M s h. N u r m a t o V a, s h. T. H a s a n o V a rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga


 ‘rta  guruhda  tabiiy  material  va  qog‘ozdan  qurish-yasashga



Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/63
Sana30.12.2021
Hajmi4,97 Mb.
#92795
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
Bog'liq
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

0 ‘rta  guruhda  tabiiy  material  va  qog‘ozdan  qurish-yasashga 
o ‘rgatishning  metod  va  usullari. 
0 ‘rgatishning  asosiy  usuli  —  na- 
munani  ko‘rsatish  va  tushuntirishdir.  Tushuntirish  qisqa  va  aniq 
bo'lishi  kerak.  Tarbiyachining  aniq,  tushunarli  qilib  tushuntirishi 
uchun  bolalar  vazifani  to ‘liq  bajarishlari  lozim.  Qog‘ozdan  uycha 
yasash  davomida,  tarbiyachi  bolalarga  tayyor  uychani  ko‘rsatadi 
(ikkiga  buklangan  qalin  qog‘oz,  ustida  esa  mo‘rili  tom)  va  u  ni- 
madan  qilmganini  so‘raydi  (qog‘ozdan  —  uy,  rangli  qog‘ozdan 
esa  tomi,  chiqizlardan  m o‘ri,  deraza,  eshiklar va  hokazo).  Oldingi 
tajribalarga  tayangan  holda,  tarbiyachi  bolalar  bilan  birga  uychani 
ketma-ketlik  asosida  qurishni  davom  ettiradi.  Qachonki  bolalarga 
murakkab  konstruksiya  berilsa,  ularning  tajribalarini  hisobga  ol- 
gan  holda,  tarbiyachi  bajarish  usulini  to‘laligicha  ko‘rsatib,  tush- 
untirib  beradi.  Agar yasaladigan  narsa  sodda  bo‘lsa,  bolalar o‘zlari 
mustaqil  bajarishlari  mumkin,  lekin  tarbiyachi  namunani  bolalarga 
ko‘rsatadi.  Masalan,  yozuv  kitobchalari  yasash  mashg'ulotida  tar­
biyachi  bolalarga  bir  necha  xil  applikatsiya  bilan  bezatilgan  yozuv 
kitobchalarini  namoyish  qiladi va bolalarga  mustaqil  bajarib,  so‘ng 
uni bezashni topshiradi.  Yilning  oxirida bolalarda qog‘oz bilan ish­
lash  tajribasi  ortganligi  uchun  tarbiyachi  bolaning xohishi  bo‘yicha 
qurish-yasash  mashg‘uloti  o‘tkazadi.  Tarbiyachi  bu  mashg‘ulotdan
1  —2 kun oldin qog‘ozdan yasalgan narsalardan ko‘rgazma qilib, bo­
lalarga  ularning  qanday  yasalganligini  eslatib  qo‘yadi.  Mashg‘ulot 
davomida  tarbiyachi  bolalar  ishiga  rahbarlik  qilib,  tekshirib  bo­
radi.  Tayyor  boMgan  narsalarni  tahlil  qilganda,  tarbiyachi  asosiy 
e’tiborni  to‘g‘ri  va  ozoda  bajarilgan  ishlarga  qaratadi.  Tabiiy  ma- 
terialdan  narsa  yasashga  o ‘rgatish  yilning  oxirida  boshlanadi.  M a­
salan, yong‘oq po ‘stidan  tipratikan yasashga o ‘rgatishdan oldin tar­
biyachi  bolalarga  tipratikanning  o ‘zini  ko‘rsatadi.  Yoki  uning  ras- 
mini  ko'rsatadi,  uni  tanasi  igna bilan  qoplanganligini,  oyoqlari  kal- 
taligini  tushuntiradi.  Keyin  mashg‘ulotda  tayyor  o ‘yinchoq  bilan 
rostakam,  tirik  tipratikanni  solishtiradi,  so‘ng  uni  qanday yasashni
160


birma-bir ko‘rsatadi.  Uning tanasi yong‘oq po‘stidan,  ignalari,  yuzi 
plastilindan  yasaladi.  A w al  yong‘oq  ustiga  plastilin  surtiladi,  yuz 
tuzilishi va ignalarini yasaydi.  Mashg‘ulot  davomida tarbiyachi  bo­
lalarga maslahat  berib,  yordamlashadi.  Bolalarning barcha yasagan 
narsalari  m a’lum  bir  maqsad  uchun  ishlatiladi.  Albomlar  —  rasm 
uchun, yuk  mashinasi,  uyclialar — o ‘yinlar uchun.  Shunda bolalar­
da  qiziqish  uyg‘onadi,  shuning  uchun  narsalarni  qiziqib,  chiroy- 
li,  toza  bajaradilar.  Qurish-yasash  uchun  kerak  bo‘lgan  materialni 
tayyorlash  tarbiyachidan  ko‘p vaqtni  talab  etadi.
Bolalarda  qurilish  materiallari  bilan  turli  xil  predmetlarning 
turlicha  timsollarini  yaratish  kabi  ijodiy  faoliyatini  shakllantirish 
amalga  oshiriladi.
Katta  guruhda  tabiiy  material  va  qog‘ozdan  qurish-yasash­
ga  o ‘rgatishning  vazifalari.  Bolalarga  qog‘ozni  teng  buklash, 
to ‘rt  buklash,  buklangan  joyni  tekislash  malakalari  o‘rgatib  bo­
riladi.  Qog‘ozni  16  kvadratlarga  buklash,  burchak  va  tomonlari- 
ni  aniq  joylashtirish,  doirani  diametri  bo‘ylab  buklash  va  konus 
hosil  qilib  yopishtirish  o‘rgatiladi.  Masalan,  qog‘oz  silindrni  bir- 
lashtirib,  turli,  murakkab  bo£lmagan  kompozitsiyalarni  yasaydilar. 
Yana bolalar gugurt  qutisini  bir-biriga yopishtirib,  narsalar yasash- 
ni  ham o ‘rganadilar.  Tabiiy materiallardan archa shishkasi,  gulning 
urug‘lari,  o ‘tlar,  yong‘oqdan  turli  narsalar yasab,  ularni yelim,  gu­
gurt  bilan  birlashtirishni,  ulardan  to‘g‘ri  foydalanish  kabi  malaka- 
larni  egallab  boradilar.  Bolalar  o‘z  faoliyatlarini  rejalashtirish  va 
uni  mustaqil  bajarishni  ham  o‘rganadilar.
Dastlabki  mashg‘ulotlarda  o ‘tgan  materiallar  takrorlanadi,  na- 
tijada  bolalarda  qog‘ozni  teng  buklash,  tomonlarini  qo‘l  bilan 
tekislash  malakasi  yanada  mustahkamlanadi.  Bolalar  bu  amallarni 
qanday  bajarishni  esga  oladilar.  Birinchi  mashg'ulotda  qog‘ozdan 
savatcha yasaydilar.  Tayyor namunani  kuzatib  bo‘lgach,  tarbiyachi 
kvadrat  qog‘ozni  qanday  buklab  qirqish,  qanday  yopishtirislmi 
ko‘rsatadi.  Savatchaning  bandini  qanday  yopishtirislmi  esa  bola­
lar  o‘zlari  o‘ylab  topadilar.  Ikkinchi  mashg‘ulotda  esa  kvadratni 
diagonal  bo‘yicha  buklashni  o ‘rganadilar.  Bunda  kvadrat  qog‘ozni 
16  kvadratga  buklash  ko‘rsatilmaydi.  Tarbiyachi  tushuntirayotgan- 
da ikki tomoni  qirqilgan,  buklangan  tayyor kvadratdan  foydalanila­
di.  Bolalar oldingi  mashg‘ulotdan  olgan  bilimlarini  uycha  qurislula 
qo£llaydilar,  o‘zlari  qirqib  yopishtiradilar.  Mashg‘ulotning  boslii
161


da  namunani  kuzatayotganda  tarbiyachi  ishni  qanday  bajarishni 
bolalarga  o ‘rgatadi  va  yordam  beradi.  Qog‘ozdan  narsa  yasashni 
m a’lum  bir vaqtdan  so‘ng  qaytarish  mumkin,  lekin  bolalar  o ‘zlari 
mustaqil  bajaradilar  (masalan,  ochiq  quticha).  Tayyor  shakllar­
dan  biror bir narsani yopishtirish  orqali yasashni bolalar asta-sekin 
o‘rganadilar.  Birinchi  mashg'ulotda  tarbiyachi  gugurt  qutisidan 
qanday  qilib  avtobus  yasashni  ko‘rsatadi:  qutini  qanday  qilib  bir- 
biriga yopishtirish,  g‘ildiraklarni qanday qilib birlashtirish va hoka- 
zo.  Bolalar topshiriqni  ko‘rsatish  va  tushuntirish  asosida  bajaradi­
lar.  Ikkinchi  mashg‘ulotda  tarbiyachi  bolalardan  avtobusni  qanday 
yasaganlarini  eslatib,  so‘ng  tayyor  yasalgan  mebelning  bir  necha 
namunasini bolalarga namoyish  qiladi.  Bu  qurilmalarni bolalar ku- 
zatib  bo‘lgach,  uni  qanday  qilib  bir-biriga  yopishtirilganligini  va 
boshqalarni  ko‘radilar.  Qurishlari  kerak  bo‘Igan  predmet  uchun 
kerakli  materiallar  tanlaydilar.  Bu  mashg‘ulotlarda  hosil  bo‘lgan 
malakalami  tarbiyachi  bolalarni  o‘ylaganlari  bo‘yicha  narsa  qurish 
mashg‘ulotlarida  mustalikamlaydilar.  Bunda  bolalar  o ‘zlari  qaysi 
materialdan  nima  yasashlarini,  qanday  qilib  yasashlarini  mustaqil 
hal  qiladilar.  Lekin  keyingi  mashg‘ulotlarda  mavzu  ancha  murak- 
kablashadi,  ya’ni  quticha,  karton,  qog‘ozdan  yuk  mashina,  kema 
yasash  va  hokazo.  Bu  paytda  tarbiyachi  yana  bolalar  bilan  birga­
likda  ish  olib  boradi,  ya’ni  o ‘zi  ko'rsatib,  tushuntirib  beradi.  Ish 
faoliyatining  bunday  olib  borilishi  bolalarning  keyingi  ijodiy  faoli- 
yatida  katta  ahamiyatga  ega.  Bolalarga  doirani  diametri  bo‘ylab 
buklash,  konusni  yopishtirish,  kontur  bo‘ylab  qirqishdan  aw al, 
tarbiyachi  parashut,  uzun  ko‘ylak  kiygan  matryoshka,  o ‘yinga  tu- 
shayotgan  matryoshkani  yasashni  o ‘rgatadi.  Shunday  qilib,  top- 
shiriq  murakkablashib  boradi:  bolalar  tayyor  yarim  doiradan  qir­
qishni  o ‘rganadilar.  Bu jarayonni tarbiyachi tushuntiradi,  qolganini 
esa bolalar bajaradi.  Yil  oxirida bolalar o ‘z bilimlarini tekshiradilar. 
Kvadratni  diagonal  bo‘ylab  buklash  tomonlarni,  burchaklarni 
to ‘g‘ri  birlashtirish,  qayiq,  o‘yinchoqlar  yasashni  mashg‘ulotlarda 
o ‘rganadilar.  Mashg‘ulotlarda  bolalar  tayyor  murakkab  bo‘lmagan 
andoza bo‘yicha ishlashni  ham  o ‘rganadilar.  Shunday qilib,  bolalar 
silindmi  turli  konstruksiyalarga  birlashtirishni  egallaydilar.  Ularda 
fikrlash, ijodiyot, fantaziya rivojlanib boradi. Boshqa materiallardan 
narsa  yasashga  o‘rgatishdan  oldin  tarbiyachi  materialning  xususi- 
yati  bilan  tanishtiradi,  bolalarga shu  materialni  ushlab,  uning  qan-
162


day ekanligini so'raydi,  parolon  — yumshoq,  yengil,  uni  ezsa,  yana 
o ‘z  holatiga  qayta  oladi.  Parolondan  bolalar  qorbobo,  nayzangul, 
quyoncha,  jo ‘ja  va  hokazolar yasaydilar.  Narsa  yasashni  tushunti- 
rayotganda tarbiyachi  asosiy diqqatni  alohida predmetlarni  qanday 
birlashtirishga  qaratadi,  mashg‘ulot  davomida  eslatib  o ‘tadi.  Yan­
gi  yil  bayramida  bolalar  archa  o‘yinchoqlari  yasaydilar:  qog‘ozni 
qat-qat  qilib  (gormoshka)  buklab  undan  (turli)  simmetrik  shakllar 
qirqadilar.  Bolalar o ‘z o ‘ylaganlari bo ‘yicha qog‘oz,  karton, boshqa 
materialdan  narsa  yasayotganida  aw al  olgan  bilimlarini  ishlarida 
qo‘llaydilar.

Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish