M. Mirsaidov


Valyuta operatsiyalari mexanizmi



Download 0,66 Mb.
bet78/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

Valyuta operatsiyalari mexanizmi


Valyuta bozorlari asosini banklararo valyuta operatsiyalari tashkil etadi.
Valyuta bitimi bu-tomonlar o’rtasidagi kelishilgan vaqtda belgilangan kurs bo’yicha valyuta konversiyasini o’tkazish majbu- riyatidir. Valyuta operatsiyalari jarayonida ularning valyuta po- zitsiyalarini aniqlab beruvchi chet el valyutalariga bo’lgan talabi va majburiyatlari nisbatida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Talab va majburiyat muvozanati teng bo’lsa, valyuta pozitsiyasi yopiq hisob-lanadi. Agar talab va majburiyat nisbati bir-biriga to’g’ri kel-masa, valyuta pozitsiyasi ochiq hisoblanadi.
Naqd valyuta bilan savdo quyidagicha amalga oshiriladi:

    • kassa bitimi (spot hisob-kitobi)

    • shoshilinch-tezkor valyuta bitimi.

Kassa bitimi «spot» bitimi asosida amalga oshiriladi. Kassa bitimi valyutaning o’zgarib qolishi natijasida ko’riladigan za-rardan qochib, kapitalni tez ko’paytirish maqsadida tashqi savdo operatsiyalarida qatnashish uchun chet el valyutasini tezkor olishda qo’llaniladi. Bunday operatsiyalar valyuta bozorlarida keng qo’l-laniladigan bo’lib qoldi.
Kassa bitimining o’ziga xos xususiyatlari:

    • bitim tuzish payti, ko’pincha, amalga oshirish payti bilan to’g’ri keladi yoki amalga oshirish ikki kunga kechishi mumkin;

    • sotilgan valyuta telegraf orqali belgilangan hisob raqami-ga o’tkaziladi;

    • asosan telegraf o’tkazish kursi qo’llaniladi; telegraf o’tka-zish kursiga har doim valyuta bozori qatnashchilari tomonidan valyuta kursining asosiy ko’rsatkichlari sifatida qaraladi;

    • uzil-kesil hisob-kitob qilib bo’lingandan keyin «spot» muddatini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega. Chunki bozor to-monlarning birortasi boshqalarga kredit bermasligini kafolat-laydigan bahoni kompensatsiya qilish printsipi asosida faoliyat ko’rsatadi. (masalan, London banki funt berayotgan kuni Amerika banklari dollar ekvivalentini qo’llashlari kerak).

«KESh» termini-shartnoma tuzilgan kunning o’zida qilina-digan hisob-kitob shartnoma turiga kiradi. (Shimoliy Amerika bozorida). Evropa va sharqdagi bozorlarda bu shartnoma «shu kun-ning o’zida shartnoma hisob-kitobi» deb nom olgan. Er shari min-taqalarida vaqt o’rtasidagi, dam olish kunlaridagi farqlarni hi-sobga oladigan bo’lsak, banklar o’rtasidagi operatsiyalarni bir vaqtning o’zida o’tkazish juda
mushkul. Yaxshi rivojlangan pul bozorlarida foiz (%) sutkalik overdraft bo’yicha hisoblab o’tka-ziladi, overdraftning o’zida kun davomida foiz (%) qo’shimchasi qo’shilmaydi. Tuzilgan shartnoma dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, «spot» shartnomasi kuniga o’zgartirish (korrektirovka) kiritiladi.
Shoshilinch-tezkor valyuta shartnomasi-tashqi iqtisodiy ope- ratsiyalar bo’yicha to’lovlarni sug’urtalash hamda chetga kapital chiqa- rish, arbitraj foyda olish maqsadida real valyuta yuzasidan tuzi-ladi. Shoshilinch-tezkor operatsiyaga forvard va optsion shartnoma kiradi. Shartnomaning ma’lum muddatga tuzilishining sabablari quyidagilardan iborat:

  • Tijorat maqsadlarida ishlatiladigan valyutaning konvert- lashganligi, kelgusidagi to’lovlar uchun chet el valyutalari oldi-sotdisini o’z vaqtida kechiktirmasdan o’tkazish, valyuta tavakkalchi-ligining oldini olish uchun:

  • valyuta kursining tushib ketishi ehtimoli tufayli ko’rila-digan zararni qoplash maqsadida chetga chiqarilgan to’g’ridan-to’g’ri yoki portfel investitsiyani sug’urtalash;

  • Kurslar o’rtasidagi farqlar hisobidan spekulyatsiya qilish yo’li bilan foyda olish; 1972 yildan buyon xedjerlash va foyda ko’rish (f’yuchers) maqsadida shoshilinch-tezkor birja valyuta ope-ratsiyalari sinab ko’rilmoqda.

Valyuta kursi, foiz (%) stavkalari, soliqqa tortishda keskin o’zgarishlar yuz berishi, valyutani cheklash yoki valyutani cheklashni kuchaytirish, qarzdorlar qarzlarini uzishi yanada yomonlashuvi ku- zatilganda xalqaro hisob-kitobda valyutadan muddatli foydala-nish joriy etiladi.
Import qiluvchilar milliy valyutalar kursining pasayishini kutib to’lovlarni tezroq to’lashga intiladilar yoki chet el valyuta-sini ma’lum muddatga sotib oladilar, eksport qiluvchilar, aksin-cha, qo’llaridagi valyutalarini ushlab turadilar yoki kelgusi valyu-ta tushimini ko’zlab muddatli sotuvga ham chiqarmaydilar.
Valyutaning forvard kursi shunday kurski, ana shu kurs bo’yicha valyuta ma’lum bir muddat ichida sotib olinishi yoki sotilishi mumkin.
Valyutaning oddiy forvard kurslari bozor «svop» kursining mukofotlari hamda diskontiga asoslangan bo’lib, mukofotlar «spot» kursiga qo’shiladi, diskontlar «spot» kursidan ayriladi (to’g’ri kotirovka bo’yicha). Forvard kurslari kotirovkalashmaydi, ikkita elementga-kurs
«spot» hamda forvard marja kursiga ega bo’ladi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish