M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


  KANOPPOYANING TUZILISHI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.1.  KANOPPOYANING TUZILISHI
Kanop  o‘simligining  texnikaviy  anatomiyasini  o‘rganishda  aso siy 
diqqat  to‘qimachilik  sanoati  uchun  xomashyo  bo‘lib  xizmat  qiluvchi 
po‘stloqdagi tolalarning mexanikaviy to‘qimalari tuzili shiga qaratiladi, 
qolgan to‘qimalar esa yo‘lakay to‘qimalar bo‘lib, ular texnologik jarayonga 
va olinadigan mahsulot sifatiga ta’sir qilishi mumkin.
Poya  to‘qimalarining  tuzilishini  o‘rganishda  poyani  tashqa risidan 
markaziga tomon yo‘nalishda qaraladi (3.1-rasm). Poya to‘qimalarining 
miqdori  va  sifati  poyaning  pastidan  yuqori  uchiga  qarab  o‘zgarib 
boradi.
Kanoppoyaning  birinchi  anatomik  to‘qimasi  po‘st  to‘qima  bo‘lib, 
poyaning sirti shu to‘qima bilan o‘ralgan bo‘ladi. Po‘st to‘qima: 1 — po‘st 
pardasi, 2 — epidermis va 3 — assimilatsion parenximadan iborat.
Po‘st  to‘qima  mexanikaviy  ta’sirlardan  himoyachi  rolini  baja rib, 
o‘simlikdan namning tez bug‘lanib ketishidan va har xil ha rorat ta’siridan 
saqlaydi hamda havo almashinishini ta’minlaydi. Shunday qilib, u o‘simlik 


98
hayoti uchun kerakli sharoitlarni tar tibga solish vazifasini bajaradi.
Po‘st  to‘qimaning  tashqi  bir  qavati  po‘st  pardasidan  iborat  bo‘lib, 
u suv o‘tkazmaydigan maxsus moysimon modda bilan qoplangan. Bu 
modda kutikula (1) deb ataladi. Po‘st pardasi va epidermisda teshikchalar 
(ustida)  bo‘lib,  ular  orqali  tashqi  mu hitdan  ichkariga  namlik  va  havo 
kirib turadi. Po‘st pardasining pastki qismida ikki-uch qavatli zanjirsimon 
epidermis (2) hu jayralari joylashgan. Epidermis hujayralarda sellulozali 
pardalar bo‘ladi.
Epidermisning pastki qismida ikki-uch qavatli yupqa hujay ralardan 
iborat  assimilatsion  parenxima  joylashadi.  Assimilatsion  parenxima 
hujayralarida po‘stga rang beruvchi donlari bor.
Poya po‘st to‘qimasi tagida poyani egilishga qarshi mustahkam va 
pishiq qiladigan uch qavat mexanikaviy to‘qima – kollenxima qatlami 
joylashgan.  Kollenxima  hujayralarida  ham  har  xil  qalin likda  selluloza 
pardalari bor.
Undan keyingi to‘qima po‘stloq parenximasi (4) bo‘lib, u bir-biridan 
ajralgan,  devori  yupqa  katta  hujayralardan  iborat.  Hujayralararo 
bo‘shliqda zaxira oziqlanish moddalari (kraxmal, qand va h. k.) bo‘ladi. 
Bu «jonli» to‘qima karbonat angidridni singdirish vazifasini bajaradi.
Parenxima  faqat  po‘stloq  to‘qimasida  bo‘lmay,  poyaning  boshqa 
qatlamlaridagi hamma to‘qimalar orasidagi bo‘shliqlarni ham to‘ldirib 
turadi. Po‘stloq parenximasidan so‘ng birlamchi hosil qiluvchi to‘qima 
—  peritsikl  joylashgan.  Bu  to‘qima  bitta  yoki  bir  nechta  qator  yupqa 
devorli po‘stloq – parenxima hujayrasi va qalin devorli, bo‘yiga cho‘zilgan 
sellulozali hujayra — birlamchi po‘stloq tolasi (6) dan iborat. Birlamchi 
po‘stloq  tolasi  paren ximalar  bilan  ajratilgan  bir  necha  bo‘lak-bo‘lak 
halqalar shaklida tutam hosil qilib joylashadi.
Peritsikl  halqasidan  so‘ng  poyaning  muhim  to‘qimasi  —  floema 
joylashgan. Floema poyaning barglarida ishlangan ozuqa mod dalarni 
pastga harakatlantirish uchun devorida teshiklari bo‘lgan turli naychadan; 
tuzilishi  bilan  birlamchi  tolani  eslatuvchi  kuch sizroq  o‘sgan,  yupqa 
pardali  qatlam,  tola  tutamlari  shaklidagi  ikki lamchi  po‘stloq  tolasi  (7) 
dan; po‘stloq parenximasi (8) dan iborat.
Po‘st, mexanikaviy to‘qimalar, ko‘p qavatli parenximalar qatlami va 
undagi tola tutamlari birgalikda poya po‘stlog‘ini tashkil etadi.
Poyaning  ichki  qismi  yog‘ochsimon  mayda  hujayrali  mo‘rt  to‘ qi-
ma  hamda  qalin  devorli,  cho‘zilgan,  yog‘ochlashgan  hujayra  –  poya 
konstruksiyasining  uzunasiga  pishiqlik  va  mustahkamlik  beradigan 
yog‘ochlik tolasidan iborat. Bu to‘qima yog‘ochlik deb ataladi.
Poya  po‘stlog‘ining  ichki  qismidagi  nozik  va  shilliq  kambiy  (10) 
hujayralar  qatlamini  yog‘ochlik  (11)  dan  ajratib  turadi.  O‘simlik 
o‘sish  davrida  kambiy  to‘qimasi  hujayralarining  bo‘linishi  natijasida 


99
poya  yo‘g‘onlashadi.  Kambiy  qatlami  po‘stloq  bilan  poyaning  ichki 
qismi  o‘rtasida  chegara  hosil  qiladi.  Shu  chegara  bo‘yicha  po‘stloqni 
yog‘ochlikdan osongina ajratish mumkin.
O‘simlik  o‘sish  davrida  kambiy  to‘qimasi  hujayralarining  bo‘linishi 
natijasida  poya  yo‘g‘onlashadi,  ya’ni  kambiy  hisobiga  ikkilamchi  tola 
qatlamlari hamda yog‘ochlik hujayralari ko‘payadi.
Yog‘ochlik  quyidagilardan  iborat:  1)  poyaning  ildizidan  ozuqali 
sharbat va suvni yuqoriga harakatlantiruvchi suv yo‘llari (12) dan; 2) qalin 
devorli, cho‘zilgan, yog‘ochlashgan hujayrali, poya konstruksiyasining 
uzunasiga pishiqlik va mustahkamlik beradigan yog‘ochlik tolasidan; 3) 
yog‘ochlik parenximasidan.
Poyaning  oxirgi  qatlam  to‘qimasi  o‘zak  (13)  deb  ataladi.  O‘zak 
poyaning markaziy qismini egallagan katta yupqa devorli paren ximali 
hujayralardan iborat.
Hujayralarning  baquvvatligi  poyaning  uzunligi  bo‘yicha  har  xil 
bo‘ladi.  Past  qismida  yog‘ochlik  va  o‘zagi  kuchli  o‘sgan,  uch  qismida 
esa aksincha.
Birlamchi tola poyaning taxminan o‘rta qismida bir qancha baquvvat, 
ikkilamchi tola esa past qismida baquvvat bo‘ladi 
To‘qimachilik sanoati uchun birlamchi va ikkilamchi po‘stloq tolasi 
tolali material bo‘lib hisoblanadi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish