122
Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to‘gridan-to‘gri bozor
iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘langandir”
69
.
Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni)
yuklab yuboruvchilardir (xizmat ko‘rsatuvchilardir). Lekin soliq
og‘irligini haqiqatdan ham budjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)
ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni xakikiy soliq to‘lovchilar bu yerda
yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat)
qiymati ustiga ustama
ravishda qo‘yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan
tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida
tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar
qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri
soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar
faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘gridan to‘gri ta’sir etmaydi,
ya’ni investitsion faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi
tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa
korxonalar mahsulotlarini
sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga to‘lovlari
kamayishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul
massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar
mehnat bilan band bo‘lgan aholining real daromadini pasaytiradi.
Korxonalarda to‘gri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan
imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar
assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jaxon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u
yoki bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy
kiyinchiliklarni borligini tahlil qilib berish mumkin. Masalan.
AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet daromadida 90
foizga
yakin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligidan
darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti
boyliklaridan
foydalanish
soliqlari
kiradi.
Yuqorida
aytib
utilganidek, to‘gri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil
etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi
o‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini
stavkasini oshirishni talab etadi.
123
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga
bulinishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy
hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat
idoralari O‘zlarining bajaradigan muhim
vazifalaridan kelib chiqib,
O‘z budjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlar ga ega bo‘lishi kerak.
Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni
mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom infrastrukturasini
yaratish, mehnatkashlarga ijtimoiy himoyasini tashkil etish va
boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning
budjeti ham soliqlar i ham salmokli bo‘lishi shart. QQS, aksiz solihi,
yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan
olingan soliqlar respublika budjetiga tushadi.
Umumdavlat soliqlar
ining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga tushadigan
soliqlar dan mahalliy budjetlarni boshqarib borish uchun ajratma
sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa subvensiya yoki
subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy budjetlarning o‘z
manbalari (soliqlari) ko‘payib qolsa, respublika soliqlar dan ajratma
berishning xojati qolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona
mohiyatiga ega bo‘ladi, budjetga to‘klanishi lozim bo‘lgan
to‘lovlardir. Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga
qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy
hukumatlar asosan mehnatkashlarga yakin bo‘lganligidan ularga
ijtimoiy masalalarni maktab, sog‘likni saqlash,
madaniyat, maorif,
shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin
bu soliqlar va yig‘imlar ularning budjet Xarajatlarining 30-40 foizini
qoplaydi, xolos. Keyingi vaqtlarda mahalliy budjetlar daromadlari
salmog‘ini 50-60 foizga yetkazish kabi hukumat qarorlari mavjud.
Mahalliy budjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb
masalalardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan
mahalliy hukumatlar o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishlari
mumkin. Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘yish
ehtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular
faqat shu hududning budjetiga tushadi.
Boshqa budjetlarga
ajratmalar berilmaydi Mahalliy budjetlarning soliq va yig‘imlari
kam bo‘lganligidan bu budjetlarning daromadlar va xarajatlarini
barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani
124
yechishda ilgari ko‘rsatganimizdek hududdan respublika budjetiga
tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad
solig‘i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy
budjetlarga ular budjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha
ajratma bermasdan turib subvensiya (maqsadli yordam) berish
hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o‘z hududlaridan
tushadigan soliqlarni undirishga qiziqtirish uchun 100 foizgacha
ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.
Subvensiya yoki subsidiya uslublari
esa mahalliy hukumat-
larning respublika hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib,
ularni o‘z hududlaridagi soliqlar to‘liq undirilishini qiziqtirmaydi,
ulardagi boqi beg‘amlik kayfiyatini kuchaytiradi.
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari,
soliqlarning davlat budjeti tarkibidagi daromadining nisbati
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qay darajada mos
kelishi,
iqtisodiy
islohotlarni
amalga
oshirish,
mamlakat
iqtisodiyotini
yuksaltirish
maqsadlariga
mutanosibligi
bilan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: