M. R. Tursunova xalqaro menejment


O’zbekistondagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

O’zbekistondagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari
O‘zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 
mamlakatimizda 22 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati 
ancha jadallashgan. Xususan, “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, 
“Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga 
teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni 
185 


yaratilgan. 
Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-
farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 
yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-tadbirlar 
ko‘rilyapti. Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun 
O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $ 
miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan. 
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank 
xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda 
ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor 
talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, 
istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat 
zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan. 
11.6. Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari. 
Lekin shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: mazkur yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan 
oqilona foydalanilyaptimi? Agar kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, 
tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi 
o‘rnini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularda hamon tashabbuskorlik yetishmasligi, faoliyatni 
rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, 
mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish hamda muvofiqlashtirish 
jarayoni hamon murakkabligicha qolib, rasmiy xarakter kasb etmoqda. Afsuski, erkin 
iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz 
byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, “Urgut”, “Qo‘qon”, “G‘ijduvon” va 
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin 
iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish 
ishlari sust. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan 
barqaror ta’minlashda ham muammolar kuzatilmoqda. Vaholanki, mazkur hududlarda 
186 


investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-
tadbirlar ishlab chiqishni davr taqozo qilmoqda. Avvalo, ushbu zonalar faoliyatiga doir 
me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, zarur bo‘lsa davr talablariga moslashtirish, 
barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarur. Qolaversa, yer uchastkalari, 
bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini ham soddalashtirish lozim. Masalan, erkin iqtisodiy 
zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy 
kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 vazirlik va idoradan 
iborat edi. Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, ularning soni 4 ta etib belgilandi. Shu bilan 
birga, yangi tizim — hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularning loyihalarni ko‘rib 
chiqish va ruxsat berish huquqlari kengaytirildi. Bundan tashqari, hukumat tomonidan 
imtiyozlar yaratiladi. Iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini 
tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarga kredit ajratishni yaxshilash 
hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar qabul qilinadi. Boshqa qator muammolar ham mavjudki, ular ishda qiyinchiliklar 
tug‘dirmoqda. Masalan, ayrim erkin iqtisodiy zonalarda muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlariga ulanish va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish bilan bog‘liq 
masalalar haligacha oxiriga yetkazilmagan. Bu investorlarni jalb qilishda qiyinchiliklar 
tug‘diryapti. Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan tijorat banklariga yangi 
investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan taklif kiritish bo‘yicha yetarlicha 
tashabbus ko‘rsatilmayapti. Ba’zi viloyatlar hokimliklari tomonidan erkin iqtisodiy 
zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari 
uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining 
buzilishiga olib kelmoqda. Shu bois, mavjud erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat, 
shuningdek, farmatsevtika zonalarida faoliyat yuritayotgan, eksportga mahsulot 
chiqarayotgan, innovatsion, yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil qilgan biznes 
subyektlari va tadbirkorlarga berilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar, imtiyoz va 
preferensiyalarning tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash ham muammolardan 
biridir.
 
Xulosa o’rnida shularnin
aytib o’tish kerakki,
birinchi navbatta bu islohotlarning 
hammasi xalqimiz yashash tarzini yaxshilash , mamlakarimiz rivojlanishi va 
187 


raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirib chiqarish uchun olib boorilayotgani bejiz emas.
Keyingi paytlarda mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularni 
rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 2008-2016- yillar davomida 
mamlakatimizda atigi 3 ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat olib borgan bo’lsa, 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmon va qarorlari asosida keyingii qisqa 
vaqt mobaynida ularning soni 2
2
taga yettdi. Bugungi kunda Respublikamzida 10 ta erkin 
ishlab chiqarish zonasi, 8 ta farmasevtika , 1 tadan turizm , baliq xo’jaligi hamda 
agrosanoat sohasini rivojlantirish yo’nalishidagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyat 
yuritmoqda. Erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 3660.5 million doolarga teng 
(ulardan tog’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya 1544 million dollar ) 629 ta loyiha 
maqullangan. Mazkur loyihaning 158 tasi hayotga tadbiq etilgan, 431 tasi amalga 
oshirilmoqda , yana 40 tasi istiqbolli loyihadir. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki 
tashqi bozorda ham xaridorgir bo’lgan yengil sanoat , kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari
elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonalar tomonidan jami 194 million dollarlik 
mahsulot eksport qilindi.
 
Davlatimiz rahabarining 2016-yil 26-oktyabridagi farmoniga muvofiq, erkin 
iqtisodiy zonalar uchum yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi. Ularning ishtirokchilari bir 
qator to’lovlardan ozod qilindi.
Erkin iqtisodiy zonalar hududlarda ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatlaridan 
kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari ochish, pirovardida aholi 
daromadi va turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 
Shu bilan birga 
chetga ketib ishlab keluvchilar sonining kamayishiga olib keldi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish