Birlashishni o’zaro kelishib olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Harakatlarning strategik rejasini aniqlash.
2. Rahbariyatdagi o’rinlarning muvozanatli taqsimotini, shtab-kvartira va ITTKI
markazlarining qayerda joylashishini aniqlash bilan boshqaruv tizimini o’zaro kelishib
olish.
3. Yagona kompaniyaga birlashayotgan hamkorlarning aktivlarini baholash.
4. Birlashayotgan kompaniyalar shtati bilan qo’shilishni kelishib olish.
Firmalar qo’shilishining muvaffaqiyatli ko’rsatkichi bo’lib ishlab chiqarish va tijorat
operatsiyalari hajmining 10-20 foizga o’sishi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish
harajatlarining 10-20 foizga kamayishi hisoblanadi.
Har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlarning yagona kompaniyaga birlashish natijasi – bu
transmilliy kompaniyaning (TMK) shakllanishidir. Kompaniyaning transmilliylashtirish
darajasi quyidagi transmilliylashtirish indeksi bilan xarakterlanadi.
122
I = (XA/UA + XC/US + XSh/USh) : 3
bu yerda, I- transmilliylashtirish indeksi;
XA – xorijiy aktivlar;
UA – umumiy aktivlar;
XS – xorijiy filiallarining tovar va xizmatlar savdosi hajmi;
US – umumiy tovar va xizmatlar savdosi hajmi;
XSh – xorijiy shtat;
USh – umumiy shtat;
8.2. TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli
TMKlar zamonaviy jahon iqtisodiyotining eng dinamik sub’yektlaridan biri bo’lib,
paydo bo’lish davridan beri jiddiy taraqqiy etdi. Ular “kolonial-xomashyo” TMKlardan
boshlab global kompaniyalargacha rivojlanib bordi. TMKlarning evolyutsiyasi ularning
son va sifat jihatidan o’sishi bilan birga rivojlanib bordi. 30-yillarda ularning soni 300 ta
bo’lgan bo’lsa, XXI asr boshida 82 mingtaga yetdi. 80-yillarda yetakchi TMKlar global
kompaniyalarga (to’rtinchi avlod TMKlarga) aylandi. Global korporatsiyalar innovatsion
dinamizm, ichki korporativ tuzilmaning muntazam takomillashtirib borilishi, yangi
faoliyat sohalari va yo’nalishlarini faol izlash bilan xarakterlanadi. XXI asr boshlarida
global korporatsiyalar orasida xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ayrim mutaxassislar
juda katta korporatsiyalarni (JKK) alohida ajrata boshladilar. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra
ularning soni 800 tani tashkil etadi. Ushbu kompaniyalar o’z qo’lida zamonaviy
moliyaviy-sanoat, texnologik, intellektual kapital qudratini jamlab olgan. JKK «jahon
iqtisodiyotining pirovard tuzilmaviy kuchlarini va globallashuvning real omillarini»
ifodalaydi.
Iqtisodiyot globallashuvining muhim tashkiliy elementi bo’lib TMKlarning turli
shakllardagi qo’shilishlari va qo’shib olishlari (inglizcha Mergers and acquisitions -
M&As), ularning xalqaro kelishuvlari (ya’ni strategik alyanslari) namoyon bo’lmoqda. Bu
jarayon kompaniyalar o’rtasidagi kuchlarning taqsimlanishini o’zgartirib yubormoqda.
Natijada ta’sir ko’rsatish hududlarini birgalikda bo’lib olish boshlanmoqda, birgalikda
iqtisodiy nazorat sohasi kengaymoqda, kompaniyalar salohiyati birlashtirilmoqda.
123
TMKlar ishtirokida qo’shilishlar va qo’shib olinishlar shaklida kapitalning xalqaro
birlashish (konsolidatsiyasi) jarayoni XX–XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotining
transmilliylashuvi va globallashuviga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omilga aylandi. XX asr
boshidan beri ro’y bergan qo’shilishlar va qo’shib olishlarning besh “to’lqini”ga
globallashib borayotgan iqtisodiyotning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi ularning
oltinchi “to’lqini” qo’shildi. Oltinchi «to’lqin» XXI asrning ilk yillaridagi jahon
iqtisodiyotining pasayishidan va AQShda fond birjalari faoliyati inqirozidan so’ng 2003
yilda boshlangan deyish mumkin. 2007 yilda jahonda qo’shilishlar va qo’shib olishlarning
hajmi rekord ko’rsatkichga - 4,74 trln. doll.ga yetib, 2000 yil darajasiga nisbatan 3,4 trln.
doll.ga ko’paydi. 2008 yilda boshlangan jahon moliviy-iqtisodiy inqirozi tufayli ularning
soni jidddiy kamaydi.
Amalda korxonalarni sotish-sotib olishga ixtisoslashgan global bozor shakllandi va
faol rivojlanmoqda (bunda korxonalarni sotib olish istagini bildirganlar uni sotuvchilarga
qaraganda ko’proq). Hozirgi faollik asosan global bozor tendentsiyalariga, arzon zaem
vositalariga, xomashyo tovarlariga yuqori talabga va BRIK (Braziliya, Rossiya, Hindiston,
Xitoy) mamlakatlarida yirik korporatsiyalarning paydo bo’lishiga asoslanadi. Uning yana
bir xususiyati bo’lib, to’g’ri inestitsiyalar fondlarining jadal faoliyati hisoblanadi. Hozirgi
vaqtda TMKlarning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori hisoblahadi. XXI asrning
boshiga kelib 700 mingdan ortiq o’z xorijiy filiallarini boshqarayotgan 80 mingdan ko’p
kompaniyalar ro’yxatdan o’tgan. TMKning qo’l ostida xususiy ishlab chiqarish
fondlarining taxminan 30 %, xalqaro savdoning 50 % ga yaqini mujassamlangan.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butun xomashyo
savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, o’rmon materiallari, tamaki, temir rudasi
jahon savdosining 90 %, mis va boksitning 85 %, choy va qalayning 80 %, banan, tabiiy
kauchuk va xom neftning 75 % nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika
sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80 foizi to’g’ri keladi.
TMKning umumiy valuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining
birgalikdagi zahirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy sektorda bo’lgan pul miqdorining
1-2 %ga siljishi istalgan ikkita milliy valutalarining o’zaro paritetini o’zgartirishga qodir.
Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, ko’pchilik
124
mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi, xorijiy sarmoyalar lokomotivi
bo’lib qatnashadi va milliy chegaralardan qat’iy nazar strategik qarorlar qabul qiladi. Yirik
TMKlar ko’pincha o’z faoliyatini ilmiy-texnik taraqqiyotini belgilovchi tez
rivojlanayotgan sanoat tarmoqlariga qaratadi. Ular 90-yillarning oxirida kompaniyaning
100 ta yirik TMKlar ro’yxatiga kirgan kompaniyalar xorijiy aktivlarining 15 %dan
yuqorirog’i to’g’ri keladigan elektronika sanoatiga juda faol qiziqmoqdalar. Bu
ro’yxatlarda kimyo, qazib olish va avtomobil sanoati korporatsiyalari yuqori o’rinlarni
egallaydi. Mislsiz hajmdagi xalqaro iqtisodiy bitimlarni amalga oshira turib, TMKlar,
ularda savdogarlar (tijoratchilar), to’g’ri va portfel sarmoyadorlar, samarali
texnologiyalarni tarqatuvchilar, xalqaro mehnat migratsiyasining rag’batlantiruvchilari
sifatida ishtirok etadi. 90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlarning qiymati
bo’yicha birinchi o’rinda “Royyal Datch Shell” ingliz-golland konserni turar edi. Ushbu
kompaniyadan tashqari yirik TMKlarning birinchi o’nligiga 5 ta AQSH, 2 ta Yaponiya, 1
ta Germaniya, 1 ta Shveysariya kompaniyalari kirar edi. 1995 yilda dunyoning nisbatan
qudratli 100 ta TMKlari ro’yxatida ilk marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan
chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuela” (Venesuela)
kompaniyalari paydo bo’lishdi. Yangi industrial davlatlarning (YaID) birinchi “to’lqini”
orasida yirik Osiyo kompaniyalari, birinchi navbatda Gonkong (2008 yilda dunyoning 500
ta eng yirik TMKlari reytingida 10 ta), Janubiy Koreya (FT-500 reytingida 5 ta), Tayvan
va Singapur (4 tadan) eng katta yutuqlarga erishdi. Lotin Amerikasi YaID orasida
Braziliya – 11 TMK ajralib turadi. Biroq, YaIDlarga tegishli kompaniyalarning
transmilliylashuvi jahon bozorlarida harbiy TMKlarning maqelarini jiddiy pasaytira
olmadi. 2004 yilgacha xalqaro xorijiy aktivlarni xarid qilish bozorlarida rivojlangan
mamlakatlar yetakchilik qildi. Faqatgina 2004 yildan boshlab, rivojlanayotgan
mamlakatlarning kompaniyalari tomonidan rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarining
bozorlarini egallash jarayoni boshlandi. Ushbu jarayonda Xitoy, Hindiston va boshqa
rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari muhim rol o’ynamoqda. 2007 yilda ilk
bor rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan mamlakatlardagi aktivlarni xarid
qilish hajmi rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarining rivojlanayotgan mamlakatlardagi
aktivlarni xarid qilish hajmidan ortiqroq bo’ldi. 2008 yilda dunyoning 500 ta eng yirik
125
TMKlari reytingida Xitoy va Gonkong kompaniyalarining soni FT-500 reytingida ikkinchi
o’rinda turgan Buyuk Britaniya bilan tenglashdi. Faqat Xitoyga tegishli bo’lgan
korporatsiyalar soni 25 tani tashkil qiladi. 2008 yilda Xitoy FT-500 reytingining birinchi
o’nligidagi o’z mavqeini yanada oshirib, 3 ta kompaniyaga yetkazdi (2006 yilda ushbu
reytingga bitta ham xitoy kompaniyasi kiritilmagan edi). Xitoy va Gonkong
kompaniyalarining umumiy kapitallashuv darajasi Buyuk Britaniyanikidan yuqori va
birinchi o’rinda mahkam o’rnashib olgan AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. AQSh
bu ro’yhatda kompaniyalar soni (169 ta), ularning umumiy kapitallashuv darajasi (9,6 trln.
doll.) bo’yicha ham so’zsiz yetakchilik qiladi.
XX asr oxiridan boshlab hind korporatsiyalarining transmilliylashuv jarayoni
kuchaydi. Ular Osiyo va Afrika bozorlaridan so’ng 80-yillarda Yevropa bozorlariga ham
o’z yig’uv ishlab chiqarishlarini joylashtira boshladi. XX asr boshida hind kapitali 93 ta
mamlakatdagi 1000 dan ortiq qo’shma korxonalarda ishtirok etar edi. Ularning asosiy
qismi eng yirik savdo sheriklari bo’lgan AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Malayziya,
Singapur, Nepal, Tailand, Bangladeshga to’g’ri keladi. Hind kapitali yuqori
kontsentratsiyalashuv bilan ajralib turadi. XXI asr boshida 7 ta eng yirik (Birla, Tata,
Singxaniya, Shoxibog’ va boshqalar) savdo-sanoat uylarining hissasiga Hindiston
korporativ sektorini to’g’ri xorijiy investitsiyalarini 75 % to’g’ri keladi.
Janubiy Koreya, Xitoy va Hindiston kompaniyalarining transmilliylashuv modellari
tashqi jihatdan o’xshashligiga qaramay ayrim farqlanishlarga ega. Masalan, hind
kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni ko’p yillardan beri rivojlanib keladi. Ular
transmilliylashuvning savdo modelini amalga oshirib, global bozorlarga o’tishdan oldin
boshqa kamroq rivojlangan mamlakatlar bozorlarida uzoq muddatli faoliyat ko’rsata
boshlagan. Janubiy Koreya va ayniqsa Xitoy kompaniyalarining transmilliylashuv
jarayoni esa xalqaro bozorlarga jadal kirib borish xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Shunga qaramay, ushbu kompaniyalar transmilliylashuv jarayonining boshlang’ich
bosqichlarida turibdi.
90-yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni boshlanib, uning
bosqichlari va xususiyatlari jihatidan biznesning baynalmillashuvi va
transmilliylashuvining klassik modeliga to’liq mos kelmaydi. Ushbu jarayon Janubiy
126
Koreya va Xitoy mamlakatlaridan farqli ravishda davlat ko’magisiz amalga oshirildi.
Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayonining dastlabki bosqichlari yoqilg’i-
energetika majmuasining (YoEM) eksport tarmoqlarining faoliyati ustunlik qilishi bilan
tavsiflanadi. Xorijiy ekspansiya natijasida Rossiya kompaniyalarining katta hajmdagi
moliyaviy mablag’larining chet elga yo’naltirilishi mamlakat xususiy tashqi qarzdorligini
oshirmoqda (2008 yilda 400-450 mlrd. doll.).
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda yuqori samaradorlikka erishishda tobora
ko’proq «yangi iqtisodiyot» omillari (brendlar, gudvillar, tarmoqli texnologiyalar,
noan’anaviy marketing va hokazo) qo’llanilayotganligini hisobga olgan holda milliy
biznesning xorijdagi faoliyatini qo’llab-quvvatlashning yangi zaruriy infratuzilmasini
shakllantirish dolzarb hisoblanadi.
TMKlar milliy bozorlar orasidagi aloqalarni mustahkamlagan holda umumiy
boshqaruv ostida butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni
internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har xil davlatlarda joylashgan
korxonalarning texnologik siklini birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini
amalga oshiradilar. TMKga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy
strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMKlarda bitta yoki undan ko’p qaror
qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan bog’liq. Har
bir TMKda bir-biriga bog’liq korxonalar orasida ITTKI natijalari, resurslar va
javobgarliklarning taqsimlanishi kelishib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |