M. R. Tursunova xalqaro menejment



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

5.3. Osiyo menejment uslubi 
Osiyo menejment uslubi g’arbiy menejmentdan farq qiladi va quyidagi xarakterli 
xususiyatlarga ega: 
- turli “yumshoq” tuzilmalarga urg’u berish, bunda firmalararo munosabatlar tegishli 
kelishuvlarni tuzish bilan rasmiy asosda emas, balki kompaniya rahbarlarining ishonchi, 
o’zaro tushunishi, qardoshlik va do’stona munosabatlar asosida olib boriladi; 
- menejerlarning yuqori ta’lim darajasi, ularning malakasini muntazam oshirish;
bo’ysunuvchilarning rahbarlar bilan munosabatlarida g’amxo’rligi; 
- kompaniyalar strategik rejalarining muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-
biriga ishonchi; 
- firmani rivojlantirish umumiy maqsadiga qo’shma hissa qo’shish muhimligini 
tushunish. 
70 


Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreyada kompaniyalar kishilarga faqat bandlik va 
daromadni ta’minlab qolmay, balki o’zini namoyon etishga imkoniyat yaratadi, jamiyatda 
ma’lum o’rinni egallashga ko’maklashadi, ya’ni mehnatni motivlashtirishni o’zgartiradi. 
Yapon firmalarida iktidorli mutaxassisga uning g’oyalarini rivojlantirish va hayotga tadbiq 
etish uchun maxsus departament tashkil qilingan, firma esa muvofiq tarzda o’z faoliyat 
doirasini o’zgartirgan yoki kengaytirgan hollar ma’lum. 
Bu mamlakatlarda boshqaruv samaradorligi asosida do’stona va jipslashgan 
jamoalarni tuzish yotadi. Ular mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari 
rasmiy va norasmiy omillarini qo’shish, menejment ratsional usullarini shimoliy amerika 
tipidagi individualistik madaniyatdan farqli holda faqat rahbarlarning ishonchi va o’zaro 
tushunishiga asoslangan irratsional firmalararo aloqalar bilan qo’shib uyg’unlashtirish 
yordamida tashkil qilinadi. 
Yapon menejmenti uslubining amerikanikidan tubdan farqlanishiga misol bo’lib, 
ishga oid masalalarni sekin, ularning mohiyatiga asta-sekin yaqinlashib, muhokama 
qiluvchi yapon biznesmenlarining muzokaralar o’tkazish odatini keltirish mumkin. Ular 
avval sheriklar o’rtasida o’zaro tushunish va ishonchga erishishga, so’ngra asosiy 
muammolarni muhokama qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga munosib sheriklar 
o’rtasidagi muzokaralarga huquqshunoslar jalb qilinmaydi. 
Mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari bo’yicha g’arbiy 
mutaxassislar o’n yillab Osiyo, xususan yapon menejmenti uslubini o’rganadilar. 
Unga bo’lgan qiziqish hozirda ham susaymagan. Xususan, “Nissan”, “Toyota”, 
“Xonda” yapon avtomobillarini ishlab chiqaruvchilar yiliga bir ishchiga to’g’ri keladigan 
avtomobillar soni bo’yicha birinchi o’nlikka kirgan. Masalan, Buyuk Britaniyadagi 
“Nissan” kompaniyasi zavodi yiliga bir ishchiga 105 avtomobil ishlab chiqaradi, 
Yevropada o’rtacha unumdorlik 52 avtomobilni tashkil qiladi. Yapon menejment uslubini 
o’rganish asosida yapon menejmenti amaliyotiga quyidagi namunaviy chora-tadbirlar 
kiradi degan xulosaga kelish mumkin: 
- firmaning barcha xodimlari uchun ertalabki badantarbiya; 
- ish vaqtida maxsus kiyim; 
-har kuni konsensus usuli bilan qaror qabul qiluvchi rahbarlar majlisi; 
71 


- kompaniyaga sodiqlikni unda ishlash sharti sifatida tarbiyalash
- ishchi va xizmatchilarning ish vaqtidan tashqari ishlashga tayyorligi bilan ishdagi 
muvafaqqiyatlari uchun albatta mukofotlash; 
- ishchilar, menejerlar, kompaniya rahbarlaridan iborat “sifat to’garaklari” va “nol 
defektlar” guruhlarining amal qilishi (bu to’garaklar va guruhlarning maqsadi – firma 
normal faoliyati uchun to’siqqa aylangan maxsus muammoni hal qilish); 
- rahbarlar va ishchilar uchun bitta oshxona va kompaniyaning barcha xodimlari 
uchun “oilaviy” norasmiy ovqatlanishlar; 
- departament rahbarlarida kabinet yo’qligi, ular bo’ysunuvchilarga mehnatsevarlikni 
namoyish qilish uchun o’z ish joyini ular bilan umumiy xonada joylashtirishni istaydilar; 
- mehnatga haq to’lash va xizmat martabasining ko’tarilishida asosiy omil bo’lib 
firmadagi ish staji hisoblanadi; 
- ishga umrbod yollash; 
- rahbarlarning bo’ysunuvchilar bilan odobli muomala qilishi
- katta omborxonalardan qutulish va firma xodimlarini intizomga o’rgatish 
imkoniyatini beruvchi aniq muddatda yetkazib berish amaliyoti; 
- ishlab chiqarish jarayonida tanaffuslarni iloji boricha kamaytirish; 
- ishchi va xizmatchilar nafaqaga chiqqanidan so’ng ularning barcha oila a’zolariga 
pensiya nafaqasini to’lash. 
Yaponiyada ishlab chiqarishni va mahsulot sotishni tashkil etish xususiyatlariga 
“sogo shosha” savdo uylari va subetkazib beruvchilarning katta rolini kiritish mumkin. 
Ikkinchi Jahon urushidan so’ng “sogo shosha” tizimi Yaponiyada sanoatning tez tiklanishi 
va uning dunyo yetakchilaridan biri darajasigacha zamonaviylashtirilishiga yordam berdi. 
Zamonaviy yapon sanoatining barpo etilishi eng rivojlangan mamlakatlar tajribasini keng 
jalb etish yordamida amalga oshirilgan. U vaqtda “sogo shosha” rivojlangan 
mamlakatlardan samarali texnologiyalar va uskunalarni import qilish, so’ngra esa 
boshlang’ich materiallar va Yaponiyada zamonaviylashtirilgan samarali mashina va 
uskunalarni eksport qilish kanallari bo’lib xizmat qildi. 
Yaponiya sanoatida subetkazib beruvchilar faoliyati tizimini sxematik ravishda 
piramida ko’rinishida tasvirlash mumkin Masalan, yapon avtomobilsozligida piramidaning 
72 


yuqori qismida katta to’rtlik – Yaponiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi 
kompaniyalari – “Nissan”, “Toyota”, “Mitsubisi motors”, “Xonda”, piramidaning o’rta 
darajasida ularning 500 ta bevosita subetkazib beruvchilari, pastki darajada - subetkazib 
beruvchilardan 20 mingta asosan o’rta va kichik firmalar joylashgan. 
Yapon menejment uslubining afzalliklari boshqa mamlakatlarda ham namoyon 
bo’ldi. Masalan, “yaxshi didli, yosh qalbli va yetarli daromadli kishilar uchun” 
avtomobillar ishlab chiqarish, german “Porshe” kompaniyasi sotuvlarining keskin 
kamayishi va firma rahbariyatining ishlab chiqarish harajatlarining o’sishi ustidan 
nazoratni yo’qotishi tufayli bankrotlik yoqasiga va mustaqillikni yo’qotishiga kelib qoldi. 
Qarzlarga botgan kompaniyani germaniya avtogigantlari “Mersedes-Bens”, “BMV” va 
“Folksvagen” sotib olishga tayyor edi. 
“Porshe” mustaqilligini ma’muriyatning “o’z kamchiliklaridan nobud bo’lishdan 
ko’ra, o’zga tajriba yordamida tuzalmoq afzal” degan g’oyasi va “Sin gidzyutsu” (tarjima 
qilinganda – yangi texnologiya) yapon maslahat firmasi mutaxassislarini taklif qilish 
qarori qutqarib qoldi. Yapon mutaxassislari uch yil ichida “Porshe”ni qayta qurdi. Natijada 
yig’ma konveyer qisqartirildi, bir necha uchastkalar va yordamchi xonalar yo’qoldi, 
zavodning hududiy maydoni 30 % ga kamaydi, avtomobil yig’ish sur’ati esa deyarli 40 % 
ga o’sdi va ishlab chiqarish nosozligi (brak) kamaydi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish