Kurs hajmi Malaka oshirish kursi 144 soatni tashkil etadi. O‘quv yuklamasi haftasiga 36 soat etib belgilangan. Malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan va kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Malaka oshirish kursining o‘quv dasturi quyidagi modullar mazmunini o‘z ichiga qamrab oladi:
Kasbiy rivojlanish bloki O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosati
Mutaxassislik fanlari bloki 2.1. Xorijiy til fanlarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi
2.2. Ta’lim sifatini baholash xalqaro dasturlari va innovatsion texnologiyalar
2.3. Umumiy o‘rta ta’limda STEAM yondashuvi
2.4. Xorijiy til fanlari ta’limiga oid o‘quv adabiyotlari va darsliklarning tahlili
О‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ – 4884 - qarori hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga tegishli dolzarb farmoyish va qarorlari tahlili.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 23-avgustidagi yangi о‘quv yiliga bag‘ishlangan videoselektordagi nutqi, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, ma’ruza va nutqlarida ta’lim-tarbiya sohasiga bag‘ishlangan konseptual g‘oya va kо‘rsatmalarining mazmun-mohiyati.
О‘zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlari. 2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasining tо‘rtinchi yо‘nalishida kо‘rsatilgan fan va ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va bu borada xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar, ularning yechimi.
O‘zbekistonda ta’lim – davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida. Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar, modernizatsiyalash va integratsiyalash jarayonlari.