M s h. N u r m a t o V a, s h. T. H a s a n o V a rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga


Maktabga  tayyorlov  guruhlarda  qurish-yasashga  o‘rgatishning



Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/63
Sana30.12.2021
Hajmi4,97 Mb.
#92795
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
Bog'liq
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Maktabga  tayyorlov  guruhlarda  qurish-yasashga  o‘rgatishning 
vazifalari. 
Tayyorlov guruhida bolalarga predmetning umumiy va in­
dividual xususiyatlarini ajratishga o‘rgatiladi.  Bolalar ilarsalar qism- 
larining proporsiyasini,  simmetriyasini  aniq chamalashga,  narsalar- 
ni  chiroyli  bezashni  o‘rganadilar.  Bu  yoshdagi  bolalar  oldindan 
ko‘rmoqchi bo‘lgan  narsalarini  tasaw ur qilib,  uning  qanday tuzili- 
shini gapirib bera  olishlari  kerak,  buning  uchun  qanday  materialni 
tanlab,  ishni  qanday bajarishni bilishlari  lozim.  Tarbiyachi bolalar­
ga kompleks narsalarni jamoa bo‘lib qurishni,  guruh bilan  qurishni 
o ‘rgatib  boradi.  Bolalar bundan  tashqari,  mavzuni  aniqlab,  kerakli 
materiallar  tanlash,  bir-birlari  bilan  maslahatlashib,  birga  fikrlab 
qurishni  o‘rganadilar.  Tayyorlov guruh  tarbiyalanuvchilari  berilgan 
topshiriq  bo‘yicha,  rasmlar orqali  murakkab  bo‘lgan  turli  narsalar­
ni  yasaydilar.  Qurish-yasash jarayonida  predmetlar  shakli  orasida 
bog'liqlikni  o ‘rganish,  ularning  qo‘llanilishi,  alohida  qismlarning 
katta-kichikligi,  konstruksiyasini  bolalar egallab boradilar.
Tayyorlov  guruhida  bolalarning  transport  turlari  bilan,  bino- 
lar bilan tanishishlari  katta ahamiyatga ega.  Tarbiyachi  mashg‘ulot 
o ‘tishdan aw al bolalarni transportning turlari bilan tanishtiradi. Bun­
dan tashqari,  bolalar kemalarni turlari bilan ham tanishadilar:  katta 
va  kichik,  yuk,  harbiy,  passajir  kemalari.  Tarbiyachi  kemalarning 
turlarini solishtirib,  bolalarga tushuntiradi:  tez yurar kemalar uzun, 
ingichga asosga ega, yuk kemasi  — keng asosli, passajir kemasi har­
biy kemaga  qaraganda  keng boiadi.  Birinchi  mashg‘ulotda bolalar 
harbiy  kema,  keyingisida  passajir  kemasini  yasaydilar.  Shu  sxema 
asosida  «shahar transporti»  mavzusida  mashg‘ulot  o ‘tkaziladi.  Ku- 
zatish  paytida  bolalarning  shahar  transportining  turli-tumanligi 
haqida  tasaw uri  rivojlanadi.  Tarbiyachi  transportning  har bir turi- 
ning nima uchun qo‘llanilishi ta ’kidlab o ‘tadi.  Keyinchalik bolalar­
da predmetning  qo‘llanishiga  ko‘ra  konstruksiyasini  ajratish,  kons-
156


truksiyani va predmetning alohida  qismlari  katta-kichikligini  aniq- 
lash  malakasi  shakllanadi.  Bu  vazifani  ko‘prik  qurish  jarayonida 
qo‘llash  mumkin.  Bolalar bir  nechta  konstruksiya bilan  tanishadi- 
lar va  quyidagi  fikrga  keladilar:  qurilmalarning  o ‘lchami,  ularning 
qo‘llanilishi  bo‘yicha  aniqlanadi.  Kemalar  qatnaydigan  keng  va 
chuqur daryoga baland va  keng  ko‘prik  quriladi.  Ko‘prikning tepa 
qismida transport va yo‘lovchilar uchun yo‘laklar quriladi.  Birinchi 
mashg‘ulotda  tarbiyachi  bolalarga  yo‘lovchilar  uchun  va  transport 
uchun  ko‘prik  qurishni  taklif qiladi.  Ikkinchi  mashg‘ulotda  bola­
lar ham yo‘lovchi, ham transport uchun umumiy ko‘prik quradilar. 
Uchinchi  mashg‘ulotda  esa  bolalarni  o‘zlari  mustaqil  konstruksiya 
o‘ylab,  uni  nima  uchun  qo‘llanilishini  tushuntirib  beradilar.  Tay- 
yorlov  guruhida  bolalarda  turli  binolar  haqida  tushuncha  bo‘ladi: 
ko‘p qavatli bino, teatr, vokzal, ertak-uychalar.  Pedagog asosan bo­
lalar  diqqatini  fazoviy joylashtirish,  qurilmalarini  fazoviy joylasht- 
irishga  qaratadi.  «Ko‘cha,  shahar  maydonlarini  qurish»  mavzusini 
o ‘tishdan  aw al  pedagog bolalami  shahar bo‘ylab  ekskursiyaga  olib 
boradi  va  bolalar  diqqatini  shaharning  qurilishi  va  estetik  tuzilish- 
iga  qaratadi.  Mashg‘ulotda  bolalarni  guruhchalarga  bo‘lib,  har  bir 
guruhga  biror  bir  maydon,  ko‘chalar  qurish  topshiriladi.  Bolalar 
turli binolami qurayotganlarida, ularda predmetning asosiy qismla- 
rini  va tanish boig an   geometrik  shakllami  ajratish  malakasi  shakl- 
lanib  boradi.  Kinoteatrga ekskursiyadan so‘ng bolalar tomoshabin- 
lar  zali,  foyega  kirish  qismi  kub,  prizma,  yarimdoira  shakliga  ega 
ekanligini  ko‘radilar  va  o ‘zlari  kinoteatr  qurganlarida  shu  narsa- 
larga  e ’tibor  beradilar.  Tarbiyachi  tomoshabinlar  zali  va  foyening 
qurilish usulini  ko‘rsatib beradi.  Bolalar jam oa bo ‘lib,  turli  mavzu- 
larda narsalar quradilar  (ko‘chalar,  tem ir yo‘llar,  vokzal,  hayvonot 
bog‘lari,  kinoteatrlar va  hokazo).
M aktabga  tayyorlov  guruhlarda  qurish-yasashga  o ‘rgatishning 
metod  va  usullari.  Tayyorlov  guruh  bolalari  asosan  qurish-yasash- 
ning  quyidagi  usulidan  foydalanadilar,  ya’ni  tarbiyachining  top- 
shirigi  bo‘yicha  bola  o ‘z  tasawuriga  tayangan  holda  rasm,  foto- 
rasmlardan  foydalanadi.  K o‘pgina  qurilma  mavzusi  beriladi.  Katta 
guruhga  qaraganda  bu  guruhga  beriladigan  shartlar  murakkabdir. 
N am unalar,ko‘pincha  rasm,  foto-rasm  bo‘lib,  bu  rasinda  bolalar­
ning  ishlamayotgan  qurilish  materialidan  qurilgan  qurilmalar^ aks 
etgan  bo ‘ladi.  Ba’zida  tarbiyachining  o ‘zi  yasagan  narsani  namu-
157


na sifatida ko‘rsatish  mumkin.  Lekin bu usul bu yoshdagi bolalarga 
to ‘g‘ri kelmaydi. Tarbiyachi topshiriqni tushuntirayotganda qurish- 
yasashning  yangi  usulini  qisman  ko‘rsatib  o‘tadi.  Tayyorlov  gu- 
ruhidagi  ekskursiya va  suhbatlar bolalarni  qurish-yasash  obyektlari 
haqida  tasaw ur  qilishlariga  yordam  beradi.  Har  bir  sayohat  bo­
lalarning  keyingi  mashg‘ulotga  tayyorgarligini  oshirishga  yordam 
beradi.  Shahar  bo'ylab  ekskursiyada  tarbiyachi  asosiy  diqqatni 
maydon,  ko‘chalarning  tuzilishiga,  binolarning  chiroyli  qurilgan- 
ligiga  qaratadi.  Tarbiyachi  bolalar  bilan  biror  bir  maydonning  fa- 
zoviy  joylashishini,  binolami  tahlil  qiladi.  Mashg‘ulotda  esa  top­
shiriqni  tushuntirib,  bolalar bilimini  faollashtiradi.  Mashg‘ulotning 
bosliida  o‘tkaziladigan  suhbatlar  bolalar  bilimini  faollashtiradi. 
Ko‘prik  qurayotganida  tarbiyachi  bolalarga  eslatib  o‘tadi:  ko‘p- 
riklar har xil  bo‘ladi.  Yo‘lovchilar uchun  va transport uchun  ko‘p- 
riklar.  Mashg‘ulotning  boshida,  kinoteatr  qurishda tarbiyachi  suh- 
bat  o ‘tkazib,  binoning  asosiy  qismi  tomoshabinlar  zali,  foyeni 
ajratadi,  uning  asosiy  shakli,  fazoviy joylashishini  aniqlaydi.  Agar 
boshqa  mashg‘ulot bo‘lsa,  tarbiyachi  bolalardan  o ‘ylagan  qurilma- 
lari,  uning  nima  uchun  qo‘llanislii,  tanlangan  materiallar  haqida 
gapirib  berishni talab  qiladi.

Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish