M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


  LINTERLASH TEXNOLOGIYASINING ASOSIY



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.14.  LINTERLASH TEXNOLOGIYASINING ASOSIY  
USKUNALARI 5LP VA PMP—160M RUSUMLI  
UMPL KAMERALI LINTERLAR
5LP  va  qismlari  modernizatsiyalangan  PMP—160M  linterlari  bir 
xil  ishlab  chiqarish  tavsifiga  ega  bo‘lib,  ular  bir  xil  ish  kamerasi  bilan 
ta’minlangan. 5LP linterining tuzilishi 1.25-rasmda ko‘rsatilgan. Linterning 
asosiy tashkil etuvchi qismlari ta’minlagich (1), korpus, ishchi kamera (3), 
arrali silindr (4) va linterlangan chigit uchun tarnovlardan iborat.
Linter  ta’minlagichi  ikki  quyma  yopgich,  ta’minlash  barabani  (13), 
chigit oqimini tekislash barabani (10), g‘alvir (9), iflosliklar shnegi, chigit 
tarnovi (2) va yo‘nalgichdan iborat.
Linterlash mashinasining ish tartibi
Linterlash mashinasida ish jarayoni quyidagicha bajariladi. Chigitlar 
linterning ish kamerasiga ma shinaning  uzunligi  bo‘yicha  ta’minlagich 
novasidan  bir  tekisda  oqib  o‘tadi.  Ish  kamerasida  aylanayotgan  arrali 
silindr va to‘zitgich ta’sirida chigitlar zichlangan aylanuvchi valik hosil 
qiladi.  Arra  tishlari  aylanib  turgan  chigit  valigiga  sanchilib,  chigit 
sirtidan lint va tuklarni ajratib, ularni kolosnik panjarasidan tashqariga 
chiqaradi.
Yuqoridagi sopladan puflanayotgan havo oqimi arra tishlaridagi lintni 
ajratib, quvur bo‘ylab batareya kondenseriga yetkazib beriladi.


71
Chigitlar linti ma’lum darajada olingandan keyin ular ayla nayotgan 
valikdan ajralib, kolosnik ustiga tushadi, so‘ngra pastga sirpanib, taroq 
va kolosniklar orasidan o‘tib, yig‘ish konveyeriga tushadi va navbatdagi 
ishlov berish mashinalariga yuboriladi.
Lintning arra tishlardan ajratish vaqtida ajralgan o‘luk va mayda xas-
cho‘plar konveyer orqali mashinadan tashqariga chiqariladi.
Linter korpusi, pastki qismi tortqichlar bilan qotirilgan yop qich, havo 
kamerasi  (7),  katta  va  kichik  tarnovlardan,  elektr  dvigatel  tumbasini 
o‘rnatishga mo‘ljallangan ramadan iborat.
1.25-rasm.  5LP linter agregati:
1 — ta’minlagich; 2 — tarnov; 3 — ishchi kameralar; 4 — arrali silindrlar; 5 — vintli 
ifloslik konveyeri; 6 — taglik; 7 — havo kameralari; 8 — iflos liklarni yig‘ish va olib 
ketish bunkerlari; 9 — g‘alvir; 10 — chigit oqimini tekislash barabani; 11 va 12 — 
ta’minlagich yondorlari;  
13 — ta’minlash barabani.
13
11
12
10
9
   8
7
1
2
3
4
5
 6


72
Linter  ishchi  kamerasi  kolosniklar  tagiga  to‘sin  uchun  maxsus 
kronshteynlar yordamida osib qo‘yiladi. Ish kamerasining yon de vorlari 
cho‘yandan quyilib, uning ichki sirti silliqlangan bo‘ladi. Ish kamerasining 
yon devorlariga kolosniklar bog‘lanadigan yuqori brus biriktirilib, ularga 
pastki brus bog‘lanadi. Yon devorlar teshigiga to‘zitgich o‘rnatilib, maxsus 
o‘yilgan  yeriga  kameraning  fartugi  osib  qo‘yiladi.  Fartuk  bilan  yon 
devorlar orasida ochilishi uchun imkon beradigan har birining tomoni 
1—1,5 mm li masofa qoldiriladi.
PMP—160M  rusumli  linterning  ishchi  kamerasi  o‘zining  profili  va 
arraga  nisbatan  joylanishi  jihatidan  PO–160  va  POMning  hajmi  kat-
taligi sababli, chigit valigining massasi va arrali silindr ishi sa marasini 
oshiradi.
Chigit tarog‘i fartukka qattiq biriktirilgan. Uning kolosnik pan jarasiga 
nisbatan holati ekssentrik valni burab, fartukning faqat pastki qismini 
surib o‘zgartiriladi.
Arrali  silindr  valga  o‘rnatilgan  160  ta  arra  va  arralar  orasidagi 
qistirmalardan  iborat.  Arralar  va  qistirmalar  ikki  tomondan  maxsus 
shaybalar orqali gayka bilan qotirilgan. Linter ishchi kameraning ko‘tarish 
mexanizmi bilan jihozlangan, u esa quvvati 1,1 kVt ga ega bo‘lgan elektr-
dvigatel chervyakli reduktorga ega.
Arra tishlari chigitdan momiqni ajratib olib, kolosniklar ora li g‘i dagi 
tirqishdan olib o‘tadi. Arra tishlaridagi momiq havo oqimi orqali chiqarib 
olinib, momiq olib ketish quvuri orqali kondensorga uza ti la di. Markazdan 
qochma kuch ta’siri natijasida ajralgan o‘lik va iflos  liklar tarnovlar hamda 
shaxtalar orqali yig‘ish konveyeriga tushadi.
6LP — linter agregati ikkita linterlash seksiyasidan iborat bo‘lib, arrali 
silindr,  havo  kamerasi  va  ishchi  kameraning  ko‘tarish  mexanizmidan 
iborat.  Ushbu  linterning  ishlash  usuli  5LP  va  PMP—160  linterlarining 
ishlash usuli bilan bir xil.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish