M. R. Tursunova xalqaro menejment


-BOB. XORIJIY MAMLAKAKLARNING MENEJMENT



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

5-BOB. XORIJIY MAMLAKAKLARNING MENEJMENT 
MODELLARI VA ULARNI KOMPANIYA FAOLIYATIGA TASIRI. 
Reja: 
5.1. Menejment uslubi.
5.2. G’arbiy menejment uslubi.
5.3. Osiyo menejment uslubi.
5.4. Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket.
Tayanch iboralar: 
Menejment uslubi, g’arbiy menejment uslubi, sharqiy menejment uslubi “Sifat 
to’garaklari”.
5.1.Menejment uslubi 
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar ijtimoiy-
iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish, hamda korxonalarning samarali faoliyati 
uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir 
ko’rsatadi. Global menejerning faoliyat doirasiga turli mamlakatlarda muloqot ko’rinishi, 
ishlab chiqarish munosabatlari, muzokaralarda xulq-atvor xususiyatlarini hisobga olgan 
holda zamonaviy boshqaruv usullari asosida ishni tashkil qilish kiradi. Xalqaro menejer 
qabul qiluvchi mamlakatda o’z faoliyatining dastlabki qadamlaridanoq menejment uslubi 
xususiyatlariga duch keladi. Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy 
bitimning xalqaro menejment faoliyatining ilk davrida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi 
mumkin bo’lgan yettita asosiy elementlarini ajratadilar: 
1. Yangi xorijiy sherik bilan muzokaralar muhiti. Bu yerda muzokaralar 
o’tkazilayotgan mamlakatlik sheriklar ma’naviy ustunlikka ega bo’ladi. Ular muzokaralar 
davrida kam harajat qiladi va mahalliy bozor ahvoli haqidagi tezkor axborot bilan 
yaxshiroq ta’minlangan. 
66 


2. Qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari. Ularni bilish 
ishbilarmonlik muhitiga tezroq moslashishga, mahalliy iste’molchilar va yetkazib 
beruvchilar bilan oson til topishga yordam beradi. 
3. Qabul qiluvchi mamlakatning mafkurasi (millatchilik, islom fundamentalizmi, 
xitoy patriotizmi va b.) xorijiy korxona biznesini tashkil qilish va faoliyat yuritishiga 
jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 
4. Byurokratik an’analar qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati 
o’rnatilishini uzoq muddatga cho’zib yuborishi mumkin. Masalan, Rossiyada 
“Makdonalds” restoranlarini tashkil qilish haqidagi muzokaralar 10 yil atrofida davom 
etgan. Ekspertlar baholashicha, 90-yillarda Xitoyda xorijiy va xitoy firmasi o’rtasida 
qo’shma korxona tashkil qilish to’g’risidagi muzokaralar o’rtacha ikki yil atrofida davom 
etgan. 
5. Qabul qiluvchi mamlakat qonunlari. Ular xalqaro menejer tomonidan o’rganilgan 
bo’lishi va ularga qat’iy rioya qilinishi kerak. 
6. Turli pul tizimlari qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya xorijiy filialining 
faoliyatini jiddiy qiyinlashtiradi. 
7. Qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik xorijiy filial 
faoliyatida kutilmagan va keskin salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bryusseldagi YeI shtab-kvartirasida osilgan plakatda YEIga a’zo-mamlakatlar 
korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning bir-biridan keskin farqlanuvchi milliy 
xususiyatlariga duch keluvchi xalqaro menejerning qiyinchiliklari yumor yordamida ifoda 
etilgan. 
Umumyevropa menejment uslubini yaratishga urinib ko’ring, agar: 
nemislar yumorni tushunmasa, 
finlar sukut saqlasa, 
inglizlarning ovqati anglab bo’lmas aralashmalardan iborat bo’lsa, 
lyuksemburgliklar yulduz kasalligiga duchor bo’lsa, 
fransuzlar rulda kutilmagan harakatlar sodir qilsa, 
ispanlar mag’rur, 
italyanlar xissiyot og’ushida, 
67 


gollandiyaliklar ziqna, 
belgiyaliklar ish joyida o’tirmasa, 
portugaliyaliklar kuvaldadan murakkabroq texnikani o’zlashtira olmasa, 
shvedlar o’ta birqarashli, 
greklar tashkiliy bo’lmasa, 
irlandiyaliklar ichkilikni xush ko’rsa, 
avstriyaliklar sabrsiz bo’lsa. 
Sayyoramizda ikkita asosiy menejment uslubi: g’arbiy va sharqiy menejment 
uslublari mavjud. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish