Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallarining tarmog’i bilan milliy
kompaniyalarga nisbatan qulay holatda bo’ladi, chunki:
-ular o’zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko’p foyda keltiruvchi
mamlakatlarga ko’chiradilar;
-sharqdan g’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya bozorlarining holati
haqida ma’lumotga egadirlar. Masalan, kunning so’nggida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya
elektron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi.
Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat
uchun bozordagi
voqealar va vaziyatning tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib bitta TMK miqyosida
to’xtovsiz tartibda ITTKIning bajarilishi, dasturlashtirish va boshqalar tashkil etiladi;
-qabul qiluvchi mamlakatlarda valuta paritetining tebranishi va investitsion iqlimni
liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion qaltisliklarni o’z filiallari
orasida taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valuta paritetining
pasayishi TMKning bu mamlakatda ko’chmas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar
yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul qilayotgan mamlakatga
TMK
kapitallarini jalb etadi;
-xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlardagi milliy va xalqaro moliyaviy institutlardan
qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi.
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat ustunliklaridan biri
bo’lib bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan o’tkaziladigan ITTKI natijalaridan
foydalanish hisoblanadi. Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun
to’lovlarning 70 %ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning
xorijiy
filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda oxirgi yillarda TMKlar ITTKI o’tkazish
harajatlarini kamaytirish maqsadida o’z izlanish markazlarini ko’proq
qabul qilayotgan
mamlakatlarga ko’chirishmoqda. Agar oldin izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari
odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning
oxirida xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmining kengayishi bilan TMK izlanish
markazlari ilmiy-tadqiqot ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni minimal harajatlar bilan
o’tkazish uchun kerakli resurslar va ilmiy potensialga ega bo’lgan mamlakatlarda
o’rnashmoqdalar. TMKlar ITTKI o’tkazish uchun ishlab chiqarish
infrastrukturasiga ega
128
bo’lgan, universitetlar va milliy tadqiqot markazlari faoliyat ko’rsatayotgan, olimlarning
maoshi unchalik katta bo’lmagan va kommunikatsiya vositalari yetarli darajada
rivojlangan qabul qiluvchi mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot
markazlarining joylashishi uchun jalb etuvchi omillar bo’lib ilmiy muassasalar va sanoat
korxonalari orasidagi aloqalarning yaxshi o’rnatilganligi, qabul qilayotgan mamlakatning
hukumati tomonidan milliy ITTKIlarni qo’llab-quvvatlanishi va intellektual mulkni
qo’riqlashning mustahkam huquqiy asosi hisoblanadi.
TMK korxonalarini samarali
faoliyat yuritishining asosiy manbalaridan biriga bosh kompaniya resurs va bozorlar
joylashishining optimal kombinatsiyasini qo’llagan holda uyushtiradigan internatsional
ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab chiqarish
quvvati TMKning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi. Jahon
bozori ehtiyojlarini qondirish uchun xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular
orasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytiradilar. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
har xil shakllari birgalikda qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy
investitsiyalar bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallarining mahsulotlarini
eksport qilish amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish o’zida kapital, texnologik jarayonlar,
malakali xodimlarning migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat chegaralari orqali yagona
tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot ishlab chiqarishni
ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli
(instrumenti) – bu milliy kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chiqarish harajatlariga,
nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni
ta’minlovchi global menejment hisoblanadi. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK
korxonalarining raqobatbardoshlik ustunligi namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: