M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


-bob . KANOPPOYAGA DASTLABKI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3-bob
. KANOPPOYAGA DASTLABKI  
ISHLOV BERISH
Kanop, uning tuzilishi va xususiyatlari
Kanop gulxayridoshlar oilasiga mansub tolali bir yillik o‘sim likdir. O‘sish 
sharoitiga qarab, kanoppoyaning balandligi 5 metr gacha, yo‘g‘onligi esa 
5 mm dan 25 mm gacha bo‘ladi. Kanopning vatani Janubiy Afrika va 
Amerika bo‘lib, u yerlarda hozir ham yovvoyi holda o‘sadi. Kanop o‘simligi 
Hindiston, Pokiston, Xitoy, Afg‘oniston, Eron, Kuba, Braziliya, Indoneziya, 
Sudan, Yava orollari va Afrika mamlakatlarida qadimdan ekilib, sanoat 
2.10-rasm.  Pillakashlik avtomati:
1 — pilla tortish qozoni (tos); 2 — pillaning uchini 
topish reshetkasi (vilka); 3 — val (chiviq); 4 — ip 
yo‘naltiruvchi; 5 — tutgich;  
6 — o‘rnatilgan yuk (kulachok); 7 — yo‘naltiruvchi; 
8 — shkaf; 9 — o‘rovchi moslama; 10 — nazorat 
apparati; 11 — yuqori rama; 12 — asos; 13 — 
ta’minlovchi moslama; 14 — tarqatuvchi; 15 — 
pilta; 16 — bosh kulachokli val; 17 — mexanizm; 
18 — brus;  
19 — pastki rama; 20 — bog‘langan quvur.


96
ahamiyatiga ega bo‘lib kelgan.
Ayniqsa, O‘zbekiston iqlimi kanop tolasi va urug‘ining pishib yeti lishi 
uchun juda qulay ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun O‘zbekistonda, 
ayniqsa, Toshkent  viloyatida  kanop  ekish  maydonlari  va  hosildorligi 
yildan yilga oshib bormoqda.
Kanop o‘simligining tuzilishi
Kanoppoya  bir-biri  bilan  yondosh  turgan  alohida  hujayralardan 
ibo rat bo‘lgan murakkab tuzilishli o‘simlik. Har qaysi shunday to‘ qima 
hujayralarida yupqa qobiq bo‘lib, u yosh hujayralarda protoplazma, katta 
yoshli hujayralarda esa sharbat yoki havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Tabiatda juda ko‘p har xil shaklli va hajmli hujayralar uchraydi. Shunga 
qaramay hamma hujayralarni ikkiga bo‘lish mumkin:
1.  Parenximali  hujayralar  —  uch  tomonga  (uzunligiga,  eniga  va 
yo‘g‘onligiga) bir xilda o‘sadigan hujayralar.
2.  Prozenximali  hujayralar  —  uchi  nayzalashgan,  dukka  o‘xshash 
cho‘zilgan hujayralar.
Hujayralarning kattaligi katta diapozonda: mikrondan bo‘la digan bir 
qancha santimetrgacha o‘zgaradi.
Yosh hujayralar qattiq qobiqdan tuzilib, massasida mag‘izi (yadro) 
bo‘lgan  protoplazma  bakdan  to‘lgan  bo‘ladi.  Hujayralar  o‘sishi  bilan 
protoplazmada hujayra sharbati bo‘lgan bo‘shliq paydo bo‘ladi. U asta-
sekin ko‘payib, protoplazmani hujayra devoriga siqib chiqaradi. Katta 
yoshli hujayralarda protoplazma hujayra ichki devorini qoplovchi yupqa 
pardalarni  tashkil  qiladi.  Ba’zi  hollarda  hujayralar  o‘zlarining  tarkibiy 
qismlarini yo‘qotib, ularning o‘rni havo bilan to‘ladi. Bunday hujayralarda 
hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi — ular o‘lik hujayralardir.
Hujayralar bo‘linishi orqali ko‘payadi. Oldin mag‘izi (yadrosi) bo‘linadi, 
undan  keyin  o‘rta  devor  hosil  bo‘ladi  va  ikkita  hujayraga  bo‘linib 
o‘sadi  hamda  yana  bo‘linadi  va  h. k.  Ikki  yangi  bo‘lingan  hujayrani 
birlashtiruvchi o‘rta devor o‘rta plastinka deb ataladi. O‘simlik hujayrasida 
asosan sellulozadan iborat qattiq qobiq (obolochka) bor. Qobiq o‘sish 
qobiliyatiga  ega.  Kanoppoya  ikki  yo‘l  bilan:  protoplazmadan  yangi 
selluloza  qatlamining  ajrali shi hisobiga va eski bo‘lakchalari o‘rtasida 
selluloza bo‘laklar ning hosil bo‘lishi — (hujayralarning uzunasiga o‘sishi) 
hisobiga o‘sadi.
Hujayralarning  bo‘linishi  orqali  ularning  soni  ko‘payadi  va  buning 
hisobiga o‘simlik o‘sadi.
Yosh hujayralarning qobig‘i sellulozadan tuzilgan bo‘lishiga qaramay, 
o‘simlikning o‘sish jarayonida uning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi mumkin. 


97
Bu o‘zgarishning bir ko‘rinishi hujayralarning qobig‘iga legnin moddasi 
singishi natijasida to‘qimaga qattiqlik va mo‘rtlik beruvchi qobiqning 
yog‘ochlanishidir.  Hujayralarga  legnindan  tashqari  boshqa  moddalar 
— pektin va shunga o‘xshash moddalar ham singishi mumkin. Mahkam 
birlashgan yosh o‘simlik hujayralari vaqt o‘tishi bilan ayrim yopishgan 
joylaridan  bo‘shab  ketishi  natijasida  hujayralar  orasida  bo‘shliq  hosil 
bo‘lishi mumkin.
O‘simlikdagi har xil hujayralar ma’lum funksiyalarni bajaradi.
Tuzilishi  joylashishi  va  funksiyasi  bir  xil  bo‘lgan  hujayralar  guruhi 
anatomik to‘qima deb ataladi. Hamma o‘simlik to‘qimalari hosil qiluvchi 
to‘qimadan  paydo  bo‘ladi.  Hosil  qiluvchi  to‘qimalar  birlamchi  va 
ikkilamchi to‘qimaga bo‘linadi.
Birlamchi  hosil  qiluvchi  to‘qimalar  poyaning  uchi  va  ildizida,  ya’ni 
o‘sish nuqtasi deb atalgan joyda joylashgan bo‘lib, o‘simlikda birlamchi 
to‘qimani hosil qiladi.
Ikkilamchi  hosil  qiluvchi  to‘qimalar  birlamchi  hosil  qiluvchi 
to‘qimalardan  kelib  chiqib,  o‘z  navbatida,  ikkilamchi  to‘qima  deb 
ataluvchi yangi to‘qimani hosil qilish xususiyatiga ega. Ikkilamchi hosil 
qiluvchi to‘qimalar kambiy deb ataladi.
Birlamchi  hosil  qiluvchi  to‘qimalar  yordamida  o‘simlik  bo‘yiga 
o‘sadi,  ikkilamchi  hosil  qiluvchi  to‘qimalar  tufayli  esa  eniga  o‘sadi 
(yo‘g‘onlashadi).

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish