Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini
kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul
qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda, xalqaro kompaniya bu
mahsulotga bo’lgan talab saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z
korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK
filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.
TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil mamlakatlarda ishlab
chiqarish jarayoni bosqichlarini: bir mamlakatda xomashyo qazib olish, boshqa
mamlakatda unga ishlov berish va yarimtayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab
chiqarish, uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig’ish kabi
bosqichlarini yagona
texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning
bunday strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar,
shu jumladan butun e’tiborni xomashyo va yarimtayyor mahsulotlar xaridorlarining
ehtiyojlarini qondirishga qaratish, butun texnologik jarayon uchun umumiy reja bo’yicha
turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, bosh
kompaniyaning hohishiga ko’ra alohida ishlab chiqarish munosabatlarida texnik darajani
oshirish imkonini ko’zda tutadi.
Tayyor mahsulot yig’ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKIdan hududiy
ajratilishi vertikal integratsiya bo’yicha xalqaro ishlab chiqarishda yetkazib berishlarni
(ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil
qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki
materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va
bog’lanishlarni yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab chiqarishning o’zini
optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jihatdan
bog’lab qo’yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bitta TMK
filiallarining ushbu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini
hisoblash yo’li bilan aniqlanishi mumkin.
Bunday mahsulotni tayyorlash tobora ko’proq autsorsing munosabatlari bilan birga
rivojlanmoqda. «Fortune» jurnalining ma’lumotlariga ko’ra, rivojlangan
mamlakatlardagi
kamida 90 % korxonalar hech bo’lmaganda bitta biznes-jarayonni amalga oshirish uchun
autsorsingdan foydalanadi. TMKlar tomonidan autsorsingning eng faol qo’llaniladigan
130
asosiy shakllariga ishlab chiqarish autsorsingi, ya’ni ofshor shartnomaviy ishlab
chiqarish
(OEM-original equipment manufactures), XXI asr boshida eng ko’p rivojlangan biznes-
jarayonlar autsorsingi, axborot texnologiyalari autsorsingi («ofshor dasturlash»),
shuningdek ITTKI autsorsingi («bilimlar autsorsingi») kiradi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash turli qabul qiluvchi mamlakatlarda har xil
mahsulotlarni ishlab chiqarishni bildiradi. Ma’lum bir mahsulotni u yoki bu mamlakatda
ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning shu tovarni eksport qilishdan ko’ra maqsadga
muvofiqligi qabul qiluvchi mamlakatda bu mahsulot uchun import bojining
miqdori bilan
aniqlanadi. Yuqori import boji va o’sayotgan talab vaziyatida xalqaro kompaniya shu
mahsulot eksporti o’rniga uni import qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish haqida qaror
qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari bir turdagi
mahsulotni shu mamlakatda, boshqa
turdagisini boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish xalqaro kompaniyaga
o’zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot mustahkam talabga egaligi va yangi
bozorda o’rnashish bo’yicha muvaffaqiyatsizligi holatida, kompaniya o’z yo’qotishlarini
har xil mamlakatlardagi boshqa tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni
oshirish hisobiga
qoplashi mumkinligi bilan sug’urtalagan holda yangi bozorlarga kirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash masalasi milliy korxonalarimizning ham jahon
bozorlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining muhim shartlaridan biri hisoblahadi.
Hozirgi kunda, O’zbekistonda milliy iqtisodiyotimizni diversifikatsiyalash uni
mustahkamlash va barqaror rivojlanishida muhim rol o’ynamoqda va bu borada ma’lum
natijalarga erishilmoqda. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishini takomillashtirish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy sifat
o’zgarishlariga erishildi. Bu avvalambor
Mustaqillik yillarida O’zbekistonning eksporti tarkibida ham sezilarli ijobiy
o’zgarishlarga erishildi. Xususan, eksportda xomashyo resurslarining ulushi kamayib
bormoqda va borgan sari tayyor mahsulotlarning ulushi ko’payib bormoqda. Jumladan
paxta tolasining eksportdagi ulushi yildan-yilga kamayib ketayotganini kuzatish mushkul
emas. Uning eksportdagi ulushi mustaqillikning ilk yillarida 50 foizdan
ortiqni tashkil
etgan bo’lsa, hozirgi kunda uning ulushi 11,3 %ni tashkil etmoqda.
O’zbekiston eksportining tovar tarkibi
131
Ko’rsatkichlar
2015 yil 2016 yil 2017 yil 2018yil 2019 yil
Eksport jami (mln. AQSH doll.)
3267,6 4853,0 11493,3 11771,3 13044,5
Eksport jami, foizda
100,0 100,0
100,0 100,0
100,0
Shu jumladan (jamiga nisbatan foizda):
Paxta tolasi 27,5 19,1 9,3
8,6
11,3
Kimyoviy mahsulotlar
2,9
5,3
5,6
5,0
5,1
Qora va rangli metallar
6,6
9,2
7,0
5,0
6,8
Mashina va uskunalar
3,4
8,4
7,6
2,9
5,5
Oziq-ovqat mahsulotlari 5,4
3,8
4,5
6,0
9,7
Energiya mahsulotlari
10,3 11,1 24,7 34,2 24,8
Xizmatlar
13,7 12,2 10,4 8,8
9,1
Boshqalar
30,2 30,5 30,9 29,5 27,7
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Do'stlaringiz bilan baham: