M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


  ELEMENTAR TOLA HAQIDA TUSHUNCHA



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.2.  ELEMENTAR TOLA HAQIDA TUSHUNCHA
To‘qima  bir-biridan  ajralgan  yoki  dastaga  joylashgan  yagona  tola 
elementar  tola  deb  ataladi.  Kimyoviy  jihatdan  elementar  tola  yuqori 
molekulali polimer modda hisoblanadi. Tola hujayrasining asosiy moddasi 
sellulozadan iborat bo‘lib, u tolaga pishiqlik, egiluvchanlik va elastiklik 
beradi.
Tola  tarkibida  sellulozadan  tashqari  pektin,  lignin  va  boshqa 
moddalar  bo‘ladi.  Bularning  hammasi  sellulozaning  tarkibi  bo‘lib, 
tolaning qattiqligini oshiradi, pishiqligini kamaytiradi, sifatini pasaytiradi. 
Elementar  tola  duk  shaklida  bo‘lib,  o‘rtasi  yo‘g‘on  va  ikki  tomoni 
ingichkalashgan,  devori  qalinlashgan  va  o‘rtasida  bo‘shliqqa  ega. 
Elementar  tola  uzunligining  ko‘ndalang  kesim  kattaligiga  nisbati 
prozenximalik  koeffitsiyenti  deb  ataladi.  Bu  koeffitsiyent  juda  katta 
chegaralarga o‘zgarib turadi.
Kanopning elementar tolasi kalta — 1,5—6,0 mm, o‘rtacha ko‘ndalang 
kesimi 20 mkm va prozenximalik koeffitsiyenti 100—150 ga teng. Ular 
ko‘p qirrali shaklda bo‘lib, dastada zich birlashib turadi. Elementar tola 


100
ko‘ndalang  kesimlarining  ichki  tuzilishini  elektron  mikroskop  orqali 
kuzatilsa, ularda aylana shaklida joylashgan qatlamlarni ko‘rish mumkin. 
Daraxtdagi yillik halqalardan farqli ravishda bu o‘sish halqalari bir yilda 
emas, balki bir kecha-kunduzda hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham ularni 
«kundalik o‘sish halqalari» deyish mumkin. Elementar tolalarni kimyoviy 
jihatdan tekshirish har qaysi elementar tolada 3 ta — birinchi, ikkinchi 
va uchinchi hujayra devori bo‘lishini ko‘rsatadi. Hujayraning o‘rtasida 
bo‘shliq (kanal) bo‘lib, unda hujayra tirikligida protoplazma bo‘ladi.
Hujayraning  birinchi  devorida  selluloza  moddasidan  tashqari 
gemitselluloza, pektin moddalari va lignin uchraydi. Tola hujayrasining 
asosiy qismini hujayraning ikki devori egallaydi va u asosan sellulozadan 
iborat bo‘ladi.
Pektin  moddalari  elementar  tolalarni  bir-biri  bilan  bog‘lab  tu rish 
uchun xizmat qiladi. Tolaning qattiqligi va mo‘rt bo‘lishi aso san legnin 
tufaylidir.  U  iplarning  mayinligiga  ancha  putur  yetka zadi.  Shuning 
uchun legninning ko‘p qismi kimyoviy yo‘llar vosi tasida toladan chiqarib 
yuboriladi. Biroq kanop tolalarini ishla tish davrida oz miqdorda legnin 
bo‘lishi shart, chunki u elementar tolalarni bir-biri bilan bog‘lovchi asosiy 
vosita hisoblanadi.
Elementar tola devorining qalinligi va o‘rtasidagi bo‘shliq kattaligi 
tolaning poyada turgan joyiga qarab o‘zgaradi. Poyaning past tomonida 
qalin devorli hujayra, o‘rtasidagi bo‘shliqda diametri kichik; poyaning 
uchida  esa  yupqa  devorli  bo‘ladi.  Poyaning  aynan  bir  ko‘ndalang 
kesimining o‘zida ham tolaning o‘zgarishini ko‘rish mumkin.
Birlamchi va ikkilamchi tolalar
3.1-rasm.  Kanoppoyaning ko‘ndalang kesimi tuzilishi:
1 — kutikula (po‘st pardasi); 2 — epidermis; 3 — kallenxima; 4 — po‘stloq 
parenximasi; 5 — endodermis; 6 — birlamchi tola; 7 — ikkilamchi tola;  
8 — po‘stloq parenximasi; 9 — turli truba; 10 — kambiy; 11 — yog‘ochlik; 12 — suv 
yo‘llari; 13 — o‘zak; 14 — bo‘shliq.
Po‘stlog‘i
Yog‘ochlik
O‘zak
14 
   13 
 
    12 
    11    10  9  8  7    6  5 4  


101
Kanoppoyaning ko‘ndalang kesimida tolalar tutami bir necha qatlamda 
joylashadi  (13  tagacha).  Tashqi  qatlam  birlamchi  tola  bo‘lib,  pastdan 
yuqorigacha  cho‘zilgan,  qolgan  qatlamdagi  tolalar  tutami  ikkilamchi 
tola bo‘lib, poyaning uchigacha yetmaydi, qat lamlar soni ham poyaning 
tagidan yuqorisiga qarab kamayib boradi.
Demak,  ikkilamchi  tolalar  tutamining  uzunligi  har  xil  bo‘ladi  (3.2. 
a-rasm).  Rasmda  ko‘rinib  turibdiki,  eng  uzun  tola  tutami  birlamchi 
bo‘lib,  ikkilamchi  tola  tutami  esa  har  xil  uzunlikda  hamda  qatlamlar 
soni ham turlicha joylashgan. Eng qisqasi eng ichkarisidagi qatlamdir. 
Kanoppoyada  ikkilamchi  tolalar  tutami  juda  o‘sgan:  boshqa  tolali 
o‘simliklarning ikkilamchi tutamiga qaraganda uzun va ko‘p bo‘ladi.
Birlamchi  va  ikkilamchi  tolalar  tutami  guruhlanib  joylashgan,  har 
qaysi guruh poyaning ko‘ndalang kesimida trapetsiya yoki uchburchaklik 
shaklida ko‘rinadi (3.2 b-rasm). Trapetsiyaning yuqorisida birlamchi tola, 
qolgan maydonda ikkilamchi tolalar joylashadi. Birlamchi tolalar tutami 
ikkilamchi tolalar tutami bilan qo‘shilib ketmagan, ularni alohida qilib 
ajratish mumkin.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish