M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


43 
3-BOB.TURIZMNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI 
Reja: 
3.1. Tabiiy geografik omillar 
3.2. Iqtisodiy geografik omillar 
3.3. Ijtimoiy-demografik omillar 
 
3.1. Tabiiy geografik omillar 
 
Turizmni rivojlantirish albatta bir qancha omillar natijasida 
rivojlanadi. Xususan bu omillarga tabiiy, madaniy-tarixiy, 
demografik, ilmiy-texnik rivojlanish va boshqa turizm industriyasini 
hududiy tashkil etish va rivojlantirishda ahamiyatlidir. Bu omillar 
ichida geografik omillarning roli, xususan hudud tabiiy sharoiti, 
jumladan iqlimi, suvlari, rel`efi, fauna va florasi turizmni 
rivojlantirishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu omillar 
asosida tog‗ turizmi, aplinizm, skoloturizm, speloturizm, plyaj 
turizmi, serfing, dayving, safari, rafting, cho‗l, arktika va ekologik 
va boshqa yuzlab turizm turlarining shakllanishiga asos bo‗ladi. 
Dunyoda ko‗pgina hududlar o‗zining sog‗lomlashtirish 
xususiyatlari, xususan, iqlimining o‗ziga xosligi, mineral suvlari, 
balchiqlari rekreatsiya turizmini rivojlantirish uchun omil yaratgan. 
O‗z navbatida, geografik omillarni ikki guruhga bo‗lish keng 
tus olgan. Bular:- 
tabiiy geografik omillar;-iqtisodiy geografik 
omillar.
Mintaqalarda xalqaro turizmni rivojlanishiga tabiiy 
sharoitning katta ta‘siri bor. Hozirgi jamiyatimizning o‗ta 
sanoatlashib borishi tufayli, insonlarning yovvoyi tabiatga bo‗lgan 
qiziqishi ortib bormoqda. Tabiiy geografik omillar ko‗pgina jihatlar 
bilan baholanadi (Ibodullaev, 2008).
Iqlim, 
turizmni davriyligiga ta‘sir ko‗rsatib, ayrim sohil bo‗yi 
dam olish joylari yil bo‗yi issiq iqlimga ega ekanligi (misol 
tariqasida Mavrikiy orollarini ko‗rsatish mumkin) tufayli, uzluksiz 
turistlar bilan gavjum bo‗lishiga olib kelgan. Tabiiy iqlim sharoiti 
turizm harakatini mavsumiy xarakterga aylantiruvchi asosiy omil 
bo‗lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o‗zgarishi, tabiiy 
ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar 
oqimining keskin kamayishiga sababchi bo‗ladi. Shu sababli 


44 
turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim 
zonalariga to‗g‗ri keladi. Jumladan, O‗rta dengizi, Qora dengiz, 
Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq dengizi, Yapon dengizi, 
Janubiy Xitoy dengizi qirg‗oqlarida joylashgan mamlakatlarda 
turizm xalqaro ahamiyatga ega.
O„simlik va hayvonot olami 
ham katta qiziqish uyg‗otuvchi 
omildir. O‗rmonlar dam oluvchi va tabiat qo‗yniga sayr qiluvchi 
sayyohlarni o‗ziga tortadi. O‗rmon o‗zining kislorodga boy zahirasi 
bilan, sog‗ligini tiklovchilar uchun muhim turistik obekt 
hisoblanadi. Shu bois, botanika bog‗lari, turli oromgohlar, milliy 
bog‗lar sayyohlarning gavjum joylari hisoblanadi. Xorijiy 
sayyohlarni o‗ziga ko‗proq jalb qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik 
(g‗alati, ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar qo‗riqxonalar, davlat 
buyurtmalari, milliy bog‗lar, ov qilish uchun ajratilgan maxsus 
hududlardir. Bunday hayvonot va o‗simlik dunyosining markazlari 
yuzdan ortiq bo‗lib, Afrika, Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Amerika 
(AQSH, Kanada) ning sayyohat qilish mintaqalari va hududlari 
hisoblanadi. 
Suv resurslari 
hisoblangan okean va dengizlar, daryolar, ko‗llar 
ham katta turistik imkoniyatlarga ega. Keyingi paytlarda dunyo 
okeani bo‗ylab sayohatga chiquvchilar soni oshmoqda. Daryo va 
ko‗llar ham o‗ziga xos mikroiqlim xususiyatlariga ega bo‗lib, 
kishilarning asosan mavsumiy dam olishi, suv sporti, baliq tutishi 
uchun obekt vazifasini bajaradi. Shuning uchun hozirgi paytda 
ko‗plab dam olish uylari ushbu turistik ob`ektlarga qurilmoqda. 
Okean va dengiz suvlarining cho‗milishi uchun qo‗lay bo‗lgan 
qirg‗oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz 
va okean suvlarining quruqlikka tutash bo‗lgan joylarida suvning 
harorati, chuqurligi, suv to‗lqinlari, ko‗tarilishi, qaytishi, oqimlar, 
suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining relefi, 
suvdagi yirtqich qonxo‗r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-
yo‗qligi h.k., qirg‗oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va 
yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir qator omillar 
ta‘sir etadi. 
Rel`ef 
ikki xil ta‘sir ko‗rsatuvchi xarakterga ega bo‗lib, uning 
noqo‗layligi tufayli transport tarmoqlarini rivojlantirishga 


45 
qiyinchilik 
to‗g‗diradi 
va 
turizm 
infratuzilmasini 
to‗liq 
shakllanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Ikkinchi tomondan, 
tog‗li hududlar asosiy rekreatsiya resurslaridan biri bo‗lib xizmat 
qiladi. Tog‗li, xush manzarali, murakkab rel`ef tuzilishiga ega 
bo‗lgan o‗lkalar turistlar oqimini o‗ziga ko‗proq jalb qilishadi. 
Murakkab tog‗ rel‘efi landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi 
hududlarga nisbatan turistlarni ko‗proq jalb etish imkoniyatiga ega. 
Tog‗li o‗lkalar o‗zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog‗ sportini 
rivojlantirish imkonini tug‗diradi. Shveysariya, Fransiya, Avstriya, 
Germaniya, Italiya, Chexiya mamlakatlarida joylashgan dunyoga 
mashhur Alp sayyohlik kurortlari bunga tasdiq bo‗ladi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish