M. R. Tursunova xalqaro menejment


Farmatsevtika tarmog’idagi EIZlar



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

Farmatsevtika tarmog’idagi EIZlar
Respublikamizning farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb 
etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor o‘simliklar xomashyosini 
yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar 
bozorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to‘ldirish, ularni 
chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab 
chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, 
Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs 
179 


salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish 
va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya 
vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, 
“O‘zfarmsanoat” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, 
Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklarining “Nukus-
farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-
farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi o‘rinlarda “Nukus-farm” EIZ, 
“Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, 
“Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 
qabul qilish to’g’risida Farmon e’lon qildi. Farmga binoan quyidagilar “Nukus-farm” 
EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” 
EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat 
yo‘nalishlari etib belgilanishini: 
-dorivor o‘simliklar xomashyosini o‘ziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va 
keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, 
Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs 
salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash; 
-yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini 
ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda 
yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor o‘simliklar xomashyosi 
negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarini jalb etish; 
-dorivor o‘simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, 
yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zamonaviy ishlab 
chiqarish va quvvatlarni tashkil etish; 
-mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari 
hamda respublikamizning boshqa korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini 
rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyosi va materiallari negizida 
180 


farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini 
chuqurlashtirish;
-dorivor o‘simliklar xomashyosi introduksiya va kultivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha 
tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo‘lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish. 
“Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, 
“Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning faoliyat ko‘rsatish 
muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30-yilni tashkil qilishi belgilandi. 
Faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, 
“Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ 
va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish