M. R. Tursunova xalqaro menejment


 G’arbiy menejment uslubi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

5.2. G’arbiy menejment uslubi 
G’arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznesning alohida yo’nalishlari 
rahbarlarining katta individual mas’uliyati va bilimdonligi kiradi. G’arbiy menejment 
uslubining eng xarakterli va namunaviy vakili bo’lib amerika menejerlari misol bo’ladi. 
Xususan, amerikalik biznesmenlar muzokaralarda umumiy qarorni kelishish jarayonida 
to’g’ri yo’li va gapini o’tkazishga harakat qiladi. Ular ish maqsadiga tez erishishga 
intiladilar, masalalarni birin-ketin kelishib pragmatik turkumlaydilar, muzokaralarni 
o’zaro kelishuv bilan yakunlashga harakat qiladilar, bunda bitim imzolashning asosiy 
sharti sheriklar o’rtasida o’zaro foyda va kelishuvga erishish yutug’i emas, balki 
qonunlarga rioya qilish hisoblanadi. Muzokaralarda amerika korporatsiyasi vakillari 
tarkibiga albatta qaror qabul qilish vakolatiga ega rahbar kiradi. Shuning uchun ular 
muzokaralar vaqtida kam tashkilotchi sheriklari munozaralarni to’xtatib, qaror qabul qilish 
uchun muzokaralarga kelmagan rahbariyat bilan kelishishga chiqib ketganlarida o’zlarini 
ishonchsiz va noqulay his qiladilar. 
Amerika menejmentiga quyidagi xususiyatlar xos: 
- firma xodimlari o’z kompaniyasiga sodiklik fazilatiga ega bo’lmay, undan 
yaxshiroq va foydaliroq ish topilgan zahoti uni tark etishga tayyor; 
- qarorni bir rahbar qabul qiladi, unga bo’ysunuvchilar esa ishlab chiqarish, sotish 
harajatlarini va mumkin bo’lgan foydani tahlil qilish asosida qaror chiqarishga yordam 
beradilar; 
68 


- ishlab chiqarish munosabatlari hech qachon shaxsiy, norasmiy munosabatlarga 
aralashtirilmaydi. 
G’arbiy menejment uslubida bir necha ko’rinishlarini ajratish mumkin. 
Masalan,Yevropa mamlakatlari vakillari orasida menejment uslubida jiddiy farqlar 
mavjud. Agar nemis menejmentining xususiyatli belgilari sifatida uzoqni ko’zlash va 
yuqori intizom namoyon bo’lsa, ingliz menejmenti uchun quyidagilar xarakterli: 
- ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga kuchli e’tibor; 
- ITTKIni astoydil o’tkazish va ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarishni tez 
o’zlashtirish (masalan, ingliz kompaniyalarining telekommunikatsiya va farmatsevtika 
sohasidagi yutuqlari); 
- texnologik jarayonlarning qo’llanilishida egiluvchanlik (agar Germaniyada qabul 
qilingan texnologik instruktsiyalar o’zgartirilishidan avval uzoq kelishuvlar o’tkazilsa, 
ingliz firmalarida texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirish va takomillashtirish tez 
amalga oshiriladi); 
- ishlab chiqarish detallari va nozikliklariga e’tibor; 
- ishchi kuchiga nisbatan kam haq to’lash (Germaniyada ijtimoiy ta’minotga yuqori – 
25 % gacha daromad solig’i, ish xaqining muntazam o’sishi va nemis markasining o’sib 
boruvchi kursi 90-yillar oxirida ish xaqi o’rtacha darajasining Buyuk Britaniyaga nisbatan 
salkam 2 marta yuqori bo’lishiga olib keldi). 
Bundan tashqari, Germaniyaga nisbatan inglizlarda ishlab chiqarish jarayonida 
menejerlar tomonidan ishchilarni ma’naviy qo’llab-quvvatlash zaruriyatini nazarda 
tutadigan konstruktiv ishlab chiqarish munosabatlari o’rnatildi. Bu Buyuk Britaniyada ish 
kuni va uskuna ekspluatatsiyasining mashina vaqti uzunroq davom etishi saqlanishiga 
ko’mak berdi. 
Dunyoda yapon menejmentning yuqori reytingiga qaramay, yapon firmalari g’arbiy 
menejment uslubidan, xususan Fransuz mahsulot ishlab chiqarish va sotishni boshqarishni 
tashkil qilish uslubidan foydalanish hollari ma’lum. Xususan, Yaponiyada yengil va yuk 
avtomobillari ishlab chiqaruvchi ikkinchi “Nissan” kompaniyasi 90-yillar oxirida qiyin 
davrni boshdan kechirdi. Uning rahbariyati 1999 yilda “Reno” Fransuz avtomobilsozlik 
firmasi bilan alyans tuzish qarorini qabul kildi. Alyans mafkurachilaridan biri bo’lib, 
69 


oxirgi uch yil ichida “Reno”ni muvaffaqiyatli restrukturizatsiya qilganligi uchun 
“Harajatlar qotili” nomini olgan “Reno” kompaniyasining yetakchi menejeri Karlos Gan 
xizmat qildi. 
Alyans doirasida yapon kompaniyasi o’z oldiga Fransuz menejmenti usullaridan 
foydalanish hisobiga zararlar, qarzlar, ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari va yetarli 
bo’lmagan avtomobil sotish hajmi muammolarini hal qilish va ilmiy ishlanmalarga 
harajatlarni qisqartirish, yagona strategiyani ishlab chiqish, butlovchilarni birga xarid 
qilish va shu kabilar bo’yicha kuchlarni birlashtirish vazifalarini qo’ydi. Bundan tashqari, 
strategik jihatdan fransuz va yapon kompaniyalari ta’sir doirasini kengaytirish (“Nissan” 
kompaniyasining o’rni Osiyo va Amerikada kuchli, “Reno” kompaniyasi Yevropa 
bozorida yetakchilardan biri) hisobiga birlashishdan yutadilar. 
Shu bilan bir vaqtda skeptiklar istiqbolda ishlab chiqarish va sotish harajatlarini 
qisqartirishda gayratli franstuz menejmenti prinsiplarining ishchilarni bushatish va ishlab 
chiqarish quvvatlarini qisqartirishni olqishlamaydigan konservativ korporatsion 
an’analarga ega yapon menejmenti prinsiplari bilan to’qnashish imkoniyatini 
ko’rmoqdalar. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish