2.1. IPAK QURTI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Ipak qurti hayvonot dunyosining bo‘g‘inoyoqli hasharotlar guruhiga
kiradi. Bunday hasharotlar uchun o‘z tanasini tashqi muhit ta’siridan
saqlab turuvchi qatlamning bo‘lishi xarakterlidir. Shu biologik sababga
ko‘ra ipak qurti ham o‘zining tanasini tashqi muhit ta’siridan saqlab, o‘z
atrofiga ma’lum rivojlanish davridan so‘ng pilla o‘raydi.
Ipak qurti o‘z boshidan quyidagi to‘rt rivojlanish davrini o‘tkazadi:
urug‘lik (tuxum), qurtlik (lichinka), g‘umbaklik va kapalaklik davri.
Urg‘ochi kapalakning yozda qo‘ygan tuxumi (urug‘i) kelgusi yil
bahorigacha sovutgich (xolodilnik) larda saqlanadi. Tut daraxtlarida
birinchi barglar paydo bo‘lishi bilan urug‘ni tanlashga kirishiladi va
undan kichkina qurtlar chiqariladi.
Ipak qurti faqat qurtlik (lichinkalik) davrida tut bargi bilan oziqlanadi,
ipak yig‘adi va keyingi rivojlanish davrlari uchun o‘z organizmida oziq
moddalarni yig‘ib qoldiradi. G‘umbak kapalak va urug‘lik davrida shu
oziqa moddalar hisobiga yashaydi. Qurt juda tez rivojlanib, uning og‘irligi
urug‘dan chiqqandan boshlab dastaga chiqib, pilla o‘raguncha 10—12
79
2.
1-
ja
d
v
a
l
Jahon
mi
qy
osida
ta
biiy
ipak
ni
ishlab
chiqar
ish
Yillar
1938
1978
1985
1990
1991
1992
1993
1994
1998
2000
Da
vl
atlar
Umumiy
56,
500
49,
360
58,8
92
70,
572
75,
610
82,
759
96,3
60
99,
005
104,
5
104,
5
Õit
oy
4,8
55
19,
000
32,0
00
44,
700
48,
480
54,
480
69,
300
72,
000
76,
400
77,0
0
H
indi
st
on
0,6
90
3,4
75
7,0
29
10,
200
10,
800
13,
000
13,2
00
13,
200
15,
700
16,0
Yaponi
ya
43,
150
15,
960
9,5
92
5,80
0
5,5
27
5,1
00
4,2
54
3,9
00
2,2
1,1
O‘
zbe
kist
on
0,6
82
1,5
83
1,9
37
2,52
7
2,5
00
2,30
0
2,1
00
2,0
00
1,5
00
1,2
MDH
da
v.
O‘
zbe
kist
ondan
1,1
05
1,9
72
1,8
89
1,80
2
1,3
00
0,8
00
0,5
00
0,49
0
0,5
10
0,3
boshq
a
Br
aziliy
a
0,0
35
1,2
50
1,5
58
1,69
3
1,9
03
2,2
96
2,3
26
2,5
35
2,8
00
2,9
Shimoli
y
Kor
ey
a
—
—
—
1,20
0
1,3
00
1,2
00
1,2
00
1,2
00
1,5
00
1,7
Janub
iy
Kor
ey
a
—
2,5
00
1,8
50
0,97
5
0,9
00
0,8
83
0,8
40
0,8
00
0,8
40
1,0
Vetnam
—
—
—
0,55
0
0,7
00
0,9
00
1,0
00
1,2
00
1,3
50
1,5
Boshqa
mam-
80
ming martaga oshadi.
Yetilgan qurt barg yeyishdan to‘xtab, pilla o‘ray boshlaydi. Keyin u 2—3
kecha-kunduzda pillaning ichida g‘umbakka ayla nadi. Qurtning oxirgi
rivojlanish davrida g‘umbak kapalakka aylanadi. Kapalak jig‘ildonidan
pilla qobig‘ini yumshatadigan maxsus suyuqlik ajratib, pillani teshadi
va undan chiqadi. Bundan keyin urg‘ochi kapalak erkak kapalak bilan
juftlashadi va oradan biroz vaqt o‘tgach, urg‘ochi kapalak tuxum (urug‘)
qo‘yishga kirishadi (2.3-rasm).
Bu davr 10 oydan 1 yilgacha cho‘ziladi. Ipak qurti kapalagi uchmaydi
va bor yo‘g‘i 15 kun hayot kechiradi.
Tut ipak qurtining urug‘i urug‘ zavodlarida olinadi. Qurt urug‘i
zavodida sog‘lom va yuqori hosil beradigan nasldor pillalar tekshiriladi.
Qurt urug‘i zavodlari deyarli sanoatbop oq pilla o‘raydigan qurt urug‘i
duragayini tayyorlaydi.
Urug‘ olishning texnologik jarayoni, asosan, erkak kapalakning
urg‘ochi kapalaklarga yaqinlashib juftlashishidan va sanoat miqyosida
boqish uchun sog‘lom urug‘ tayyorlab berishdan iborat. Urg‘ochi sog‘
kapalak urug‘ini yelpigich shaklida ketma-ket qo‘yadi, kasal kapalak
esa bir joyda to‘xtab turib, urug‘ni to‘p qilib qo‘yadi. Ipak qurti urug‘i
tuxum shaklida bo‘lib, uning katta-kichikligi qurtning zotiga bog‘liq.
Mopovolgin zotlarning urug‘i kattaroq bo‘lib, bo‘yi 1,5 mm, og‘irligi esa
0,5 mg. Hamma sog‘lom kapalakning qo‘ygan urug‘lari dastlab sariq
bo‘lib, 2—3 kecha-kunduzdan keyin esa tuxumning rangi o‘zgaradi va
qurt chiqishidan bir kun oldin kul rangga aylanib qoladi. Bitta sog‘lom
kapalak o‘rta hisobda 600—800 ta tuxum qo‘yadi.
Qurt urug‘i ham xuddi boshqa tuxumlar kabi tirik hujayra va a’zolardan
tuzilganligi uchun u uzluksiz sof havoga muhtoj. Shuning uchun qurt
2.1-rasm. Pilla qurtining rivojlanish davri:
a — urug‘lik (tuxum); b — qurt (lichinka); d — g‘umbak (kukolka);
e — kapalak.
Do'stlaringiz bilan baham: |