Qurilish materiallari.
Reja:
Devor va poydevor qurilish materiallari
Shift uchun ishlatiladigan qurilish materiallari
Tom uchun ishlatiladigan qurilish materiallari
Pol uchun ishlatiladigan qurilish materiallari
Eshik va deraza tayyorlash materiallari
Mahkamlovchi qurilish materiallari
1. Devor va poydevor qurilish materiallari
O‘zbekistonda qurilish materiallari Bekobod, Quvasoy, Angren, Ohangaron, Navoiy sement kombinatlari, Quvasoy va G‘azalkent oyna zavodlari, Ohangaron “Santexqo‘yma», “Ohangaronshifer” va qurilish-plastmassa kombinatlari, Angren keramika va Toshkent qurilish materiallari, Olmaliq va Kitob toshga ishlov berish zavodlari, Jizzax polietilen quvurlari va ohak zavodlari, Farg‘ona gaz apparatlari hamda Buxoro kulolchilik plitalari zavodlarida ishlab chiqariladi.
Qurilish tovarlariga imorat va inshootlar, yashash xonalari va xona ichini remont qilish, jihozlash va qurish uchun kerak bo‘ladigan barcha buyum va materiallar kiradi. Qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoj keyingi paytlarda o‘sib bormoqda. Buning asosiy sababi sanoat va yashash joylari qurilishining o‘sishidadir. Qurilish materiallari va buyumlariga bo‘lgan talablarni ortishi ularning sifatini yaxshilanib borishiga bog‘liqdir.
Qurilish materillari kelib chiqishi, tarkibi, tayyorlanadigan xom ashyoning turiga va tayinlanishiga qarab turkumlanadi. Qurilish materiallari va buyumlari kelib chiqishi bo‘yicha tabiiy va sun’iy guruhlarga bo‘linadi. Tabiiy materiallariga: tosh, kvars qumi, tuproq, tabiiy yog‘ochlari kiradi. Sun’iy materiallari esa bu sanoat ishlovidan o‘tgan materiallar bo‘lib hisoblanadi. Bular: sement, g‘isht, oyna, lenolium, shiferlari kiradi.
Qurilish materillari tarkibiga ko‘ra mineral va organik turlarga bo‘linadi. Mineral materiallarga: tosh, qum, oyna va boshqalar kiradi. Bu materiallar suvga chidamliligi, ximiyaviy ta’sirlarga chidamliligi, souqqa chidamliligi, yonmaslik, chirimaslik xususiyati bilan ajralib turadi. Shu bilan birga ular kamchiliklarga ham ega: ishlov berishning qiyinligi va og‘irligi.
Organik materiallariga: yog‘och materiallari, polimerli materiallarga bo‘linadi. Organik materiallar ijobiy xususiyatlarga va shu bilan birga kamchiliklarga ham ega. Ijobiy xususiyatlari: deyarli yengilligi, issiqlikni o‘tkazmasligi, turli xil forma va o‘lchamli buyum sifatida oson ishlov berilishi bo‘lib hisoblanadi. Kamchiligi: chidamsiz, ximiyaviy ta’sirlarga chidamsizligi, yonuvchanligi, kemiruvchanligi, chirishi bo‘lib hisoblanadi. Tayyorlanishi va sarflanadigan xom ashyosining turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: toshli, oynali, metalli, yog‘ochli va bituminozali materiallarga bo‘linadi. Tabiiy oshlarga tog‘ toshlari kiradi. Sun’iy toshli materiallar esa kuyidirilgan va kuydirilmagan turlarga aralashmasidan olinadi. Kuydirilgan sun’iy toshli materiallarga g‘ishtlar, plitalar kiradi.
Qurilish materiallar tayinlanishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: mineral bog‘lovchi vositalar, devor va to‘siqlar uchun materiallar, tomni yopishda qo‘llaniladigan materiallar, tomni yopishda ishlatiladigan materiallar, yoritish uchun ishlatiladigan materiallar, oblitsovka va obdelka materiallariga bo‘linadi. Bu guruhdagi materillar o‘z navbatida assortimenti bo‘yicha quyidagi belgilari bilan turlarga ajratiladi:
1) strukturasi (g‘ovak, zich, bo‘sh, qattiq);
2) o‘lchami va shakli bo‘yicha;
3) pardozi bo‘yicha;
4) rangi bo‘yicha;
5) buyumning nomi;
6) markasi bo‘yicha turlarga bo‘linadi.
Mineral bog‘lovchi vositalar 2 ga bo‘linadi havo yordamida birikadigan va gidravlik, ya’ni suv yordamida birikadigan vositalar. Oblitsovka va obdelka materiallariga material turi deyarli bir xil bo‘lgani bilan vazifasi turlicha bo‘ladi, masalan: ohak xona ichkarisini ko‘rinishini yaxshilash uchun, xona tashqarisini esa namlik o‘tishidan saqlash vazifasini bajaradi. Marmar toshchalar esa namlikni yaxshi o‘tkazganligi bilan ohakni to‘kilib ketishidan saqlaydi. Har xil gul qog‘ozlar obdelka materiallariga kiradi.
Poydevor uchun, asosan, sement ishlatiladi. Sementlar uch turga bo‘linadi:
1. Portlandsement (Buyuk Britaniyaning yarim orol nomiga qo‘yilgan). Sementning eng ko‘p ishlatiladigan turi bo‘lib, ishlab chiqarilishi XIX asrning birinchi choragida boshlangan. 20-25 % gil va 75-80 % ohakdan iborat bo‘lib, 14500S da qizdirib olinadi. Portlandsementni suvosti inshootlarida ishlatish tavsiya qilinmaydi.
2. Shlakoportlandsement. Bu sementning kimyoviy chidamliligi yuqori bo‘lib, ohak-gilga gips va shlak qo‘shib qizdiriladi. Yer osti qurilmalari uchun ishlatiladi.
3. Pussolon portlandsementi. Italiyadagi portlardan birining nomidan olingan bo‘lib, ohak-gilga gips va tarkibi kalsiy, temir, kaliy, magniy oksidlaridan iborat bo‘lgan pussolon qo‘shib qizdiriladi. Ortiqcha sovuq va issiq bo‘lmagan joylarning yer osti qurilmalari uchun ishlatiladi.
Sementlarning rusumi 800 gacha bqlib, undan quyilgan betonning bir santimetr kvadrati kilogramm hisobida ko‘tara oladigan yukning og‘irligini ko‘rsatadi.
Beton uch kunda faqat 50 % miqdorda qotib yarim kuchga ega bo‘ladi. Shuning uchun uch kungacha devor ko‘tarilmay turadi. U 28 kunda to‘la qotadi. Sementlar saqlanish davrida namlik, uglerod angidridi ta’sirida sodir bo‘ladigan gidratatsiya va karbonizatsiya natijasida 3 oyda 20 %, 6 oyda 30 %, bir yilda 40 % kuchini yo‘qotadi.
Devor uchun g‘isht ishlatiladi. G‘isht gildan yoki qum va ohak aralashmasidan tayyorlanadi. Gildan tayyorlanadigan g‘ishtlar uchun tarkibida 50-75 % kremnezem bo‘lgan gil ishlatiladi. Qolipdan chiqqan g‘isht eng kamida uch kun quritilgach, 10000S da qizdirib tayyorlanadi.
G‘ishtlar yaxlit va ichi g‘ovak shaklida ishlab chiqariladi. Asosan 75, 100 va 125 rusumli qilib tayyorlanadi. Yaxshi pishgan g‘ishtning rangi qizil, bolg‘a bilan o‘rganda jarangli, yaxshi pishmagani och, alvon rangda, bolg‘a bilan urganda jarangsiz tovush chiqaradi. Qiyin eriydigan gillardan yo‘l uchun 400, 600 va 1000 rusumli g‘ishtlar ham tayyorlanadi.
Qum hamda ohakdan tayyorlanadigan silikat g‘ishti 92-95 % qum va 5-8 % ohak aralashmasidan bug‘xonada 1750S issiqlikda pishirib olinadi.
2. Shift uchun ishlatiladigan qurilish materiallari.
Yog‘och, shisha va gil asosida tayyorlanadi. Shift uchun ishlatiladigan yog‘och qurilish materiallari bolor, faner shaklida ishlab chiqariladi.
Bolor uchun ignabargli daraxtlar (qarag‘ay, qora qarag‘ay, oq qarag‘ay, kedr) g‘o‘lasi ishlatiladi. Ular yaproqli daraxtlarga nisbatan pishiqroq va namga chidamliroq. G‘o‘lalarning diametri 6-24 sm Bo‘lib, 14-24 smlilari yirik va 6-13 smlilari ingichka xoda deb yuritiladi. Uzunligi 3-6,5 m bo‘ladi.
O‘lchashda g‘o‘laning faqat ingichka tomoni nazarga olinadi. Ular uch navga bo‘linadi. Navi va diametrining birliklar soni g‘o‘laning ko‘ndalang kesimiga yoziladi.
Fanerlar turli daraxtlardan shilib olingan yupqa taxtalardan 3-13 qavatli qilib ishlab chiqariladi. Fanerlar 2-18 mm qalinlikda tayyorlanadi. Shift uchun faner o‘rniga yog‘och-tola taxtalari (DVP) ham ishlatilishi mumkin. Yog‘och tola taxtalari yog‘och tolalari va qog‘oz qiyqimlarini namlab, 2400S da presslash yo‘li bilan olinadi.
Yog‘och tarkibidagi pektin moddalari yelim vazifasini bajaradi. Qattiqligi bo‘yicha yumshoq, yarim qattiq, qattiq turlarga ajratiladi. Egishga pishiqliligi bo‘yicha 20-500 rusumlarda chiqariladi. Bu raqamlar uni bir santimetr kvadrat yuzasi necha kilogramm yuk ta’sirida egilishini ko‘rsatadi. DVP ning qalinligi 2,5-25 mm atrofida bo‘ladi.
3. Tom uchun ishlatiladigan qurilish materiallari
Tomni yopish uchun yog‘och, asbest-sement, po‘lat va karton asosida tayyorlangan materiallar qo‘llaniladi.
Tomning to‘rt tomoniga to‘sin qo‘yilib, unga qirrasi bilan joylashtirilgan stropil qoqiladi. To‘sinlar ignabargli daraxtlardan chorqirra qilib tayyorlanadi. Stropil uchun sha daraxtlarning qalin taxtasi ishlatiladi. Brus va taxtalar po‘stlog‘i tilingan va tilinmagan shakllarda bo‘lishi mumkin.
Stropil ustiga yupqa yoki ensiz taxtachalar qoqilib, uning ustiga asbest va sementdan bug‘ ta’sirida to‘lqinsimon qilib ishlab chiqarilgan shiferlar qoqiladi. Ular 4-6 to‘lqinsimon qilinib, 5,5-6 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Uzunligi 600-1750 mm hamda eni 455-1125 mm bo‘ladi. Tom qirralari uchun ishlatiladigan turi konki deyiladi.
4. Pol uchun ishlatiladigan qurilish materiallari
Pol materiallari sifatida yog‘och, kulolchilik buyumlari ishlatiladi. Yog‘ochdan pol taxta, uning tagiga qo‘yiladigan laga, qirg‘oqlariga qoqiladigan plintus va parket deb ataladigan taxtachalar yasaladi. Pol taxta ignabargli daraxtlardan tayyorlanadi.
Beton pollarni qoplash uchun polivinilxlorid, nitrotsellyuloza va rezina qoldiqlaridan linoleum va remenlar ishlab chiqariladi. Linoleumlar gazlama asosida ham tayyorlanishi mumkin. Uning teskari tomonidan gazlama ko‘rinib turadi. Polivinilxloriddan tayyorlangan linoleum chidamliroq, ular gullik va sidirg‘a bo‘lishi mumkin. Gullik linoleumlar yuza tomondan polivinilxloridning yupqa pardasi bilan qoplanadi.
Hammom va hojatxona pollari uchun kulolchilik plitalari ishlatiladi. Ularning rangli va guldor, sirlangan, sirlanmagan turlari bo‘lib, qiyin eriydigan gillardan 1250-12800S da qizdirib olinadi.
5.Eshik va deraza tayyorlash materiallari
Eshik va deraza tayyorlash materiallari. Bu guruhga tayyor eshik, deraza romlari va oynalari kiradi. Deraza va eshiklar ignabargli daraxtlar yog‘ochlaridan yasaladi. Deraza romlari bir qavatli va qo‘sh qavatli, 2-3 tavaqali, darchali (fortochkali) qilib ishlab chiqariladi. Deraza va eshiklar qutisi bilan birgalikda blokni tashkil etadi.
Deraza oynalari ohakli-natriy shishasidan 2-6 mm qalinlikda chiqariladi. Bundan tashqari, qalinligi 7 mmli sayqallangan eshik, mayda yoriqchali, naqshli va turli metalli issiqxona oynalari hamda chiniqtirilgan oynalar tayyorlanadi.
Ohak, ganch, gulqog‘oz va turli kulolchilik plitalari pardozlash materiallari kiradi. Gulqog‘ozlar 4-12 rangda chiqariladi. Ba’zilari qat-qat burmali (gafreli), bosma va bo‘rtma naqshlidir. Ularning yuviladigan turining sirti polivinilxlorid pardasi bilan qoplanadi.
Kulolchilik plitalari binoning ichi va old tomonini bezash uchun qo‘llaniladi. Binoning ichi uchun ishlatiladigan turi 20 % chinnigul (kaolin), 30 % gil, 40 % oq qum va 10 % pegmatit aralashmasidan pishirilgan fayansdan qilinadi. Bularning oq, rangdor va gul bosilgan turlari bo‘ladi. Ba’zilari bo‘rtma naqshli qilib ishlab chiqariladi.
Devorning old tomoni uchun ishlatiladigan plitalar 35 % oq gil (kaolin), 15 % gil, 25 % oq qum va 25 % pegmatit aralashmasidan pishirilgan yarim chini hisoblanadi. Fayansdan tayyorlangan plitalarga o‘xshash har xil turda ishlab chiqariladi. Bularning sirlanmagan turlari ham bo‘ladi.
6. Mahkamlovchi qurilish materiallari
Mahkamlovchi qurilish materiallari sifatida mix, burama mix, bolt bilan chayka va mixparchinlar ishlatiladi. Mixlar qalpoqchasining ko‘rinishiga qarab qurilish, tol va shifer mixlariga ajratiladi. Qurilish mixlarining qalpoqchasi yapaloq, diametri o‘zagiga nisbatan ikki barobar katta. Mixning uzunligi 8-250 mm atrofida. Pol mixlarining qalpoqchasi yapaloq, diametri mixning o‘zagiga nisbatan o‘n barobar katta, uzunligi 20-40 mm. Shifer mixlarining qalpoqchasi konussimon bo‘lib, o‘zagiga nisbatan 2,5 barobar yo‘0on.
Burama mixlar (shuruplar) otvertka yordamida qotiriladi. Buraladigan joyi to‘g‘ri chiziq va to‘rt qirrali chuqurcha shakllarida bo‘ladi. Bular metall qismlarni yog‘ochga ulash uchun ishlatiladi. Boltlar metall qismlarni bir-biriga ulaydi, chayka bilan qotiriladi. Mahkam qotirilishi uchun boltga shayba kiydirilib, keyin chayka bilan qotiriladi. Mixparchinlar tunukalarni ulashda qo‘llaniladi.
Sanitariya-texnik jihozlari. Bu guruhga uyni isitish, oshxona, vannaxona va hojatxona uchun ishlatiladigan jihozlar kiradi. Uyni isitish jihozlari cho‘yan yoki sirlangan po‘latdan qilingan to‘rt burchakli qozon, cho‘yan radiatorlar hamda po‘lat quvurlardan iborat bo‘lib, gaz orqali ishlaydi. Qozon quvvatiga qarab 3-10 qismli bo‘ladi.
Oshxona uchun gazda ishlaydigan suv isitgich, idish-tovoq yuvgich va plitalar ishlab chiqariladi. Plitalar 2-4 komforkali bo‘lib, polga o‘rnatiladigan duxovkali, stol ustiga qo‘yiladigan hamda ballonda ishlaydigan turlari mavjud.
Uyni isitish qozonlari va suv isitkichlarda suv to‘xtaganda, alanga o‘chganda, mo‘rining tortishi susayganda gazni berkitadigan asboblar bo‘lishi kerak.
Idish-tovoq yuvgichlar po‘latdan yasalib, rakovina va orqa tunukadan iborat bo‘ladi. Ba’zan ikki rakovinali qilib javonga o‘rnatilgan shaklda ishlab chiqariladi. Ularning ikki jo‘mrakli aralashtirgichi bo‘lishi mumkin. Vannaxonalar uchun sirlangan cho‘yan vannalar va fayans yoki yarim chinnidan yasalgan qo‘l-bet yuvgichlar mavjud. Hojatxonalar uchun yarim chinnidan yasalgan unitazlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |