Mavzu : Talab va talab elastlikligi
Mundarija
Kirish
Reja;
I bob .Ishlab chiqaruvchining taklifi ko’rnishlari
1.1. Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi
II bob. Raqobatning ko’rinishlari va uning turlari
2.1. Talab va talab elastlikligi mohiyati va ahamiyati
2.2. Raqobatning turlari, mohiyati va usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon
bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga
olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul
qilishimiz zarur.” deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini
harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida
maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni
kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab
chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni
rahbatlantrish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Jumladan, to‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlar
tayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi,
zamonaviy to‘qimachilik komplekslarni rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi
zarur.
Bozor iqtisodiyotida talab va taklif asosiy, fundamental kategoriya. Bozordagi talab va taklif va uning nisbatiga ko’ra resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Talab xaridorning bozordagi narga ko’ra tovarni xarid qilishga tayyorligi, uning ehtiyojini pul Bilan ta’minlangan holda bozorda namoyon bo’lishidir. Taklif esa muayyan narx darajasida tovarni sotish uchun bozorga chiqarilishidir.
Talab va taklif qonuni – bozor qonuni. Unga muvofiq talab narxga teskari
mutanosiblikda, taklif esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. Talab va taklif o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularni ikkiga narx va narxdan boshqa omillarga ajratiladi.
Talab va taklif qonuni talab va taklifni narx o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgarishini ko’rsatadi, lekin qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. Bu vazifani talab va taklif elastikligi ko’rsatkichlari bajaradi va elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Bu koeffitsient 1dan kata bo’lsa,talab va taklif elastik, 1ga teng bo’lsa yagona elastik, birdan kichik bo’lsa nolastik bo’ladi.
Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu mavzu dolzarb
masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Dolzarbligidan kelib chiqqan xolda kurs ishida
uchun bir qator vazifalar belgilab olindi::
- Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasini o’rganish;
- Talab va taklif, bozor muvozanati haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;
- raqobatning turlari, mohiyati va usullarining mazmuni yoritish;
-tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va ularni baholash;
Do'stlaringiz bilan baham: |