Erkin iqtisodiy zona
(EIZ)-
bu tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati bilan
shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib, aniq
belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum
bir hududidir.
EIZ
-investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish,
resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv
texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va hamkorlikka taʼsir oʻtkazish uchun qulay
sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa tortish, valyuta, bojxona va shu kabilarni tartibga
solishdagi alohida tartib va shart-
sharoitlar oʻrnatadigan huquqiy normalar yigʻindisidir.
EIZ- jahon amaliyotida 50- yillar boshi va 60-
yillar oxirida paydo boʻlgan xoʻjalik
faoliyatini tashkil etishning nisbatan yangi shakli. Ular, ayniqsa, Xitoy, Bolgariya, Italiya,
Vengriya, Polshada faol yaratilmoqda va amal qilmoqda. Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ)
dunyoning ko‘plab davlatlarida keng yoyilgan. XX asrning oxirlarida dunyoda turli xildagi
4 mingdan ortiq EIZ lar mavjud edi. G‘arb mutaxassislarining fikricha 2004 yilga kelib
167
jahon tovar aylanmasining 30%i turli erkin iqtisodiy hududlarda ro‘y berdi. Xalqaro
korporatsiyalar o‘z faoliyatlari uchun imtiyozli sharoitlarni qidirib, EIZlarni ko‘p foyda
olish mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rishadi. Yirik xalqaro korporatsiyalar erkin iqtisodiy
hududlarda o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil qilishni ekspansiyalarining muhim yunalishi
deb hisoblaydilar. Erkin iqtisodiy zonalar mamlakatning boshqa qismlarida
ishlatilmaydigan imtiyoz va rag‘batlantirishning o‘ziga xos tizimi qo‘llaniladigan milliy
iqtisodiy hududning bir qismidir. Odatda EIZlar jug‘rofiy jihatdan u yoki bu darajada
alohida hududdir. Erkin iqtisodiy zonalar ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq
iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida ko‘riladi. Ularning
faoliyat ko‘rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va erkinlashtirish bilan
bog‘lanadi. Erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiyoti tashqi dunyoga ochiqligi katta
darajada bo‘ladi. Bojxona, soliq va investitsion rejimi esa tashqi va ichki investitsiyalar
uchun qulaydir. EIZ larni barpo qilishda quyidagi masalalarni hal qilish koʻzda tutadi:
EIZlar tashkil qilishning asosiy maqsadi muayyan mintaqa rivo
jlanishini ragʻbatlantirish
yoki iqtisodiyotning alohida sohalarini tez oʻsishini taʼminlash ekanligini koʻrishimiz
mumkin.
Ma’lumki, jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab
qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda,
to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb etish bo`yicha qulay shart – sharoitlar yaratish
muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda esa erkin iqtisodiy
zonalar etakchi o`ringa ega. Shu boisdan bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlari,
xususan Xitoy, AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi
168
mamlakatlarda hududning jug`rofiy va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda, erkin
iqtisodiy zonalarni tashkil etish an’anaga aylangan. Birgina o`tgan asr 90-yillarining
o`rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari, jumladan,
eksportga mo`ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy
texnikaviy zonalar faoliyat ko`rsatgan. Chunki bunday zonalarni tashkil etishdan asosiy
maqsad mintaqani jadal ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el
kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat
salohiyatini, ishlab chiqarish, transport – tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish
barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir.
Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik
ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi,
eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol
jalb etish tashkil etiladigan hudud.
Maxsus ilmiy-texnologik zona-innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar
(texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari,
innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan
hudud.
Turistik-rekreatsion zona-unda zamonaviy turistik infratuzilma ob’ektlarini
(mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa
turistik ahamiyatdagi ob’ektlarni), maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion
dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni
ta’minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun
tashkil etiladigan hudud.
Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari
bo‘lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash,
saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegara punktlarida,
aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lanmalarida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa
bojxona hududlarida tashkil etiladi.
169
Maxsus sanoat zonasi-boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi
joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-texnologik, ishlab
chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo
etish uchun er uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko‘rsatish va ishlab
chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan
investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
-arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun
hujjatlari talablariga muvofiqlik;
-moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
-maxsus iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik;
-texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar ko‘rsatkichlarining zamonaviy energiya
samaradorligi talablariga muvofiqligi.
Investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytda erkin iqtisodiy zonalar hududida
amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasida
ishlab chiqarilmaydigan yoki O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish hajmlari ichki
bozorning ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda
tutgan bo‘lishi kerak.
Erkin iqtisodiy zonalarda raqobat muhiti yaratilgan, ichki bozor to‘yingan yoki
ishlab chiqarish hajmlari ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydigan o‘xshash mahsulot ishlab
chiqaradigan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lgan mahsulot turlarini ishlab
chiqarishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari soliq bo‘yicha imtiyozlardan O‘zbekiston
Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda foydalanadi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:
- respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya
loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish
materiallari uchun bojxona to‘lovlarini (bundan qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona
rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno);
170
- tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bundan
bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno).
- maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va
mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar
va butlovchi qismlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona to‘lovlari
(bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno) to‘lanmaydi.
- maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qo‘shilgan qiymat
solig‘ini 120 kungacha muddatga kechiktirib to‘lashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |