M. T. Xodjiyev, M. I. Hikmatova tabiiy tolalarga


 IVITILGAN POYA VA PO‘STLOQQA MEXANIK



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/54
Sana14.01.2022
Hajmi1,8 Mb.
#363995
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.10. IVITILGAN POYA VA PO‘STLOQQA MEXANIK  
ISHLOV BERISH
Poya  yoki  po‘stloqdan  zavodlarga  tola  ajratishda  qabul  qilingan 
va  har  xil  mexanikaviy  ta’sirlardan  foydalanishga  asoslangan  usullar 
po‘stloq  yoki  poyani  mexanikaviy  ishlash  deb  yuritiladi. Tola  eng 
kam shikastlangan, uning tabiiy pishiqligi saqlangan holda poya yoki 
po‘stloqni ballast to‘qimalar (yog‘ochlik, qoldiq parenxima, epidermis 
va anorganik moddalar) dan to‘liq tozalash poya va po‘stloqni ratsional 
mexanikaviy  ishlashga  erishildi  deb  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish 
sharoitlarida bunday ratsional ishlashni amalga oshirish juda murakkab. 
Bunga  quyidagilar  sabab  bo‘ladi. Tayyorlangan  xomashyoning  sifati 
(yo‘g‘onligi, uzunligi,  ivitilish  darajasi)  hamma  vaqt  bir xil  bo‘lmasligi, 
po‘stloq  ichida  qoldiq  yog‘ochlik  bo‘lib,  uni  sindirib  ajratishda  tolaga 
shikast yetkazilishi natijasida tolaning sifati pasayishi, miqdori kamayishi 
mumkin. Tayyorgarlik jarayonlarida xomashyo sifatini to‘la bir xil qilib 
bo‘lmaydi. Yog‘ochlik  poyaning  ichida,  uning  ustida  tolali  to‘qima 
joylashganligi sababli mexanikaviy ishlashda yog‘ochlikdan tozalashni 
oldindan  poyaning  yog‘ochligini  maydalamasdan  turib  amalga 
oshirish  qiyin. Yog‘ochlikni  maydalash  jarayonini  esa  juda  ehtiyotlik 
bilan  tashkil  etish  kerak.  Aks  holda  sirtqi  tolali  to‘qimani  shikastlab 
qo‘yish  hech  gap  emas.  Hatto  oldindan  biologik  va  kimyoviy  ishlov 
berilgan poyalarda ham tola bilan yog‘ochlik bir-biriga yopishib turadi 
Bu  bog‘lanishni  keyingi  mexanikaviy  ishlov  berishda  yo‘qotishda 
tolali  to‘qima  odatda  shikastlanadi. Yuqorida  aytilganlardan  ko‘rinib 
turibdiki, poya konstruksiyasini ratsional ravishda buzish quyidagi uch 
operatsiyadan  iborat  bo‘ladi:  tolaning  yog‘ochlik  bilan  yopishishini 


114
buzish; yog‘ochlikni maydalash; tolani maydalangan yog‘ochlikdan va 
boshqa tolali bo‘lmagan qo‘shilmalardan tozalash.
Kanop  zavodlarida  poya  va  po‘stloqni  mexanikaviy  ishlashda 
yuqoridagi  uchta  operatsiya  birdaniga  titish-yuvish  mashinalarida 
bajariladi. Titish  barabanlari  ivigan  holdagi  poya  yoki  po‘stloqni  urib, 
titish bilan bir vaqtning o‘zida urgichlar ta’sirida yog‘ochlikni sindiradi, 
qoldiq yopishqoqlikdan tushiradi hamda yuqoridan berib turiladigan suv 
yordamida tolani yuvib, yog‘ochlik va tolali bo‘lmagan qo‘shilmalardan 
tozalaydi, qisman qolgan yog‘ochlik va tolali bo‘lmagan qo‘shilmalar ezish 
mashinalarida ajratiladi. Shunday qilib, titish-yuvish mashinalaridan keyin 
toza, parallel lashgan tola olinadi. Titish jarayonining prinsipial xususiyati 
shun dan iboratki, material baraban uzunligi bo‘ylab harakat qilayotgan 
paytda,  titish  qirralarining  tola  tutamiga  nisbatan  katta  tezligida 
material shu qirralarda ko‘p marotaba egiladi. Titish barabanining yuqori 
tezlikdagi harakatida yog‘ochlik dinamik ta’sir natijasida toladan tushirib 
yuboriladi. Xuddi shu paytda tola qirrada suv bilan sidirilish natijasida 
tolali bo‘lmagan moddalar ham suv bilan birga toladan tushib ketadi. 
Titish jarayoni quyidagi operatsiya lardan iborat:
—  ish ta’siri (materialni yog‘ochlikdan tozalash hamda uni paral lellash 
uchun ishchi a’zolarning ishlanayotgan materialga ta’siri);
—  materialni  ishchi  a’zolarga  nisbatan  ma’lum  vaziyatda  tutib 
turish;
—  materialni uning butun uzunligi bo‘yicha (tutamning boshi dan 
oxirigacha) ishlanishini ta’minlaydigan qilib siljitib turish.
Bu operatsiyalarning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga qarab qo‘lda, 
yarim mexanikaviy va mexanikaviy titish usullari mavjud.
3.4-rasm.  Sun’iy ivitish hovuzining chizmasi.
200
120,0
120,0
50,0
50,0
50,0
20,0
20,0
1


115
Qo‘lda titishda ivitish hovuzlari oldida har bitta ivigan ho‘l poyaning 
po‘stlog‘i yog‘ochlikdan qo‘lda shilib olingan hamda tolasiz moddalarni 
ajratish maqsadida avval bir tomoni so‘ng ikkinchi tomoni suvda silkitilib, 
chayqatilib tola tozalangan. Bu usul juda og‘ir qo‘l mehnatiga asoslangan 
bo‘lib,  hozirda  bizda  qo‘llanilmaydi.  Lekin  bu  usulda  ko‘p  miqdorda 
sifatli tola olish imkoniyati bo‘lgan. Keyinroq yarim mexanikaviy titish 
usuli qo‘llanilgan. Bunday titish maxsus stanok va mashinalarda baja-
riladi. Bu usulda ishlanayotgan materiallarga ko‘rsatiladigan ish ta’ siri 
mexanizatsiyalashgan  bo‘lib,  materialni  ushlab  turishni  ishchi  qo‘lda 
bajaradi. Bu turdagi mashinalarning ishchi a’zolari bitta yoki ikkita urgichi 
bo‘lgan  barabanlardan  iborat  bo‘lib,  ishchi  ivigan  poya  dastasining 
avval bir tomonini, so‘ngra ishlangan tomonidan ushlab turib, ikkinchi 
tomonini  tez  aylanayotgan  bara banlar  urgichiga  tushirib-tortib  olishi 
natijasida  toza  tola  olingan.  Ishlash  suv  oqizib  yuvish  bilan  birga 
o‘tkaziladi. Bu usul qo‘l mehnatiga asoslangan edi.
Mexanikaviy  titish  usulida  yuqorida  aytilgan  uchala  operatsiya 
mexanizatsiyalashtirilgan. Hozir hamma kanop zavodlarida mexanikaviy 
titish-yuvish  usuliga  moslashtirilgan  mashinalarning  bir  nechta  turi 
ishlab  turibdi.  Hammasining  ish  uslubini  ishla nadigan  mahsulotga 
titish barabanlarining urgichlari orqali ish ta’siri ko‘rsatish, mahsulotni 
tashish mexanizmining (olib yuruv chi transportyorning) qismlari bilan 
ushlab turish orqali olib borishga asoslangan. Transportyor materialni 
to‘xtovsiz mashinaga berib turish bilan birga, mashinadan tola chiqib 
turishini  ham  ta’minlaydi. Titish-yuvish  mashinalaridagi  jarayonlar 
mexani zatsiyalashtirilgan  va  konveyerlashtirilgani  sababli  bir  soatda 
500—600 kg uzun tola olish imkoniyati tug‘ildi.
3.5-rasm. Po‘stloqni bakka dor yordamida joylash:
1 — dor; 2 — burchaklik; 3 — tayanch plastinka; 4 — ilgak.
3
4
2
1


116

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish