M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


  PILLA HAMDA IPAK TOLASINING TUZILISHI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

2.3.  PILLA HAMDA IPAK TOLASINING TUZILISHI  
VA ASOSIY XOSSALARI
Pillaning og‘irligi va o‘lchovlari.
O‘lchovlar uzunlik va kenglik bilan xarakterlanadi. Kenglik deganda, 
odatda, pilla eng katta ko‘ndalang kesimining diametri tushuniladi. Bu 
o‘lchovlar shtangensirkul bilan o‘lchanadi.
Pillaning  o‘lchovlari  ipak  qurtining  jinsiga,  zotiga,  pilla  boqish  va 
o‘rash  sharoitiga  bog‘liq  bo‘lib,  o‘lchovlari  uzunligi  (o‘rta  hisob  bilan 
25 dan  45 mm  gacha)  hamda  kengligi  (12 dan  25 mm  gacha)  turlicha 
bo‘lishligi bilan xarakterlanadi.
Pillaning  o‘lchovlari  ham  ipakning  notekisligiga  juda  katta  ta’sir 


85
ko‘rsatadi.
Pillaning  hajmi,  odatda,  1 m
3
  da  necha  kilogramm  pilla  bo‘lishligi 
bilan  aniqlanadi.  O‘rta  hisobda  1m
3
  da  55—60 kg  pilla  bo‘ladi.  Pillani 
hajmidan foydalanish mumkin.
Quruq pilla esa 0,32—1,25 gramm keladi. Pillaning og‘irlik miq dori 
ho‘l  (xom)  bo‘lganda,  g‘umbagi  bug‘langanda  va  to‘la  quri tilganda 
turlicha  bo‘ladi.  Xom  pillaning  og‘irligi  qurt  zoti  va  bo qish  sharoitiga 
bog‘liq bo‘lib, 1,2—3 g orasida bo‘ladi. Xom pillada g‘umbakning og‘irligi 
pillaning og‘irligidan 76—78 %, ipak qobig‘i 14—24 % va qurtning pilla 
ichida tashlangan po‘sti 0,5 % ni tashkil qiladi. Tashqi muhitning harorati 
va namligining o‘zgarishi bilan quritilgan pillaning o‘rtacha og‘irligi ham 
0,32—1,25 g orasida o‘zgarib turadi. Respublikamizda keng tarqalgan 
oq  pilla  zotlarining  (quruq  pillalarning)  og‘irligi  0,65—0,90 g  orasida 
2.5-rasm.  Nuqsonli pillalar. Bir zot pillaning asosiy shaklidan og‘ish xarakteriga qarab, 
quyidagilarga ajratiladi:
a — oz miqdorda farq qiladigan noto‘g‘ri shakldagi pillalar;  
b — juda katta farq qiladigan — xunuk shaklli pillalar.
a
)
 
b
)


86
bo‘ladi.
To‘qimachilik  sanoatida  ishlatiladigan  tola  va  iplarning  yo‘g‘on  va 
ingichkalik ko‘rsatkichi raqam deb ataladi.
Raqam — ingichkalik, tolaning uzunlik o‘lchovining og‘irlik o‘lchoviga 
bo‘lgan nisbatiga aytiladi va quyidagicha aniqlanadi:
                         
 
(2.1)
bu yerda:  N — ipak tolasining raqami, m/g (mm/mg, km/kg);
 
L — ipak tolasining uzunligi, m (mm, km);
 
g
i
  — ipak tolasining og‘irligi, g (mg, kg).
Hozir  to‘qimachilik  sanoatida  boshqa  mamlakatlar  singari  tola 
iplarning ingichkaligi (nomer) o‘rniga, yo‘g‘onlik (bir uzunlikdagi og‘irlik) 
ko‘rsatkichi qo‘llanilyapti. Yo‘g‘onlik teks bilan o‘lchanadi. Teks deb bir 
kilometr uzunlikdagi gramm hisobidagi og‘irlikka aytiladi va quyidagi 
formula bilan topiladi.
                           
 
(2.2)
bu yerda:  T — yo‘g‘onlik, teks;
 
g
i
 — tola og‘irligi, g;
 
L — tola uzunligi, km.
Ipak  tolasi  pillaning  ustki  qismida  juda  ham  ingichkadir  (0,026—
0,42 mm). Shu bilan birga, ipak tolasi, pastki qismiga qaraganda hamma 
vaqt yo‘g‘onroq bo‘ladi.
Uzilgunga  qadarli  uzunlik  deb  xoli  osilgan  ipni  yoki  tolaning  o‘z 
2.6-rasm   Pillaning geometrik ko‘rsatkichlari:
1 — oval ko‘rinishidagi (D — uzunlik, d — eni); 2 — oval shaklida qamrab olinish 
bilan (d
1
 va d
2
 — yarimsharning eni), d
n
 — kichik diametri.
d
D
d
1
d
n
d
2
D
 
 
 

 
 
 
 2


87
og‘irligi natijasida uzilishdagi uzunlikka aytiladi. Bu uzunlik quyidagicha 
aniqlanadi:
               
 
(2.3)
bu yerda: 
P
p
 — tola mahkamligi, gk;
 
T — tolaning yo‘g‘onligi, teks;
 
N — tola ingichkaligi (raqam);
 
L
u
 — tolaning uzilgunga qadarli uzunligi, km.
Oq pilla zotlar ipak tolasining uzilgunga qadarli uzunligi 29—36 km 
gacha bo‘ladi.
Ipak tolasi juda ham cho‘ziluvchandir. Ipak tolasi dastlabki uzunligidan 
24 % ga qadar uzilmay cho‘zila oladi.
Uzilgunga qadar cho‘zilishlikni  ipak tolasining uzayishi deyiladi va 
quyidagi formula orqali topiladi: 
                       
 
(2.4)
bu yerda:  l — tolaning uzayishi (%);
 
L — tolaning dastlabki uzunligi;
 
I — tolaning uzilgandagi uzunligi.
Ipak tolasining o‘rtacha uzayishi 15—20 % orasida bo‘ladi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish