Rasm 21.9. Toshkent shahridagi axlat yig‘uvchi QMCh transportlari:
a) aholi xonadonlaridan axlat yig‘uvchi transport mashinasi; b) 20 tonnali axlat yuklash konteynerlari; d) konteynerlaming mashinaga ortilgan payti.
249 tanlash va tashkil qilishga qo‘yiladigan asosiy talablarga minimal xarajatlar bilan ekologik xavfsizlikni ta’minlash kiradi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri (bir bosqichli) tashish tizimi odatda chiqindi hosil bo‘ladigan joy, ularm qayta ishlash va zararsizlantinsh obyektlaridan uncha uzoq bo'lmagan hollarda qo'llaniladi. Ikki bosqichh — axlatni qayta yuklash stansiya (AQYS)li tizimi QMCh ni o‘rta va uzoq masofaga tashilganda samara beradi va odatda yirik shaharlarda qo‘llaniladi.
Bunda aholi punktlari joylashgan hududlardan kichik hajmli avtomashina transportidan foydalaniladi (21.9. a-rasm). Keyin esa ushbu mashinalar o‘z yuklanni AQYS da 20 tonnali katta hajmli konteynerlarga bo'shatadi. Shundan so‘ng bu mashinalar zichlangan axlatlami shahar tashqarisida joylashgan poligonlarga bo'shatib keladi. AQYS tarmog‘ini yaratish, yig‘uvchi va ko‘p yuk ko‘taruvchi axlat tashuvchi transportlardan yanada samaraliroq foydalanish, tashiladigan chiqindilar hajmi va shahar transport tarmog'ini band etish darajasini kamaytirish, poligonda chiqindilarni joylashtirish sharoitlarim yaxshilash hisobiga QMCh ni tashishmng iqtisodiy samaradorligi va ekologik xavfsizligini oshirish imkonini beradi.
AQYS mahsuldorligiga ko‘ra farqlanadi: kichik (qayta ishlanadigan chiqindilar miqdori 50 t/sutdan ko‘p emas), o‘rta (50-100 t/sut) va yirik (100 t/sut dan ko‘p) qator AQYS larida chiqindilarni zichlash operatsiyasi ko‘zda tutilgan. Bunday operatsiya bo'lmasligi faqat kam mahsuldor AQYS da samara beradi. Chet el amaliyotida QMCh ni axlat tashuvchi transport kuzovida (almashuvchi kuzovda) zichlash statsionar presslari keng tarqalgan-ki, bu foydali yuk ko‘tarishdan maksimal foydalanish imkonini beradi. Bu lm3 chiqindini chiqarib tashlash tannarxini taxminan 25 % ga, kapital mablag‘larni 30 % ga pasaytirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va axlat tashuvchi haydovchilar sonini kamaytirish, yonilg‘i moylash materiallarini 35 % gacha tejash imkonini beradi.
AQYS dan foydalanish samaradorligini ularda QMCh ni toy ko'nnishda zichlash tiamidan foydalanganda sezilarli oshtnsh mumkin.
QMCh toylari zichligini 1000—1200 kg/m3 gacha oshirish quyidagi imkoniyatlami beradi:
tashiladigan QMCh hajmini 5 marta kamaytinsh;
poligondan foydalanish muddatini 3—5 marta ko‘paytirish;
poligon texnologik ehtiyojlau uchun iste’mol qilinadigan yer- grunt miqdorini 10 marta kamaytirish;
toylardagi namlik miqdorini 60—70 % ga kamaytirish, bu esa hosil bo‘ladigan filtrlash oqovalari miqdorini sezilarli kamaytirish va ajratilgan filtratni shahar tozalash inshootlariga jo‘natish imkoniyatmi beradi;
hosil bo‘ladigan biogaz va noxush hidli gaz miqdorini minimumga keltinsh;
axlatni yonib ketish darajasini pasaytirish;
infeksiya tashuvchi hisoblangan kemiruvchi va qushlarni ko‘payish lmkonrni amalda yo‘qotish;
rekultivatsiya qilingan poligon territoriyalarini turli madaniy- sport inshootlarini joylashtirish uchun foydalanish;
poligonga yaqin aholi punktlarida yashovchi xizmatchi xodimlarga ma’lum ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan estetik sanoat korxonalari ko‘rinishini berish.
Ikki bosqichli tashishda yillik ekspluatatsion xarajatlar 3,5 marta, yonilg‘i sarfi 2,8 marta, shahar chegarasidagi yonilg‘i sarfi 1,5, transport soni 4,4 marta kamayadi.
Nazorat savollari:
Qattiq maishiy chiqindilami necha foizi axlatxonalarga chiqarib tashlanadi?
Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilami tashish tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan?
Qattiq maishiy chiqindilami qanday ko‘rinishda tashish maqsadga muvofiq?
Qattiq maishiy chiqindi toylarining zichligini oshrnsh qanday imkoniyatlami beradi?
Qattiq maishiy chiqindilarni kompostirlash
Kompostirlashning asosiy maqsadi QMCh ni zararsizlashtirish (o‘z-o‘zidan 60—70 °C gacha qizish natijasida kasallik qo‘zg‘atuvchilar yo‘q qilinadi) va QMCh organik qismiariin biokimyoviy parchalanishi hisobiga oiinadigan o‘g‘it-kompost hosii qilish uchun qayta ishiashdir. Kompostning qishioq xojaligida o‘g‘it sifatida qo‘nanilishi madaniy o‘simhklar hosildorllgini oshirish, tuproq tuzilishini yaxshilash va undagi gumus miqdouni oshirish imkonini beradi. Juda ahamiyatli tomoni shundaki, kompostirlashda atmosferadagi «issiqxona« gazlari (eng awalo uglerod dioksidi) yoqish yoki axlatxonaga tashlashga qaraganda kamroq chiqariladi.
Kompostning asosiy kamchiligi — undagi og‘ir rangli metallar miqdorinmg yuqoriligidir.
Kompostirlashning maqbul sharoitlari quyidagicha: pH-6-8 gacha, namlik 40—60%, kompostirlash vaqti 25—50 soat. Hozugi vaqtda komposurlash maxsus yopiq basseyniarda yoki tonnellarda bir oy davomida amalga oshiriladi.
QMCh ni kompostga qayta ishlash uncha katta bo‘lmagan masshtablarda (chiqindilar umumiy massasining 1—3%) qator mamlakatlarda (Gollandiya, Shvetsiya, Germaniya, Fransiyada, Italiya, Ispaniya va boshqalar) olib borilmoqda. Ko‘pincha hamma chiqindilardan ajratib olingan og‘ir metallar bilan unchalik ifloslanmagan organik qismi kompostirlanadi. QMCh ni kompostirlash Fransiyada keng tarqalgan bo‘lib, 1980-yilda 50 ta kompostirlash qurilmasi, bundan tashqari 400 ta yoqish va kompostirlash kombmatsiyalashgan qurilmalari ishlagan. AQSHda kompostirlash amalda keng tarqalmadi. Yaponiyada bu usul bilan l,5%ga yaqm QMCh qayta ishlanadi. QMCh ni kompostirlash zavodlari Moskva, Leningrad, Minsk, Toshkent, Olma-ota shaharlarida qurilgan. Bulardan ko‘plari allaqachon ishlamay qo‘ygan. Asosiy sabab — chiqindilarda og‘ir metallammg mavjudllgidir.
Texnologik sxemada axlat tashuvchilami qabul bunkerlariga to‘kish, ulardan chiqindilar plastinali to‘ldiruvchi yoki greyfer kranlar yordamida tasmali konveyerlarga, so'ngra aylanuvchi hiotermik barabanlarga uzatish ko‘zda tutilgan.
Biobarabanlarda bir maromda havo berilishi mikroorganizm- larning yashashini rag'batlantirilganligi natijasida faol biotermik jarayon sodir bo‘ladi. Bu jarayon davomida chiqindilar harorati 60°C gacha ko'tarilib, kasal qo‘zg‘atuvchi bakteriyalaming halok bo‘lishiga olib keladi.
Kompost hidsiz g‘ovak mahsulotdir, quruq modda hisobidan kompost tarkibida 0,5—1 % azot, 0,3% kaliy va fosfor hamda 75% organik gumus modda mavjud.
Elangan kompost magnit separatlashdan o‘tib, mineral tarkibni maydalash uchun drobilkaga uzatiladi, keyin tayyor mahsulotlar omboriga yuboriladi. Ajratilgan metall presslanadi. Elangan QMCh ning kompostirlanmaydigan qismi — charm, rezina, yog‘och, plastmassa, mato va boshqalar — piroliz qurilmasiga jo‘natiladi.
Bu qurilmaning texnologik sxemasida kompostirlanmaydigan chiqindi qismini bunker-yig‘gichga uzatish ko‘zda tutilgan bo‘lib, undan ular quritish barabarnning yuklash voronkasiga yuboriladi. Chiqindilar quritilgandan so‘ng piroliz pechiga kelib tushadi, unda havo berilmasdan ulaming termik parchalanishi yuz beradi. Natijada bug‘-gaz aralashmasi va qattiq uglerodli qoldiq-pirokarbon hosil qilinadi. Bug‘-gaz aralashmasi qurilmaning issiq-mexanik qismiga sovitish va ajratishga, pirokarbon qismi esa — sovitish va qayta ishlashni davom ettirishga yuboriladi. Pirokarbon — smola va gaz pirolizining oxirgi mahsulotidir. Pirokarbon sanoatning metallurgiya va boshqa ayrim tarmoqlarida, gaz va smola — yonilg‘i sifatida foydalaniladi.
Nazorat uchun savollar:
QMChlami to‘g‘ridan to‘g‘ri bir bosqichll va ikki bosqichli tashish tizimlari qaysi hollarda qo‘llaniladi?
Toshkent shahridagi axlat yig‘ish tizimi qanday tashkillashti- rilgan?
QMCh toylari zichligmi 1000-1200 kg/m3 gacha oshirish qanday imkoniyatlami beradi?
Ikki bosqichli tashishda yillik ekspluatatsion xarajatlar, yonilg‘i sarfi necha marta kamayadi?
QMChni kompostirlashning asosiy maqsadi nimadan iborat?
Kompost nima maqsadda ishlatiladi?
QMCh ni kompostga aylantinshnmg afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
Kompostning tarkibi va xususiyatlan qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |