M. N. Abdullayeva A. Avloniy nomidagi xttrmxqtmoi "Xorijiy tillar" kafedrasi mudiri


Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish



Download 52,46 Kb.
bet6/12
Sana27.03.2022
Hajmi52,46 Kb.
#513175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14. Xorijil tili namunaviy dasturi 2021

Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

(6 soat amaliy mashg‘ulot)
Davlat tilini o‘rganishning dolzarbligi. Mamlakatimizda davlat tili bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar.
O‘qituvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablar. Nutq madaniyati bilan adabiy til me’yorlari o‘rtasidagi bog‘lanish. Nutqiy faoliyat turlari va ularda adabiy til me’yorlariga amal qilish. O‘qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari: nutqning aniqligi, to‘g‘riligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi. Kasbiy muloqot. Nutq madaniyati. Fikrning ifodaliligi. ida matnning mazmuniy-vazifaviy belgilari. Lotin alifbosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi va kirill alifbolarining imlo qoidalaridagi oʻzaro farqli jihatlari. Oʻzbek – lotin alifbosidagi matnlarni imlo va uslubiy qoidalarga rioya qilgan holda toʻgʻri, izchillikni saqlagan holda yozishga yoʻnaltirish. Imlosi qiyin boʻlgan soʻz va atamalar ustida ishlash.
Davlat tilida ish yuritish: munshoat. ida nutq uslublari. Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar. Davlat tilida hujjatlarini rasmiylashtirish. Hisobot, dalolatnoma, bildirish tarzidagi matnlarda ifoda uslubi. Hujjat matnlarida tinish belgilarining ishlatilishi. Davlat tiliga oid bilim, ko‘nikma va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish yo‘l-yo‘riqlari.
Nutqning asosiy xususiyatlari. Pedagog nutqiga qoʻyiladigan asosiy talablar. Til va nutq. Tilning sofligi uchun kurash. Sharqda notiqlik san’ati. Nutqni rivojlantirish usullari. Adabiy til – nutq madaniyatining asosi. Nutqning toʻgʻriligi va badiiy adabiyot. Adabiy til va mezon. Aniqlik nutqning asosiy kommunikativ sifati. Nutqning sofligi va unga putur yetkazuvchi unsurlar.



  1. MUTAXASSISLIK FANLARI BLOKI :

2.1. Xorijiy tillar fanlarini o`qitish nazariyasi va metodikasi
Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari. Xorijiy tilni o‘qitishda Davlat ta’lim standartlari asosida kompetensiyaga asoslangan darslarni tashkil etish. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar. DTS talabi asosida xorijiy tilni o‘rganishda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan asosiy nutqiy ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ) rivojlantirish.
Xorijiy tillarini egallashning umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘rgatish, baholash tavsiyalari va uning talqini, ya’ni CEFR bo‘yicha tilni bilish bo‘yicha belgilangan talab va darajalar. Xorijiy tilni o‘qitishga yangicha yondashuv prinsiplari. Umumyevropa tavsiyalari va talqini. CEFR standartlari bo‘yicha belgilangan talab va darajalar bilan ishlash.
Xorijiy tilni o‘rgatishda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish texnologiyalari bilan tanishtirish va ulardan samarali foydalanish. Xorijiy til o‘rgatish metodlarini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslari. Xorijiy tilni o‘qitish metodlardan samarali va o‘rinli foydalanish. Ushbu metodlar yordamida xorijiy tilni amaliy o‘rgatish. Ushbu metodlarning qo‘llanilishidagi farqlar.
Xorijiy til darslarida tinglab tushunishni rivojlantirish yo‘llari. Leksikani boyitish orqali nutqni tushuna olish texnikasi. Xorijiy til darslarida tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun autentik o‘quv materialini tayyorlash, o‘quvchilarga yetkazishda yangicha yondashuv. Autentik materiallar ustida ishlash metodikasi bilan tanishish. Tinglab tushunish materialini kontekst orqali tushunish. Gapirish, tinglash, o‘qish va yozuvni bir-biri bilan uyg‘unlashuvi.
Xorijiy til darslarida gapirishni rivojlantirish yo‘llari. Leksikani boyitish orqali nutqni o‘stirish texnikasi. Xorijiy til darslarida gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun o‘quv materialini tayyorlash, o‘quvchilarga yetkazishda yangicha yondashuv. Og‘zaki muloqot, ravon gapirish, fikrlay olish, munosabat bildira olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. Gapirish ko‘nikmasini baholash talablari. “Hikoya aytish” (story telling) metodi orqali xorijiy tilde gapirishni rivojlantirish.
O‘qituvchilar bilan til o‘rganuvchilarning turli “Beginner”, “Elementary”, “Intermediate” (A1, A2, B1, B2) darajasiga mo‘ljallangan matnlarni o‘qish texnikalari (scanning, skimming, speed reading, intensive reading va extensive reading, pre-, while-, post reading activities) bo‘yicha berilgan matnlarni o‘qish. O‘qish ko‘nikmasi va malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullar yordamida berilgan topshiriqlarni tahlil qilish. O‘qish texnikasini rivojlantirishning turli yo‘llari. PISA, PIRLS xalqaro tadqiqotlarini talablari asosida o‘quvchilarda matnni o‘qish va tushunish, tahlil qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Xorijiy tilni o‘rgatishda interfaol metodlarning (graphic organizer) roli va ahamiyati. Zamonaviy interfaol usullar va ulardan xorijiy tilni o‘qitishda foydalanish. Xorijiy tillarni o‘qitishda interfaol metodlarni (brainstorming, incident process, cluster, information gap activity, jig-saw activity and etc.) o‘rni.
Grammatikani taqdim qilishning inductive va deductive usullaridan foydalanib xorijiy til grammatikasini o‘rgatish. Grammatikani o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va metodlarni qo‘llashni hamda o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘yinlar va videolavhalardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatish. Qoidasiz grammatika usuli.
Xorijiy tilni o‘rgatishda lug‘at boyligining ahamiyati. Leksikani boyitish uchun mo‘ljallangan mashqlar. Matnni o‘qish va tinglash orqali so‘z boyligini oshirish texnikalari. O‘quvchilarga yangi so‘zlarni taqdim qilishda ularning tayanch bilimlarini hisobga olishning unumli va natijaviy usullari.
Xorijiy til o‘qitishda turli xil o‘rganish usullari (visual, auditory, tactile, kinesthetic and others ). Tilni oson o‘rgatish uchun o‘rganish usullarini aniqlash yo‘llari. Turli xil o‘rganish uslublariga mos o‘quv materiallarini tayyorlash.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining yosh davr xususiyatlari. Yosh o‘rganuvchilarga mos metodlarni tanlash. Og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. Asosiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari.
Xorijiy til darslarida TPR (Total Physical Response) metodidan foydalanish. Boshlang‘ich bosqichdagi til o‘rganuvchilarga TPR metodi orqali xorijiy tilni o‘rgatishdagi afzalliklar.
Darsni tashkil qilish va boshqarish usullari. Dars jarayonida ko‘rsatmalar berishning ahamiyati. Sinfda o‘quvchilarga to‘g‘ri ko‘rsatma va tushuntirish berishning afzalliklari va kamchiliklari.
Xorijiy tillarni o‘rganishda diktant turlari (Learner to learner, teacher to learner, computer to learner) va ulardan unumli foydalanish usullari. Til o‘rganuvchilarning asosiy nutq ko‘nikmalarini( tinglab tushunish, o‘qish va yozish) rivojlantirishda diktant turlaridan (Word class dictation, Change the text dictation, Letter dictation, Student controlled dictation and etc.) foydalanishning roli va ahamiyati. Diktant tekshirish va tahlil qilish usullari.
Xorijiy tilni o‘rgatishda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish texnologiyalari bilan tanishtirish va ulardan samarali foydalanish. Xorijiy til o‘rgatish metodlarini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslari. Xorijiy tilni o‘qitish metodlardan samarali va o‘rinli foydalanish. Ushbu metodlar yordamida xorijiy tilni amaliy o‘rgatish. Ushbu metodlarning qo‘llanilishidagi farqlar.
Xorijiy til darslarida CLT metodidan foydalanish, ushbu metodning roli va ahamiyati. CLT metodining qo‘llanilish maqsadlari va vazifalari. CLT metodining boshqa metodlardan farqi va afzalliklari. Xorijiy tilni dars jarayonida va real vaziyatlarda amaliy qo‘llay olish.
Mahorat darslari. Hududiy markazda o‘tkaziladigan mahorat darslarini kuzatish va tahlil qilish. Darsni kuzatish va tahlil (ilmiy, metodik, didaktik, umumpedagogik va umumpsixologik) qilish tartibi, rejasi va joriylanishi. O‘qituvchining darsga kasbiy tayyorgarligi: darsni tashkil qilish va o‘tkazish. Pedagogik ijodkorlik. Darslarga kirish va ularni tahlil qilish texnikasi. Dars kuzatuvchilarning vazifalari va ularga qo‘yiladigan talablar. Xorijiy tildan mahorat darslarni kuzatish, ilg‘or pedagogik tajribalarini o‘rganish, muhokama qilish va baholash.
Mahorat darslarini kuzatishdan ko‘zlangan maqsadlar. Ochiq, ko‘rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo‘yilgan talablar asosida darsni tahlil qilish.
Darsni baholash mezonlari:
1) o‘qituvchining darsga tayyorgarligi tahlili (dars ishlanmasi, taqvim-mavzu reja, o‘quv dasturi, darslik, dars taqdimoti, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va h.k.larni oldindan hozirlab qo‘yilganligi).
2) dars mazmuni tahlili (dars maqsadining to‘g‘ri belgilanganligi, mavzuning boshqa fanlar bilan bog‘langanligi, dars mavzusini mustahkamlash uchun berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri tanlanganligi, o‘qituvchining o‘z fanini qanchalik mukammal bilishi).
3) darsning uslubiy tahlili (o‘qitishning turli usullaridan to‘g‘ri va o‘rnida foydalanganligi, darsning interfaollik darajasi (o‘quvchilarni faollashtiradigan guruhlarda yoki mustaqil ishlashiga sharoitning qanchalik yaratilganligi), dars vaqtining to‘g‘ri taqsimlanganligi, o‘quvchilarning darsdagi guruhiy yoki mustaqil ishining to‘g‘ri tashkil qilinganligi, o‘quv materiallarining tabaqalashtirilganlik darajasi (yaxshi va qiyin o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga munosabat).
4) o‘qituvchining pedagogik mahorati tahlili (o‘qituvchining dars mavzusini ravon tilda tushuntira olishi, o‘qituvchining darsda o‘zini dadil tuta olishi, motivatsiya (o‘quvchilarni ta’lim olishga undash) va uni rag‘batlantirib borishi, dars davomida ijodiy, ta’limiy muhitni yarata olganligi, darsga oid ko‘rgazmali qurollar, jihozlar va asboblardan o‘rnida foydalanganligi, o‘quvchilarning faolligi).
5) darsda darslik va boshqa qo‘shimcha o‘quv materiallaridan foydalanish tahlili (darsda darslikdan samarali foydalanish darajasi, qo‘shimcha o‘quv materiallaridan foydalanish darajasi).
6) darsda AKT va ta’limning boshqa vositalaridan foydalanish tahlili (o‘qituvchining proektor, multimediya va boshqa texnik vositalardan foydalana olish darajasi, o‘qituvchining tayyorlagan taqdimot sifati yoki o‘quv doskasidan samarali foydalana olishi, taqdimot sifati yoki mavzu asosiy momentlarining doskaga yozib borilishi).
7) darsda yaratilgan ta’limiy muhit va munosabatlar tahlili (o‘qituvchining o‘quvchilarga nisbatan munosabati: xushmuomalaligi, til topa olishi, o‘quvchilarning bir-birlariga nisbatan munosabati: o‘zaro yordam, hurmat, hamjihatlik, o‘quvchilarning o‘qituvchiga nisbatan munosabati: hurmat, intizom, eshitish).
8) Baholash va darsga yakun yasash tahlili (o‘quvchilarning dars davomida bilim va ko‘nikmalarining to‘g‘ri baholab borilishi, baholash topshiriqlarining dars maqsadidan kelib-chiqib tuzilganligi, dars oxirida darsga yakun qilinishi, refleksiya) asosida xorijiy til darsini kuzatish hamda uni didaktik (ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish.



Download 52,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish