ko’tarilishi, pensiyaga chiqish yoshi, insonparvarlik maqsadlariga to’lovlar miqdori,
daromadlar taqsimlanishi, mahalliy personalni tanlashni aniqlaydi. Masalan, Islom
jumani diniy bayram deb e’tirof etadi, besh vaqt namozni, yilda bir oy ro’za tutishni,
kambag’allarga daromadning bir qismini berishni nazarda tutadi. Induizm ayrim toifa
(kasta) vakillarining xizmat bo’yicha ko’tarilishiga qarshilik bildiradi. Konfutsiylar xodim
sifatlarini baholashda ularning malakasiga emas, balki yoshiga ko’proq e’tibor beradilar.
Shu bilan birga xalqaro biznes etikasi o’zining sog’lom fikr va oddiy insoniylik
tushunchalari bilan barcha mamlakatlar va qit’alarga bir xil darajada tarqalgan. Bir
davlatda talabga ega bo’lmagan, boshqa mamlakatda iste’molchilarning daromadlari va
didiga mos keluvchi tovarlarni sotish ahloqiydir. Masalan, hozirgi
vaqtda past aholi
turmush darajasiga ega davlatlarda oq-qora televizorlarni eksport qilish ahloqan
mumkindir. Shu bilan birga biror mamlakatda inson salomatligi va atrof-muhit uchun
zararli deb hisoblangan tovarlarni hech qaysi bir mamlakatda sotish mumkin emas.
Biznesda raqobat mumkin va ahloqiy jihatdan qoralanmaydi. Biroq u har doim
sog’lom fikr va oddiy insoniylikning jiddiy me’yorlari bilan cheklangan bo’lishi
hamda
obro’ tushishiga olib kelmasligi kerak. Vujudga kelgan sharoitlar ishlab chiqaruvchini
nisbatan yuqori sifatli tovarni ishlab chiqarib pastroq bahoda sotishga majbur qilishi
mumkin. Lekin hech bir vaziyat yolg’on, tuhmat, o’g’rilik, jismoniy zo’rlash va
qonunbuzarlikni oqlay olmaydi. Xususan, iste’molchilarni aldashga yo’l qo’yilmaydi,
chunki ular bilan munosabatlar reklama singari uzoq muddatli yetkazib berishlar va
sotuvlarga yo’naltirilgan holda olib borilishi kerak.
Yuqori baho natijasida doimiy yoki potensial iste’molchilar yetkazib beruvchilardan
uzoqlashsa yoki bemorlar mablag’ yetishmasligi sababli dorilarning yo’qligidan vafot
etsalar, foydani ko’paytirishga intilish oqlanmaydi. Bunday vositalar bo’lg’usi sotuvlar
uchun sharoitlarni yomonlashtirishi mumkin. Shuningdek, juda yuqori daromadlar bu
tarmoqqa yangi raqobatchilarni jalb qilishini e’tiborga olish zarur.
Moliyaviy faoliyat etikasi barcha ishbilarmonlik, shu jumladan, buxgalterlik
hisob-
kitoblarini ham haqqoniy bo’lishini anglatadi. Moliya-biznes tili, shu sababli menejerning
moliyaviy hisoboti haqqoniy, oqilona, ishonchli bo’lishi kerak, uning ma’nosi ham
shunda.
79
Ishbilarmonlik bo’yicha moliyaviy hisobotni tuzish uchun shart-sharoit bo’lib, quyidagi 3
ta talab hisoblanadi:
1.Moliyaviy hisobot tuzilayotgan qoidalar to’g’ri va real vaziyatlarga javob berishi
kerak.
2.Bu qoidalar korporatsiyaning barcha bo’limlari uchun bir ko’rinishda bo’lishi
kerak.
3.Hisobotlarda faqat ishonchli, tekshirilgan ma’lumotlardan foydalanish zarur.
Xorijiy shartnomalar taqdirini hal qiluvchi rasmiy shaxslarni sotib olish
amaliyotiga barham berish uchun tarkibiga 29
ta eng rivojlangan mamlakat,
shuningdek, Argentina, Braziliya,
Bolgariya, Chili va Slovakiya kiruvchi Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ga a’zo mamlakatlar 1997 yilda xalqaro
biznes sohasida xorijiy mansabdorlarni sotib olish
bilan kurashish haqidagi
Konvensiyani imzoladilar. Konvensiya pora beruvchilarga qarshi kurashishga
qaratilgan bo’lib, a’zo mamlakatlar ularni jinoiy tartibda jazolashlari, shuningdek,
bunday holatlarni aniqlash bo’yicha hamkorlik qilishlari zarur. Ushbu qonunga
binoan AQSh fuqarolari har qanday chet el shaxslariga ishbilarmonlik bitimini
amalga oshirish uchun pora berish jinoyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: