M s h. N u r m a t o V a, s h. T. H a s a n o V a rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga



Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/63
Sana30.12.2021
Hajmi4,97 Mb.
#92795
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Yakuniy  hisobot. 
Yakuniy  hisobot  har  6  oyda,  yilning  oxirida 
tuziladi.  Bu hisobot yordamida tarbiyachi bolalar shu muddat ichi- 
da  qanday  bilimlarga,  ko‘nikma,  malakalarga  ega  bo‘lganliklarini
170


aniqlab  oladi.  Keyingi  bosqichlarga  o ‘quv  yiliga  reja  tuza  oladi. 
Yakuniy  hisobotning  yana  bir  maqsadi,  bolani  guruhdan  guruhga 
o ‘tkazishda undagi barcha bilimlar shu guruhga mos keladimi yoki 
yo‘qmi?  ekanligini  aniqlashda yordam beradi.
Ota-onalar bilan ishlami yanada yaxshilash,  ota-onalar burcha- 
gini  yanada  mazmunli  qilib  bezash,  shuningdek,  ota-onalar  bilan 
individual suhbatlar o‘tkazish lozim. Natijada shu narsa ko‘rinadiki, 
bolalarning  o‘zlashtirishi  yanada  yuqori  darajaga  ko4ariladi.  Bu 
o ‘rinda  shuni  qo‘shimcha  qihb  o‘tish  lozimki,  bolalarning  tasviriy 
faoliyat  mashg‘ulotlarida  bajargan  ishlaridan  ko‘rgazmalar  tay- 
yorlansa,  bunda  bolalarda  qiziqish  yanada  kuchayadi,  o ‘z  ishlari­
ni  yanada yaxshiroq bajarishga  harakat  qiladilar.  Shuningdek,  ota- 
onalar  ham  bolalarining  bilimlari  qay  darajada  rivojlanib  borayot- 
ganliklaridan xabardor bo‘lib turadilar.  Bulardan ko‘rinib turibdiki, 
bolalar  bog‘chasida  hisobot  ishlariga  alohida  e’tibor  bermog‘imiz 
lozim.  Bu  esa,  o ‘z  vaqtida,  bolalami  mustahkam  bilimlarga  ega 
boiishlarini  ta ’minlaydi.
Bu  hisobot uchun  m a’lumotlar quyidagicha tuziladi:
Ota-onalardan  olingan  m a’lumotlar.
Tarbiyachining  shaxsiy  kuzatishlari  asosida  to ‘plangan  m a’­
lumotlar.  Ota-onalardan  olinadigan  m a’lumotlar  anketalar  orqali 
suhbatlar  davomida  olinadi.
Anketa  quyidagicha tuzilishi  mumkin:
Bolaning  ismi,  familiyasi.
Tug‘ilgan  kuni,  yili.
Yoshi.
Ota-onasining  ismi va  familiyasi.
Millati.
Qiziqishi.
Bolaning uyda bo‘lgan vaqtida  nimalar bilan  shug‘ullanishi.
Ota-onalari  o ‘qib  bergan  ertak,  hikoyalardan  misollar  nomi.
Oilada  nechanchi  bola  ekanligi.
Uy  adresi.
Bolalar  bog‘chasida  bolalarning  har  tomonlama  rivojlanishi 
uchun  tarbiyachi  barcha  ishlami  to ‘g‘ri  rejalashtirib  olishi  lozim. 
Tarbiyachi  tomonidan  olib  boriladigan  barcha  ishlami  to ‘g‘ri  re- 
jalashtirish  uchun  esa  tarbiyachi  doimo  hisobot  ishlarini  olib  bo- 
rishi  lozim.
171


Hisobot  — bolalarning  bilimi  va  saviyasining  o‘sishi,  turli  ko‘- 
nikma  va  malakalarni  egallashi  va  har  tomonlama  rivojlanishini 
aniqlashdir.  Hisobot  o ‘z  vaqtida  quyidagi  turlarga  bo‘lib  olib  bo­
riladi:
Dastlabki  hisobot.
Kundalik  hisobot.
Yakuniy  hisobot.
Dastlabki  hisobot  —  tasviriy  faoliyat  ishlarini  to ‘g‘ri  rejalashti- 
rish  uchun tuziladi.
XII.  1.  TASVIRIY  FAOLIYAT  MASHG‘ULOTLARIDA 
BOLALARNI  MAKTABGA TAYYORLASH
Tasviriy  faoliyat  bo‘yicha  maktabgacha  ta ’lim  muassasasi  das- 
turi  va  maktabda  tasviriy  san’at  dasturi  bolalarda  tevarak-atrofga 
nisbatan  bolalarda  estetik  munosabatni  tarbiyalash,  ijodiy  qobi- 
liyat  va  badiiy  tasvirlarni  rivojlantirishni  ko‘zda  tutadi.  Maktab­
gacha  ta ’lim  muassasasi  mashg‘ulotlarida,  maktabda  muvaffa- 
qiyatli  o ‘qib  ketishlari  uchun  zarur  bo‘lgan  vazifalar  hal  etiladi. 
Rasm,  applikatsiya,  loy  ishlari  jarayonida  bolalarda  fikr  yuritish- 
ning  tahlil,  sintez,  takrorlash,  aniqlashtirish  kabi  jihatlari  shaklla- 
nadi.  Shuningdek,  bu jarayonilarda  bolalar jamoada  ishlashga,  o‘z 
harakatini  o‘rtoqlarining  harakatiga  bo‘ysindirishga  o‘rganadilar. 
Bolalar bog‘chasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarda,  o'quv 
faoliyatida  zarur bo‘lgan  malaka va  ko‘nikmalarni  shakllantiradi.
Bunday  malaka va  ko‘nikmalarga:  topshiriqni  tinglash va yod- 
da  tutish  m a’lum  vaqt  orasida  bajarish,  o‘z  ishini  rejalashtirish  va 
baholash,  boshlangan  ishni  oxiriga  etkazish,  xato va kamchiliklari- 
ni  topish  va  uni  tuzatish,  material,  ish  qurollari  va  ish joyini  tarti- 
bli  saqlash va boshqalar  kiradi.
Pedagoglaming olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bo­
lalar bog‘chasida  ta ’lim-tarbiyaning  bunday tuzimi  bolalarni  mak- 
tabga  tayyorlashga  katta  ta ’sir  ko‘rsatadi.  Shuningdek,  psixolog- 
lardan  E.A. Labunskiy  va  boshqalar  tomonidan  maktab  o‘quvchi- 
larining  tasviriy  faoliyatini  o‘rganish  jarayonlari  shuni  ko‘rsatib 
o ‘tadiki,  maktabda  tasviriy  san’at  darslarining  tuzilishi,  bolalar 
bog‘chasida  olgan  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalari  asosida,  ularni 
hisobga  olgan  holda tashkil  etiladi.
172


Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  tasviriy  faoliyat  mashg‘u- 
lotlarda  bolalar  asosan  amaliy  ish  bajaradilar,  san’at  asarlari  bilan 
rasmga  qarab  hikoya  qilish,  kitobdagi  illustratsiyalarni  ko‘rib  chi­
qish jarayonida  tanishadilar.  Maktabda  tasviriy  san’atning  turlari 
—  rangtasvir,  grafika,  haykaltaroshlik  va  dekorativ  san’at  asarlari 
bilan yanada  chuquroq  tanishadilar.  Maktabgacha  ta ’lim  muassa- 
sasida  tasviriy faoliyat  mashg‘ulotlari  xilma-xildir.  Masalan,  rasm, 
mazmunli  dekorativ va  loy applikatsiya mashg‘ulotlari.  Maktabga­
cha  ta ’lim  muassasalarida  barcha  mashg‘ulotlarga  katta  ahamiyat 
beriladi.  Maktabda  esa  tasviriy  san’at  darslarida  rasm  (natura- 
ga  qarab)  mavzu  asosida  va  dekorativ  turlari  o‘tkaziladi.  Bun­
da  predmetli  rasm  bo‘yicha  naturaga  qarab  rasm  chizish  o‘quv 
predmeti  alohida  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Loy  applikatsiya,  qu­
rish-yasash  bo‘yicha  amaliy  ishlar  maktabda  qo‘l  mexnatiga  ki- 
ritiladi.  Boshlang‘ich  sinf  tasviriy  san’at  dasturining  tahlili  shuni 
ko'rsatadiki,  predmetli,  rasm  bo‘yicha  o‘quv  vazifalari  ancha 
murakkab  tarzda  kiritilishidan  tashqari,  bolalar  bog‘cha  dasturi 
bo‘yicha  ayrim  takrorlash  ishlari  kiritildi.  1-sinfda  bolalar  doira, 
kvadrat, to ‘rtburchak, aw al kabi tuzilishga ega boMgan predm etlam i 
aniqlashga  o‘rganadilar,  bog‘chada  bolalar  oldiga  qo‘yilgan  vazi­
fa  rasm  chizish  texnikasini  egallashdfr.  Bunga  sabab,  hamma  bo­
lalar  bog‘chadan  maktabga  kelmaydilar  va  shu  bois  bolalar  bilan 
ishni  maktabga  kelguncha,  tayyorlov  guruhda  olgan  bilimlardan 
boshlash  lozim.  Mavzu  asosida  rasm  chizish  maktabgacha  ta ’lim 
muassasasida  o ‘tkaziladigan  mazmunli  rasmning  davomi  sifatida 
o‘tkaziladi.  Bolalar  tevarak-atrofdagi  hodisa  va  predmetlami  ku- 
zatib,  ko‘rib  chiqadilar,  so‘ng  xotiralariga  asoslanib,  ularni  chiza- 
dilar.  0 ‘quvchilar  obyektlar  o ‘rtasidagi  mazmunli  bogManishlar- 
da  uzoqdagi  predmetlami  kichiklashtirib  tasvirlaydilar.  Dekorativ 
rasm  bo'yicha  maktabda  texnik  tartibga  doir  vazifalar  qo‘yiladi, 
ya’ni  naqsh  tuzilishi  ketma-ketligida  tasviri  bilan  birgalikda,  yor- 
damchi  chiziqlardan  foydalanish  va  o ‘z  ixtiyorlari  bilan  xalq 
amaliy-dekorativ  san’at  elementlaridan  foydalanish  va  san’at 
haqida  o‘tkaziladigan  dars-suhbat  jarayonida  o‘rganadilar.  Bola­
larni  tasviriy  san’atga  o ‘rgatish  metodlari  bolalarning  xususiyat- 
larini  hisobga  olgan  holda  olib  boriladi.  Katta  maktabgacha  tar- 
biya  yoshidagi  bolalar  va  kichik  o'quvchilarning  ish  xususiyat- 
lari  o ‘rtasida  ancha  yaqinlik  bor.  Shuning  uchun  u  yoki  bular-
173


ni  o‘rgatish  metodikasi  o‘rtasida  ham  ko‘p  o ‘xshashlik  bor.  M ak­
tabda  o ‘qituvchining  rasmini  b a’zi  bir  elementini  ko‘rsatish  va 
shu jarayonida  tushuntirish  tarbiyachining  ish  usullarini  ko‘rsatib 
berishga  yaqin  turadi.  Maktabda  ishning  ketma-ketligi  tartib- 
li  ko‘rinishda  bo‘ladi.  Agar  tasvirlanayotgan  predmetning  tuzili- 
shi  sodda  bo‘lsa,  tartib  tushuntirilgandan  so‘ng,  o ‘chirib  tashla- 
nadi.  Agar  murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lgan  predmet  tasvirlansa, 
o‘qituvchining  doskada  ko‘rsatib  berishi  bilan  ketma-ket  tasvirla- 
nadi.  0 ‘qituvchi  predmetning  umumiy  konturini  qalamning  uchi 
bilan  yengilgina  belgilab  chiqadi  hamda  uning  kengligini,  balan- 
dligini  ham  ko‘rsatadi.  So‘ng  o ‘quvchi  predmetining  xomaki  ras- 
mi  bilan  naturani  solishtirib,  uning  qismlarini,  shaklini  aniqlay- 
di,  tuzatadi.  Ish jarayonida  ko‘rsatish va  tahlil  qilish  uchun  rasm- 
lar  to ‘plami,  bolalar  kitobchalaridagi  rangli  rasmlar,  shuningdek, 
o ‘quv  xarakteriga  ega  bo‘lgan  alohida  rasmlardan  foydalanadi. 
Rasm bo‘yicha  o‘tkaziladigan  har bir dars  o'qituvchining  suhbati- 
dan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan bosh- 
lanadi.  Ishning  amaliy  bajarilishiga  o ‘tishda  o‘qituvchi  bolalar­
ning tartibli  ravishda  chizish  qoida va yo‘llarni  eslatib  turadi.  K at­
ta  bog‘cha  yoshidagi  bolalar  va  kichik  maktab  o ‘quvchilarining 
ishiga yoki  rasmiga qo‘yilgan talablar bir-biriga juda yaqin.  Bola- 
lar ishini  tahlil  qilishda diqqatni predmet proporsiyasi,  konstruk- 
siyasi,  qismlarining  bog‘liqligi,  rang  va  kompozitsion  tuzilishiga 
tortish  lozim.  Shunday  qilib,  boshlang'ich  sinflarda  ta ’lim -tar- 
biya  masalalarining  muvaffaqiyatli  hal  etilishi,  bolalar bog‘chasi- 
da  olib  boriladigan  tasviriy  faoliyati  mashg‘ulotlari  bilan  uzviy 
ravishda  olib  boriladi.  Bolalarni  maktabga  tayyorlash  maktabga­
cha  ta ’lim  muassasasida  amalga  oshiriladi.  Maktabgacha  ta ’lim 
muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm  chizishga 
katta  e ’tibor  beriladi,  chunki  bu  narsa  bolalarni  naturaga  qarab 
rasm  chizishga  tayyorlashda  dastlabki  bosqich  hisoblanadi.  Bu 
narsa  bolalarda  ko‘rish  xotirasini  rivojlantiradi,  b a’zida  predmet 
bolalarda  natura  sifatida  to ‘g‘ri  tasvirga  yordam  beradi.  Bola­
lar guruhdagi  olib  boriladigan  tasviriy  faoliyati  mashg‘ulotlarida, 
qalam dan,  m o‘yqalam dan  erkin  foydalanishga  o ‘z  xarakterini  va 
qo‘l  kuchini  idora  etishga  o ‘rganadilar.
Bu  malakani  egallash,  bolalarda  qo‘lini  yengil,  erkin,  bir 
tekisdagi  harakat  qilish  xususiyatlari  rivojlanadi.  Bolalar  tur-
174


li  shakldagi,  kattalikdagi,  turli  proporsiyadagi  predm etlam i  chi­
zish  jarayonida  predm etning  ish  xususiyatiga  qarab  yo‘nalishni 
saqlash  zarurligiga,  harakatini,  predm etning  uzunligiga  mos  ra­
vishda  harakatlanishga  o ‘rganadilar.  M aktabgacha  ta ’lim  muas- 
sasasida  olib  boriladigan  tasviriy  faoliyati  materialdan  toza  va 
tartibli  foydalanishga  o ‘rganadilar,  ularni  toza  saqlashga,  faqat 
zarur  materiallardan  foydalanishga,  ularni  ishlatish  yo‘llarini 
rejalashtirishga  o‘rganadilar,  katta  ahamiyat  beriladi.  Bu  mash- 
g‘ulot  bolalarda  diqqatni,  ko ‘rish  xotirasini  rivojlantiradi.  Bola­
lar  bog‘chasining  tayyorlov  guruhida  naturaga  qarab  rasm  chi­
zish yoki  tasvirga  nisbatan  talablar  oshadi  va bu  talablar  maktab 
talabiga  yaqinlashadi.  Bolalar  naturani  tahlil  qilishga butun  um - 
umiy  shaklni  qog‘ozga  xomaki  tushirib  olishga,  rasmni  natura­
ga  solishtirishga,  xato  va  kamchiliklarini  to ‘g‘rilashga,  naturaga 
o'xshatishga  urinadilar.  Naturaga  qarab  tasvirda  ishning  ketma- 
ketligini  ko‘rsatish,  maktabgacha  ta ’lim  muassasasining  tayyor­
lov  va  katta  guruhida  o ‘rganishning  boshlang‘ich  bosqichidagi- 
na amalga oshiriladi.  K o‘rsatishdan  doimo  foydalanish,  bolalarni 
rasmni  mexanik  ravishda  ishlashga  odatlantirib  qo‘yadi.
Bolalarning  tasviriy  faoliyati  mashg‘ulotlari  geometrik  shakl- 
larni topa yoki  ko‘ra olishga,  ularni term inlar bilan  atashga,  keng- 
ligi,  kattaligi,  uzunligi,  balandligini,  qismlarning  bir-biriga  nis­
batan  fazoviy  joylashishi  bilan  tanishishni  bolalami  maktabning 
l-sinfida  elem entar  matematik  tushunchalarini  puxta  egallash- 
lariga  yordam  beradi.  Maktabgacha  ta ’lim  muassasasida  kerakli 
materiallardan  qurish-yasash  bolalarda  ko‘z  bilan  chamalash- 
ni  shakllantiradi  va  bolalarni  maktabdagi  texnik  darslarni  egal- 
lashiga  yoki  o ‘zlashtirishiga  yordam  beradi.  Maktabgacha  ta ’lim 
muassasasining  katta  guruhidagi  naturaga  qarab  rasm  chizish 
mashg‘ulotlarda mantiqiy fikr yuritishga,  kuzatishga,  asosiy ajratib 
ko‘rishga predmetning fazoviy xususiyatlarini tahlil qilishga, o ‘zlari 
mustaqil  ravishda  tasviriy  vositalarni  tanlashga  o‘rganadilar.  Bu- 
larning  hammasi  esa  maktabda  o‘qish jarayonida  zarurdir.  Shun­
day qilib,  bolalarning  tasviriy faoliyati  mashg‘ulotlarida  maktabda 
o ‘qishga  tayyorlash  axloqiy,  estetik  tarbiyalab,  ularda  badiiy  did 
va  ijodiy  qobiliyatlarni  o ‘stiradi.
175



Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish