UDK: 504.4(075)
BBK 30.69
M90
Taqrizchi:
b.f.d., professor Rahimova T.
ISBN 978-9943-391-24-6
© 0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011.
SO‘ZBOSHI
Atrof-muhit deganda nimani tushunam.z? Albatta ushbu savolga deyarli hamma javob berishi va unga o‘zi bllgan holda ta’rif berlshl mumkin. Atrof-muhit — bu bizni o‘rab turgan ona tablat. Tabiat bizni boqadi, klyintiradl, yashashimiz uchun sharolt yaratadi. Tabiatda yaratilgan har bir obyekt inson uchun xizmat qlladi — yer, suv, havo va ulardagi barcha mavjudotlar, nabobotlar, yerosti tabiiy manbalar va hokazo, barcha, barchasi. Lekin biz bunga javoban uni asrab-avaylaymizmi? Afsuski yo‘q. Ko‘pincha biz haddlmizdan oshamiz. Tabiat bizning injiqliklarimizni ko‘taradi deb o‘ylaymiz, undagi mavjud tabiiy resurslarni ayovsiz ishlatamiz, keragidan ortiq isrof qilamiz, tabiatni keskln ifloslanlshiga sababchi bo‘lamiz. Natijada atrof-muhltning tabiiy muvozanatiga putur yetkazlladi va unda ko‘plab antropogen o‘zgarlshlar vujudga keladi.
Endi biz xohlaymizmi xohlamaymizmi, bariblr tabiatda doimo antropogen o‘zgarishlaming yuzaga kellshl muqarrardir. Chunki inson yashar ekan, o‘zining xojalik ish yuritlshi oqibatlda tabiatda doimo o‘zgarishlar vujudga keladi. Lekin ushbu o‘zgarishlarni me’yorida, tabiat qonunlarl bllan kelishilgan holda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun har bir inson tarbiyani, ekologik tarbiyani o'zidan boshlamog‘i va atrofdagini ham to‘g‘ri yo‘lga sollb, ulaming qalblda tabiatga bo'lgan mehrini uyg‘otmog‘i lozim. Shu o‘rinda ekologik tarbiya haqida so‘z borar ekan, uning o‘zi alohlda bir katta mavzu ekanliglni uqtirish lozim, bu to‘g‘rislda uzoq fikr yurltish mumkin. Ekologik tarbiya ko'rgan inson hech qachon tabiatga zarar keltirmaydi. U o‘z hayoti davomida doimo me’yorga rioya qiladi va hech qachon isrofga yo‘l qo'ymaydi, uning tutgan yo‘ll nafaqat uyda, balki ish faoliyatida ham namoyon bo'ladi. Bu esa tabiiy resurslarni doimo tejallshiga va atrof-muhltni ifloslanmasllgiga olib keladi.
Hozirgi kunda yer ahollsl o‘tgan asming boshldan to yangi asrning shu kunigacha bir necha barobar o‘sdi. Bu esa o‘z yo'llda ulami hayotiy zarur mahsulotlar bilan ta’minlash uchun mamlakatlarda ko'plab zavod-fabrlkalarning qurilishiga, yo'llarning sollnishiga, uylarnlng barpo etillshlga, avtotransportlami ko‘payishiga va shu kabi ko‘plab tadbirlarni amalga oshlrlllshga olib keldl. Oqibatda tabiat ayovsiz ishlatildi va ishlatilmoqda va uning o‘zi turli chiqindllar bilan to'llb toshmoqda. Agar ahvol shu darajada davom etaversa, yaqin kelajakda insoniyatning yer yuzida yashashi havf ostida qoladi. Chunki, insoniyatning yashash faoliyati darajasi ko‘tarilib borishi, ishlab chiqarish ko‘lami kengayib borishiga, bu esa mahsulotlar turi ko‘payishiga va ko‘plab ishlatilishiga olib kelmoqda, natijada atrof- muhitda chiqindilarning miqdorini ham oshib borishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun, har bir korxona sanoat tarmog'nung qaysi sinfiga mansub ekanligidan qat’i nazar o‘zidan va maishiy turmushda ajralayotgan chiqindilarning to‘liq zararsizlantirilishiga, tozalanishiga va qayta ishlanishiga jiddiy e’tibor berishlan lozim.
Buning uchun har bir ishlab turgan korxona o‘zidan ajralib chiqayotgan chiqindiiarni — gazlarni, oqova suvlarni va qattiq chiqindi moddalarni zararsizlantirishi hamda mavjud texnologiyalami rivojlantirib, zamonaviylashtirib, ishlab chiqarishda ajralayotgan barcha turdagi chiqindiiarni zararsizlantirish, tozalash va qayta ishlash uchun maxsus kerakli inshootlami va uskunalami o'rnatishlari lozim.
Ushbu darslikda atrof-muhitni muhofaza etish yo‘llan, chiqindi gazlar, oqava suvlar va qattiq chiqindilami zararsizlantirish, qayta ishlash va tozalash texnologiyalari, ularda qoMlarriiadigan uskunalar va ularni tanlash yo'llari, tabiiy resurslarni samarali ishlatish chora- tadbirlari, sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi asoslari fani bo'yicha test namunalari, fan dasturiga kiritilgan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar hamda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha uchraydigan asosiy terminlarning lug‘aviy ma’nosi uch xil tilda — o‘zbek, rus va ingliz tilida keltirilgan.
4
KIRISH
Hozirgi kunda yer yuzida insoniyatnmg taraqqiy etib bonshi, fan va texnikaning nvojlanishi, moddiy turmushning yaxshilanishi parallel ravishda o‘ziga xos bir qator qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Insoniyat doimo yaxshi yashashga harakat qilib kelgan, lekin shu yashash tarzi hozirgi kunda ma’lum muammolarni vujudga keltirayotganligi hech kimga sir emas. Insonning hayotiga texnika vositalarini borgan sari chuqurroq kirib borishi uning o‘ziga ham qator qiyinchiliklarni tug‘dirishini ko‘pchilik tan olmaydi. Bu fikrga kimlardir qo‘shilmasligi mumkin, lekin bu fakt. 0‘zingizga ma’lum, texnikaning nvojlanishi va insonning kundalik hayotiga kirib borishi shu insonning o‘zini kam harakat qilib qo'yadi. Faraz qiling, ertalab turdingiz va hech qiynalmay elektr choynakda yoki gaz plitada choyni qaynatdingiz, mikroto‘lqinli pechda yoki tosterda o‘zingizga biror bir egulik tayyorladingiz. Nonushtadan keyin liftda pastga tushib, shaxsiy mashinangizda ishga kelib, kun bo‘yi komputer yonida va telefon yordamida ishlaringizni biiirdingiz, umuman olganda deyarli faol harakat qilmadingiz. Bu kabi ish faoliyatini yoki butunlay boshqa soha ish faoliyatini ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Lekin bu bizning asosiy maqsadimiz emas. Bizning maqsad hozirgi kunda insonning hayotiy ehtiyojlari kundan kunga keskin oshib borayotganligini ko‘rsatish va unnig ehtiyojlarini qondirish uchun esa ishlab chiqarish va texnikani kundan kunga rivojlanib, ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarayotganligini bildirishdir.
Hozirgi kunda ishlab chiqarishning, fan va texnikaning nvojlanishi o‘z yo‘lida atrof-muhitga ko‘plab turli chiqindilarni tashlanishiga sababchi bo‘lishi hech kimga sir emas. Shu o‘rinda o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin, xo‘sh nima qilmoq kerak, qanday yo‘l tutish lozim? Albatta, har bir insonda bu kabi savollar tug‘ilishi tabiiydir. Awalo inson o‘zining «aql» ko‘zi bilan tabiatga chuqurroq nazar solishi va u yerda mavjud barcha mavjudotlarni, o‘simliklami, yer usti va yer osti tabiiy resurslarini uning o‘zi uchun yaratilganligi va ulaming barchasi unga xizmat qilmoqligini, undan keyin ham bu yerda — ona zaminimizda qolganlar ham yashashi lozimligini anglab yetmog‘i kerak. Yer barcha tirik mavjudotlar va o‘simliklar uchun yashash maskani, u bizni boqadi, kiyintiradi. Yer va uni o‘rab turgan
havo, suv va tuproq qatlami bizni doimo yashashimizga qulay sharoit yaratadi. Yerdagi barcha ma’danlar, suvlar va ularda yashab turgan jonzotlar barcha-barchasi inson uchun, uning shu dunyoda yashashi uchun xizmat qiladi. Buni anglab yetgan insonlar tabiatga bo'lgan o‘z mehrini oshirishga, uni asrab-avaylashga va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda yashashga harakat qilishi lozim. Lekin, ming afsuski bunga javoban ko‘pchilik tabiatni qadrlamaydi, uni asrab- avaylamaydi. Yer ularning barcha «nomaqbulchiligini», «erkaligini» ko‘taradi, deb fikr yuritadilar. Hozirgi kunda atrof-muhitning keskin ifloslamshi, ekologik muvozanatning izdan chiqishi, turli iqlimiy o‘zgarishlar va falokatlarni yuzaga kelishi bizning, hammaning «nomaqbul»chiligimizning yorqin dalili, uning amaldagi ko‘rinishidir. Tabiatni o‘zi bir butun muvozanatdagi turli energetik aloqalar bilan bog‘langan sistema bo‘lib, bu aloqalarning buzilishi va izdan chiqishi, yerdagi mavjud tabiiy jarayonlarning buzilishiga olib keladi va buning oqibatida yer yuzida turli ekologik falokatlar yuzaga keladi. Bundan 5,5 ming yil ilgari Misrdagi Xeops piramidasiga ham bu to‘g‘rida quyidagi yozuv qoldirilgan ekan: «Inson tabiat kuchlarini mensimagani va haqiqiy dunyoni tushunmagani uchun o‘limga mahkum bo‘ladi». Bu to‘g‘risida ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Shuning uchun hozirgi kunda atrof-muhit muhofazasi muammosi har bir davlatning asosiy masalalaridan biriga aylanishiga olib keldi. Chunki, yer planetasi aholisi o‘tgan asr boshidan 1,5 milharddan yigirma birinchi asrning shu kunigacha 8-8,5 milliardgacha o‘sdi. Bu esa o‘z yo‘lida yashash ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularni ta’minlash uchun yerlar, tabiiy resurslar, energiyaning shiddat bilan ko‘proq ishlatilishiga olib keldi. Shu kunlarda yerdan 100 milliard tonnadan ortiq tabiiy boyliklar qazib chiqarilmoqda, 800 milliard tonna metall eritilmoqda, 60 million tonna turli sintetik materiallar ishlab chiqarilmoqda, har yili yerga 500 million tonna mineral o‘g‘itlar, 3 million tonna zaharli ximikatlar solinmoqda. Tabiiy suv havzalariga 700 milliard m3 miqdorda sanoat va maishiy oqova suvlari tashlanmoqda.
Atrof-muhitga tashianadigan zaharli gazlar ichida asosan CO, SO2, NOx (azot oksidlari), CxHy (uglevodorod gazlar) va changlar yuqori o‘rinlarni egallaydi. Atmosfera havosiga har yili 250 mln.tonnadan ortiq chang, 200 mln.tonna CO, 150 mln.tonna SO2, 50 mln. tonna azot oksidlari, 50 mln tonnadan ortiq uglevodorod moddalari, hamda 20 mln.tonnadan ortiq CO2 gazi tashlanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida 200 mln.dan ortiq avtomobil boMib (bu son kundan kunga oshib bormoqda), ulaming har biri atrof-muhitga o'rtacha 200 xildan ortiq zaharli moddalami tashlaydi. Ular ichida o‘ta kanserogen xossadagi turli uglevodorodlar, qo‘rg‘oshin birikmalari uchraydi. Benzinda tetra-etil qo‘ig‘oshin moddasining boMishi ulami avtomobil transportida ishlatgandan keyin atrof-muhitga qo‘rg‘oshin moddasining turli oksid, nitrat, sulfat, xlorid birikmali zaharli moddalarini tarqalishiga sababchi bo'ladi. Bu moddalar transport vositalan tufayli shahar yo'llarida doimo uchraydi. Ko'mir yoqilganda tutun va kullar bilan birgalikda atrof-muhitga uni qazib olingan miqdoriga nisbatan ko‘proq moddalar tarqaladi, masalan, magniy
molibden 3, mishyak 7, uran, titan 10, alumrniy, yod, kobalt 15, simob 50, Li, V, Sr, Be, sirkoniy 100 barobar ko‘p tarqaladi. Shu sababli ular o‘simliklarda, suvda, yerda doimo mavjud bo‘lib, ushbu moddalar inson organizmiga mahsulotlar orqali o‘tishi aniqlangan (suv, havo, sabzavot va mevalami iste’mol qilish orqali). ОЧа xavfli radioaktiv moddalar — atom elektrostansiyalari (AES lar) orqali tarqaladi. Bu moddalar atmosfera havosida doimo yig‘iladi, ular havoda o'zaro birikib o‘ta xavfli moddalami ham hosil qilishi mumkin, azot oksidlari va freonlar esa atmosfera havosining stratosfera qatlamida joylashgan ozon gazi qatlamining yeminlishiga sababchi bo‘ladi. Uzoqqa bormaylik, mana hozirgi kundagi iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlaming ko‘payishi (suv toshqinlari, dovul, bo'ronlarning ko‘payishi, o‘rmon yong‘inlan va shu kabilar) atmosfera havosi qatlamida «parnik» gazlari miqdorining oshganligi natijasida yuzaga kelgan deb ko‘rsatish mumkin. Shu bilan bir qatorda atmosfera havosida chiqindi gazlarning to‘planishi natijasida «kislotali yomg‘ir»lar, smoglar hosil bo‘lishiga va ulami yerga tushib, suv havzalari, hosildor yerlarning ishdan chiqishiga olib kelishi barchamizga ma’lum. Oqibatda yerlar zararlanishi natijasida yaroqsiz holatga, suvlardagi jonivorlar esa suvlarning ifloslanishi oqibatida halokatga mubtalo bo‘lishi kuzatilmoqda. Yog‘inlarda pH=4,15-4,51i sulfat kislotasiuing uchrashi hatto Olmaliqdan 50 km narida joylashgan G‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol biosferik qo‘riqxonasida ham kuzatilgan bo‘lib, bu yerda oltingugurtning fon konsentratsiyasi MHD bo‘yicha eng yuqori natijaga ega. Statistik ma’lumotlaiga ko‘ra hozir respublika bo‘yicha yiliga atmosfera havosiga 1,84 mln.tonna zararli moddalar tashlanmoqda. Ushbu miqdordan 53%i uglerod oksidiga, 8%i uglevodorodlarga, 15%i oltingugurt angidridiga, 4%i azot oksidlariga, 15%i esa yuqori toksik ingredientlaiga to‘g‘ri keladi. Ushbu gazlaming barchasi atmosfera havosida turli xil o'zgarishlarni vujudga keltirib, atmosfera havosinmg tarkibini buzilishiga sababchi bo‘ladi. Atmosferada to'plangan zaharli birikmalar yomg‘ir va qor orqali yerga qaytadi va natijada unumdor tuproq qatlamini, hamda suv havzalarini zararlaydi. Hozirgi kunda suv havzalari sanoat korxonalarining oqova suvlari bilan ham keskin ifloslanmoqda. Sanoatda ajralayotgan oqova suvlar tarkibida asosan turli og‘ir metall ionian va tuzlari, yuvuvchi vositalar, yog‘lar, neft mahsulotlari, radioaktiv birikmalari ko‘plab uchraydi. Hisoblarga ko‘ra suv havzalariga 500 mingdan ortiq turli xildagi birikmalar tashlanar ekan. Og‘ir metallar — Pb, Hg, Cu, Zn, Cd suvga tushib, hayvon va baliqlar organizmlanga o'tadi. Ulardan esa iste’mol orqali inson oiganizmiga ham o'tishi mumkin. (Simob bilan zaharlangan bahqlami i^^e’mol qilish orqali inson organizmining shikastlangani Amerikada kuzatilgan.) Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanganda suv havzalari, dengizlar va okeanlar ham katta talofot ko'radi. Har yili okean suvlariga tanker va kemalaming halokati natijasida 12-15 mln.tonna neft oqib ketadi.
Ma’lumki, 1 tonna neft yupqa plyonka bilan 12 km2 suv yuzasini qoplaydi. Bu esa o‘z yo‘lida baliq kislorod yetkazib
beradigan fitoplanktonlarining qirilib ketishiga sababchi bo'ladi, natijada havo-atmosfera va suv-gidrosfera o'rtasidagi gaz-suv almashinishi jarayoni buziladi. Uzoqqa bormaylik, kundalik hayotimizda o'zimnznmg ba’zi avtomobillami yuvish shoxobchalarida ham ko'plab neft mahsulotlarining suvga qo'shilib oqib ketishi doimo kuzatiladi. 10 g neft mahsuloti esa 60 m3 suvni umuman ishlatishga yaroqsiz qilib qo'yadi.
Suvni me’yordan ko‘p ishlatish ham qator daryolar, ko^lamining qurishiga olib keladi. Orol dengizining hozirgi kundagi ahvoli burring yorqin dalilidir. Hozirgi kunda Orol dengizining qurigan tubidan atmosfera havosiga har yili o‘rta hisobda 70-75 mln.tonna tuz ko'tarilmoqda. Ushbu «tuz bo'ronlari» hatto Pomir, Tyan-Shan tog‘ tizmalarining muzliklarigacha yetib bormoqda. Ma’lumki, bizning asosiy suv manbalarimiz, ya’ni daryolarimiz muzliklarni erishi natijasida hosil bo'ladi. Tuz esa muzlarning erishini tezlashtiradi. Bu esa o‘z yo‘lida tabiatdagi muz hosil bo'lishi va uning erishi o'rtasidagi tabiiy muvozanatning izdan chiqishiga sababchi bo'ladi. Natijada yaqin kelajakda, agar ahvol tezlik bilan to‘g‘rilanmasa, muzliklarmng tez erib, zaxirasi kamayishi oqibatida suv resurslarining ham kamayib ketishiga sababchi bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari yerga qattiq zaharli birikmalar tushishi yer tuprog'i strukturasming buzilishiga olib keladi, o'g'it va pestitsidlami rejasiz ishlatish esa uning kimyoviy tarkibini buzilishiga olib keladi. Oqibatda yer eroziyasi, hosildorlikning keskin tushib ketishi, sho'rlanish kabi salbiy holatlar yuzaga keladi. Bu to‘g‘risida ko'plab gapirish va misollar keltirish mumkin.
Demak, har qanday chiqindi qaysi sanoat tarmog'idan tashlanishidan qat’i nazar, albatta ushlab qolinishi, tozalanishi va zararsizlantirilishi lozim. Ushbu darslikni yozishdan asosiy maqsad ham talabalarga hozirgi kunda sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan turli chiqindiiarni ushlab qolish, zararsizlantirish, tozalash va qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalauni tanishtirishdan iboratdir. Darslik katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, unda bo‘lajak mutaxassislarni har bir korxonada ajralayotgan chiqindiiarni alohida ko‘rib chiqmoqlikka va ularni zarar keltirish darajasidan qat’i nazar, albatta ushlab qolinishiga hamda qayta ishlanib kerakli mahsulotga aylantirishga e’tiborini qaratishga undaydi.
BOB. DUNYODAGI VA O‘ZBEKISTONDAGI
ATROF-MUHIT HOLATI
Shunday qilib, sanoat chiqindilariui atrof-muhitga, biosferaga tashlanishi ko‘p regionlarda ekologik holatniug buzilishiga olib kelmoqda. O‘rmonlarning qirilishi, suvlarning, yer yuzasining ifloslanishi va boshqalar shular jumlasidandir. Buning oldini olish uchun sanoat korxonalaridan ajralayotgan chiqindilarga REChK(ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya) lar o‘matilishi lozim. Har bir korxonadan ajralayotgan chiqindi REChK dan yuqon bo‘lsa u tozalanishi yoki albatta korxona texnologiyasi sozlanishi lozim. Hozirgi kunda olimlar tarafidau har bir chiqindirn tozalash yoki uni zararsizlantirish uchun turli usullar ishlab chiqilgan.
Har bir usul ajralayotgan chiqmdmmg agregat holau, fizik- kimyoviy xususiyati, miqdori, kouseutratsiyasl, harorati, qanday manbadan ajralayotganligiga qarab tanlanadi.
Inson yashar ekan atrof-muhitga o‘z ta’sirmi o‘tkazadi. ^sonning xo'jalik ish yuritishi natijasida atrof-muhitda yuzaga keladigan o‘zgarishlarga antropogen o‘zgarish deb ataladi. Bunga misol qilib yo'llammg, zavod-fabrikalarning, suv omborlarining qurilishi, yerlarning o‘zlashtirilishi natijasida tabiatda yuzaga keladigan o‘zgarishlami ko‘rsatishimiz mumkin. Antropogen o‘zgarishlar 2 xil bo'ladi: maMjallangan va mo'yallanmagan. Mo'yallangan antropogen o‘zgarishga yuqoridagi misolni keltirishimiz mumkin. MoMjallanmagan antropogen o'zgarishga esa tabiatda o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan o‘zgarishm ko'rsatishimiz mumkin. Masalan, ko‘llarning achib qolishi, smoglammg hosil bo‘lishi va shu kabilar.
Buning natijasida yerda turli xil biologik o'zgarishlar, falokatlar, tabiiy mu^za^^ng buzilishi kabi holatlar yuzaga keladi. Albatta ushbu muammo tortishuvli, lekin ochiq tan olish lozimki, tabiiy muvozanatm buzilishiga, turli falokatlar vujudga kelishiga ^sonning o‘zi to‘liq aybdor. Chunki, hozirgi kunda zavod-fabrikalar, avtomobil transporti, aholi som yildan yilga ortib bormoqda, daraxtzorlar, yashil o‘tloqlar maydoni esa qisqarib bormoqda. Bu o‘z yo‘lida o'simlik barglariga yutilishi lozim bo'lgan «parnik gazlari»m (CO2, CN4, N2O parlari) atmosfera havosida to‘planishiga sababchi bo‘lmoqda. Bu esa yerdagi haroratning ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kuzatishlarga ko‘ra oxirgi 100 yil ichida atmosfera havosida uglerod 10 dioksidining konsentratsiyasi 25% ga, metanniki esa 100% ga ko'tarilgan. Keyingi yillarda bu miqdor yana ham ko'tai^ilishi kutilmoqda. Olimlaming taxminiga ko‘ra «pamik effekli» ta’sirida oxiigi 50 yil ichida yerning o‘rtacha harorati 2—5° С ga ko'tarilishi kutilmoqda. Bu esa o'z yo‘lida dunyo okeani suvini 0,5—2m ga ko'tanlishiga olib kelishi mumkin. Natijada ko‘plab quruqliklar suv ostida qolib ketadi. Hozirgi kunda qutbda joylashgan muzliklarning erishi kuchayganligi olimlar tomonidan kuzatilganligini aytib o'tish joiz. Dunyo bo'yicha turli iqlimiy o‘zgarishlar namoyon bo‘layotganligi ham buning yorqin dalilidir. Dunyoning turli chekkalarida o‘rmon yong‘inlarining o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishi (Rossiya, AQSH, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqalar) yuqorida aytib o'tilgan ushbu holatlaming natijasidir. 0‘zimizning Orol dengizining qurib borayotganligini ko'rib guvohi boMib turganligimiz ham hozirgi kundagi global ekologik o'zgarishlar ro‘y berayotganligining misolidir.
Demak, hozirgi kunda ekologik falokatlarning oldini olish uchun tezda davlatlar o'rtasida o'zaro kelishuvlami amalga oshirish, davlatlar tomonidan atrof-muhit holatini yaxshilashga qaratilgan chora- tadbirlarni belgilash va uni bajarish, aholi o'rtasida ekologik tarbiyani kuchaytnish, sanoat tarmoqlarida hosil bo‘luvchi barcha turdagi tashlamalarning, chiqindilaming miqdorini kamaytirish va ularni zararsizlantirishga qaratilgan yangi texnologiyalarni joriy qilish, eski ishlab turgan qurilmalarni yangisiga almashtirish, tozalash mshootlarini o'rnatish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Nazorat uchun savollar:
Ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya (REChK) deganda nima tushuniladi?
Ruxsat etilgan chegaraviy tashlama miqdori deganda nima tushuniladi?
Antropogen o'zgarish nima, uning turlari?
«Parnik efiekti» haqida nima bilasiz, uning oqibaHari tufayli ta- biatda qanday o'zgarishlar vujudga keladi?
Tabiatda atrof-muhit holatini yaxshilash bo'yicha qanday tad- birlar ishlab chiqish lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |