2.2. Ta’lim sifatini baholash xalqaro dasturlari va innovatsion texnologiyalar
(Jami 30 soat. 4 soat ma’ruza, 26 soat amaliy)
PIRLS va PISA tadqiqotlari haqida umumiy tushunchalar. Tadqiqotlarni o‘tkazish jarayoni. PIRLS hamda PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishning ahamiyati. Ushbu dasturlarning o‘ziga xosligi.
O‘quv materiali mavzusini o‘quvchilarga tushunarli va qulay yetkazishga yordam beruvchi interfaol uslublarning dars jarayonida qo‘llanilishi. Xorijiy til darslari uchun o‘quv materialini tayyorlash, o‘quvchilarga yetkazishda yangicha yondashuv. Mazmunni va xorijiy tilni birgalikda o‘rgatish uchun CLIL innovatsion o‘qitish metodidan foydalanish. CLIL metodidan foydalangan holda darslarni tashkil etish jarayonlari. O‘qituvchini mustaqil ravishda o‘z kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirish.
PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligi. PIRLS tadqiqotida foydalanilgan matn va topshiriqlar. Badiiy tajriba orttirish. Axborotni olish va undan foydalanish. Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni to‘plash. Matndagi g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish. To‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish.
PISA tadqiqotida o‘qish savodxonligi. O‘qish savodxonligi ta’rifi. Matnga kirish va ma’lumotlarni olish. Baholash va mulohaza yuritish. PISA tadqiqotida o‘qish savodxonligini aniqlashga qaratilgan matn va topshiriqlar. Matnni tushunish, foydalanish, mulohaza yuritish hamda munosabat bildirish. PISA topshiriqlardan namunalar.
Bilim chuqurligi darajalari. Dalillarni eslash darajasi. Mahorat darajasi. Strategik fikrlash darajasi. Oliy darajadagi filrlash. О'rgatilgan bilimni eslash, aniqlash, muqobil javobni tanlay olish. Fakt bilan fikrni ajrata olish. Berilgan ma’lumotning muhimligi va qo‘llanilishiga o‘z munosabatini bildira olish. Dalillar keltirish, mantiqiy farazlarni rivojlantirish, hodisalarni tushuntirish, murakkab muammoni hal qilish uchun qarorni qabul qila olish. Topshiriq va muammolarni turli manbalardan olingan ma’lumotlar yordamida hal eta olish.
Tanqidiy va ijodiy fikrlashni o‘stiruvchi faol metodlar. Tanqidiy va ijodiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish. Tanqidiy va ijodiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g‘oyalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Tanqidiy fikrlashga o‘rgatish pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi. Tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatish usullari. Tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatuvchi ish turlari.
Xorijiy til o‘qitishda to‘g‘ri talaffuzning ahamiyati va mohiyatini ochib berish. O‘quvchilarning talaffuzi ustida ishlash jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishda qo‘llanadigan so‘nggi nazariyalar bilan tanishtirish, berilgan ma’lumotlarni amaliy mashg‘ulotlarda mustahkamlash. O‘quvchilarni talaffuzini rivojlantiruvchi usullar, mashqlar, o‘yinlar texnologiyalari bilan tanishish va amalda qo‘llash.
Onlayn o‘qitish darslarni onlayn tashkil etish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qilishi. Darsda o‘qituvchi o‘zini qanday tutishi to‘g‘risida yo‘riqnomalarning mavjudligi. Uy vazifalarini qanday tashkil etish yo‘llari va usullarini bayon etish. Onlayn ta’lim olishning afzalliklari. Moslashuvchanlik va qulaylik. Masofaviy ta’limning elementlari va ularning vazifalari. Masofaviy ta’lim jarayonini tashkil, etish. O‘quv adabiyotlarning shakllari. Nazorat shakllari: kahoot, wooklab orqali.
O‘quv materiali mavzusini o‘quvchilarga tushunarli va qulay yetkazishga yordam beruvchi interfaol uslublarning dars jarayonida qo‘llanilishi. Xorijiy til darslari uchun o‘quv materialini tayyorlash, o‘quvchilarga yetkazishda yangicha yondashuv. Mazmunni va xorijiy tilni birgalikda o‘rgatish uchun CLIL innovatsion o‘qitish metodidan foydalanish. CLIL metodidan foydalangan holda darslarni tashkil etish jarayonlari. O‘qituvchini mustaqil ravishda o‘z kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirish.
Muammoli ta’limni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi sifatida tashkil etish. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi.
Muammoli ta’limning mohiyati va vazifalari. Muammoli ta’limni qo‘llash texnologiyasi. Muammoli ta’limni tashkil etish shart-sharoitlari. Muammoli o‘qitishning asosiy shakllari.
Nutq faoliyati turlarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv) rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar. O‘quv materiali mavzusini o‘quvchilarga tushunarli va qulay yetkazishga yordam beruvchi interfaol usullarning dars jarayonida qo‘llanilishi. Xorijiy til darslari uchun o‘quv materiallarini tayyorlash va o‘quvchlarga yetkazishda yangicha yondashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |