2. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer ziddiyatlarining asosiy
sabablari nimada?
3. Ahloqiy jihatdan xalqaro menejer yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan
asosiy
xatolarga nimalar kiradi?
4. Ahloqiy biznes yuritishning asosiy prinsiplarini aytib bering.
5. Raqobat ahloqsizlikka kiradimi?
6. Moliyaviy faoliyat etikasi nimadan iborat?8. Milliy va xalqaro miqyosda
korrupsiyaga qarshi qanday kurash olib borilmoqda?
7-BOB. XALQARO MENEJMENTDA INVESTITSION FAOLIYAT.
86
Reja:
7.1. Investitsiya tushunchasi.
7.2.Xalqaro investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.
7.3. Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari.
7.4.Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o‘rni.
7.5.O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning xuquqiy
asoslari.
7.6. O‘zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati.
7.1. Investitsiya tushunchasi.
«Investitsiya»
atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib
«qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma’nosini beradi. Keng
ma’noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni
safarbar
etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat
ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar
tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar
tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki
biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad
olish va ijobiy ijtimoiy samaragaerishishdir.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab
qabul qilindi va o‘tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtirildi. Investitsiya to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko‘rsatilishicha, investitsiya bu
iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun
sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar
(aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va
samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning
bozor
iqtisodiyoti sharoitida to‘laligicha faoliyat ko‘rsatishini aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda,
birinchidan, investitsiyaning o‘ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif
berilgan; ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga
87
muqarrar bog‘liqligi ta’kidlab o‘tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan
kelib chiqib berilgan ta’rifning o‘zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy
bosqichlari, ya’ni jamg‘armalar (resurslar), qo‘yilma mablag‘lar (sarf-xarajatlar), samara
(daromad, foyda) aniq, va ravshan ko‘rsatib o‘tilgan. Xuddi
shu kabi yondashuv
investitsion faoliyatning bozor munosabatlariga o‘tishi uchun zamin yaratadi, bu esa,
moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taksimlashning vertikal va gorizontal
usullaridan bir xilda foydalanishni ta’minlab beradi. Iqtisodiy kategoriya sifatida
investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
•
Birlamchi (avaylangan) jamg‘arilgan kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni
tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
•
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya
faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to‘g‘risida o‘zimizda qabul qilingan
qonunlarning
tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish
mumkin:
•
moliyaviy investitsiyalar;
•
moddiy investitsiyalar;
•
aqliy (intellektual) investitsiyalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida
щar bir investitsiya turining o‘ziga xos o‘rni bo‘ladi.
Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga ma
щalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari,
banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa
qimmatli qog‘ozlar
щamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar,
kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining
aktiv va passiv
qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy
щuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meщnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy
resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining
nechog‘lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o‘ziga xos tomonlariga qarab har xil
88
bo‘ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik
huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil
egalik huquqlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: