130
o‘z navbatida ushbu holat 2017-yilda ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy
ta’sir etdi.
10.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, soliq yuki darajasi
Respublikamizda izchillik bilan kamayib bormoqda.
Agar ushbu
ko‘rsatkich 2000-yilda YaIMga nisbatan soliq yuki 28,0%ni tashkil etgan
bo‘lsa, 2008-yilga kelib 4,8 punktga (23,5%), 2014-yilda esa 8,0 punktga
kamaydi va 2018-yilda YaIMga nisbatan 19,4%ni tashkil etdi. Izchillik
bilan
amalga
oshirilayotgan,
birinchi
navbatda
soliq
yukini
kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy
o‘zgarishlarga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishbilarmonlik faolligi
va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni e’tiborga olgan
holda kamaytirib borish o‘z samarasini berdi.
Milliy bozorni mahalliy
tovarlar (xizmat, ish)lar bilan to‘yintirayotgan, eksportga mahsulot
chiqarayotgan, ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb
qilayotgan, shuningdek, kichik biznes subyektlari
shaklidagi soliq
to‘lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga qaramasdan yalpi
ichki mahsulot va davlat budjetining daromadlar hajmida yil sayin o‘sish
ta’minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda,
shuningdek, uning tarkibi bo‘yicha ham kamayishga erishildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar
jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq
imtiyozlari yetarli darajadagi rag‘batlantiruvchi rol o‘ynayotgani muhim
hisoblanadi. Xususan, 2010-yilda kichik biznes subyektlari uchun
belgilangan yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga, 2011-yilda 6 foizga,
2012-yilda 5 foizga pasaytirilgan.1996 –2014
yillar mobaynida kichik
biznes subyektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 5 foizga
yoki 7,6 martaga qisqargan. So‘nggi yillarda soliq solishning muqobil
tizimi shakllantirilgan bo‘lib, buning natijasida umumiy soliq yuki 2,5
marta kamaydi.
Bunda davlat tomonida eksportchi korxonalarga, kichik biznes
subyektlariga hamda investitsiyalarni amalga oshiruvchi va mahsulotning
yangi turlarini o‘zlashtiruvchi korxonalarga qo‘shimcha
imtiyozlar
berilgan. Xususan, kichik biznes subyektlari soliqlarning barcha qolgan
turlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini amalga oshiradi, uning stavkasi
faoliyat turiga qarab 5-6 foizni tashkil qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda
davlatning ulushini
qisqartirish siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka
131
asoslangan institutlarni mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya
qilishga yo‘naltirildi. YAIMda davlat budjeti
ulushini kamaytira borib,
2018-yilda uning ulushini 19,4 %idan oshirmasdan, mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga
yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi
xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning
yuqori
sur’atlari uchun barqaror manba yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: