ochi o‘simtalarga aylanadi. Erkak
o‘simtada ikki xivchinli spermatazoid, urg‘ochi o‘simtada tuxum hujayra
oogoniya hosil bo‘ladi, ular qo‘shilib zigotaga aylanadi. Zigota tez o‘sib yangi
laminariya hosil qiladi.
Jinssiz nasl yozda, jinsiy nasl kuz va qishda o‘sib bahorda urug‘lanadi,
undan yangi laminariya o‘sib chiqadi. Qo‘ng‘ir rangli suvo‘tlardan laminariya
dengiz karami nomi bilan tibbiyotda hotirani tiklashda keng qo‘llaniladi.
Ayrim qo‘ng‘ir suvo‘tlardan olingan alginatdan odam tanasida so‘rilib ketuvchi
xirurgik iplar tayyorlanadi. Ba’zilardan kaliy tuzlari, yod, atseton, sirka kislota
kabilar olinib kerakli joylarda ishlatiladi.
Yashil suv o‘tlar-Clorophyta
Bu suv o‘tlari sof yashil rangda bo‘lib, xromotoforida faqat xrolofill
pigmenti mavjud. Yashil suv o‘tlar bir hujayrali, ko‘p hujayrali va koloniya
bo‘lib yashaydi. Hujayra qobig‘i sellulozadan iborat bo‘lib, hujayra ichida
protoplazma, hujayra shirasi, bir yoki ko‘p yadroga ega. Xromotofori turli xil
shaklda spiralsimon, to‘rsimon, donador, tasmasimon shakllarda bo‘ladi.
Shuningdek xromotoforida pirenoid deb ataluvchi qattiq dumaloq, tanacha
mavjud. Bu pirenoid atrofida kraxmal to‘planadi.
Yashil suv o‘tlar vegetativ, spora hosil qilish va jinsiy yo‘l bilan
ko‘payadi. Yashash sharoiti qulay bo‘lganda vegetativ, ya’ni hujayrasining
ikkiga bo‘linishi yoki ko‘p hujayrali ipining uzilib ketish yo‘li bilan ko‘payadi.
Jinssiz ko‘payishi sporalar hosil qilishi hisobiga amalga oshadi. Sporalar
xivchinli bo‘lganligi sababli zoosporalar deb ataladi. Zoosporalar asosan suvli
muhitda yashaydigan tuban o‘simliklardan hosil bo‘ladi. Noqulay sharoitda esa
216
suv o‘tlar jinsiy yo‘l bilan, ya’ni kopulatsiya yoki konugatsiya usullarida
amalga oshadi.
Yashil suv o‘tlari uch sinfga bo‘linadi:
1. Chin yashil suv o‘tlar sinfi. Jinssiz zoosporalar va jinsiy ko‘payishi
izogamiya, geterogamiya va oogamiya hisoblanadi.
2. Konugatlar yoki matashuvchi suv o‘tlar. Bularda jinssiz ko‘payish
mavjud emas. Jinsiy ko‘payishi esa konugatsiya usulida kechadi.
3. Xaralilar sinfi. Vegetativ va jinsiy yo‘l oogamiya usulida ko‘payadi.
Bularda oogoniysi va anteridiysi boshqa suv o‘tlardan ko‘p hujayraligi bilan
farq qiladi. Jinssiz ko‘paymaydi.
Chin yashil suv o‘tlar sinfi to‘rtta tartibga: volvokslar, protokkokli,
uloktriksli va sifonlilarga bo‘linadi.
Uloktrisli - Ulotrichales tartibi. Bu tartibga kladofora suv o‘tini misol qilib
keltiramiz. Kladofora tez oqadigan suvlarda substratga ilashib qalqib
yashadigan suv o‘ti. Dengiz suvlarida yashaydigan vakillari ham uchraydi. Bu
suv o‘tining tallomi juda yirik, ko‘p tarmoqlangan, koloniya bo‘lib yashadigan
o‘simlikdir. Mikroskop ostida qaralganda tallomi yirik silindr hujayradan
tashkil topgan bo‘lib, hujayra qobig‘i ikki qavat po‘st bilan qoplangan.
Xromotofori ilma teshikka o’xshash, ko‘p yadroli va pirenoidga ega. Jinssiz
ko‘payishi to‘rt xivchinli zoosporalar yordamida amalga oshadi. Jinsiy
ko‘payishi esa izogamiya yoki geterogamiya usulida kechadi.
Konugatlar yoki matashuvchi sinfi - Conjugatae. Bu sinfga kiruvchi suv
o‘tlarning farqi shundaki ular harakatchan zoosporalar hosil qilmaydi va o‘ziga
xos jinsiy jarayonga ega, ya’ni ikkita vegetativ hujayrasining protoplasti
qo‘shiladi (konugatsiya). Konugatlarga chuchuk suv havzalarida va
botqoqliklarda yashovchi, odatda ipsimon tallomli, bir hujayrali va koloniyali
organizmlar kiradi. Bu sinfning tipik vakili spirogirani ko‘rib chiqamiz.
Spirogira ipsimon bir xil hujayralardan iborat bo‘lib, spiralsimon xromotoforga
ega. Xromotoforida kraxmal donachalari bilan o‘ralgan yaltiroq tanachalar –
217
pirenoidlar bo‘ladi. Spirogira vegetativ va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.
Vegetativ ko‘payishi ipsimon tallomi bo‘laklanib ketadi va ularning har biridan
keyinchalik yangi individ hosil bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishda spirogiraning yaqin
ikkita ipi parallel holda yaqinlashadi va ularning ayrim hujayralaridan bir-
biriga qarshi o‘simtalar o‘sib chiqadi. Bu o‘simtalar bir-biriga taqalganida
ularning tegishgan joyida hujayra po‘sti erib ketib, orada umumiy kanal hosil
bo‘ladi. Hujayraning protoplasti ana shu kanal orqali biridan ikkinchisiga
o‘tadi va konugatsiya jarayoni ro‘y beradi. Ikkala hujayra ichki moddalari
qo‘shilib bo‘lgandan keyin qobiqqa o‘ralib, zigotaga aylanadi. Zigota bir
qancha tinim davrini o‘tgandan keyin reduksion bo‘linadi va to‘rtta yangi
hujayrani hosil qiladi. Hujayraning faqat bittasi saqlanib qoladi, keyinchalik
spirogira ipining qobig‘ini yorib chiqib, yangi individni hosil qiladi.
Xaralar sinfi-Charales
Xaralar yashil suv o‘tlarning eng yuqori darajada tuzilgan vakilidir.
Xaralarning tanasi ko‘p hujayrali bo‘lib, juda kattadir. Tallomi tuzilishiga ko‘ra
yuqori o‘simliklarga uxshashdir. Xaralarning tallomi bo‘g‘im va bo‘g‘im
oraliqlariga bo‘lingan. Hujayra qobig‘i ohaksimon modda singib ketgan qalin
selluloza po‘st bilan o‘ralgan. Hujayra ichida juda ko‘p yadro va xromotafor
bo‘lib, ular protoplazma tashqi qavatida dona-dona shaklida joylashgan.
Xaralar sporasiz, ya’ni vegetativ va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi.
Vegetativ ko‘payishda xara bo‘g‘imlarida mayda tugunakchalar hosil bo‘ladi,
ular uzilib ketib mustaqil yashaydi va yangi o‘simlikka – xara bo‘lib qoladi.
Jinsiy jarayoni oogamiya usulida, ya’ni xaraning bo‘g‘imlarida erkak va
urg‘ochi organ anteridiy va oogoniy vujudga keladi. Oogoniy bitta yirik tuxum
hujayradan iborat bo‘lib, usti spiralsimon o‘ralgan beshta hujayra bilan
o‘raladi. Anteridiy qizil rangli, ko‘p hujayrali organ bo‘lib, ichida juda ko‘p
miqdorda harakatchan spermatozoidlar hosil bo‘ladi.
218
Do'stlaringiz bilan baham: |