Valyuta kursi o’zida milliy va xorijiy valyutalarning o’zaro nisbatini aks ettirib, bu nisbat ham ishlab chiqarish sohasiga, ham muomala sohasiga ta’sir etuvchi bir qator omillar bilan aniqlanadi. Valyuta kursi mamlakat pul birligining ifodasi bo’-lib, boshqa mamlakatlar pul birligidagi «narx»ni ifodalaydi.
Valyutalar kursi dinamikasi bir qator omillar bilan bel-gilanadi:
Valyutaning xarid qobiliyati, inflyatsiya sur’ati
Valyutaga talab va taklif nisbati
Turli mamlakatlarda foiz stavkalari darajasi o’rtasidagi farq
Valyuta bozorlari faoliyati va spekulyativ valyuta operatsiya-lari
Valyuta kursini davlat tomonidan tartibga solib turilishi
Xalqaro jahon bozorida valyutaga bo’lgan ishonch darajasi
Iste’molchilarni boshqa mamlakatlarning tovarlariga bo’l-gan qiziqishlarini o’zgarishi valyuta ayirboshlashlar mutanosib-ligi ularni kotirovkalash orqali o’rnatiladi.
Valyuta kotirovkasi – deyilganda valyutani birjada baho-lash va chet el valyutasi kursining milliy valyutaga nisbatan kur-sining aniqlanishi va o’rnatilishi tushuniladi. Kotirovkalash davlat va yirik tijorat banklari tomonidan o’tkaziladi.
Hozirgi paytda valyutani kotirovkalash ikki usulda amalga oshiriladi.
To’g’ridan-to’g’ri kotirovka. Bu kotirovka xorijiy valyuta birligini milliy valyutada ifodalanishi bo’lib, ko’pchilik mamla-katlarda qo’llaniladi: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki-ning 2006 yil 24 yanvarda xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan o’rnatilgan kurslari: 1$
= 1186,73 so’m, 1 evro = 1452,91 so’m, 1 rossiya rubli = 41,95 so’m, 1 SDR = 1715,44 so’m.
Teskari kotirovka. Milliy valyuta birligining xarijiy valyutada ifodalanishi. Masalan, 1 so’m = I/1186,73 AQSh dollar, 1 so’m = II/452,91 evro.
Buyuk Britaniyada teskari kotirovka ko’proq qo’llaniladi. Bu tarixiy an’ana bilan bog’liq odatlardan biri: Londonda 1ft.st. = 1,5387$
Chet el valyutasining milliy valyutadagi kotirovkasi banklar tomonidan savdo-sanoat mijozlari bilan bo’lgan operatsiyalar chog’ida ko’proq ishlatiladi. Banklararo valyuta bozorida kotirovka AQSh dollariga nisbatan olib boriladi.
Xalqaro savdo va valyuta kredit operatsiyalarida foydalani-ladigan turli xil milliy valyutalar valyuta bozorida bir-biriga ma’lum bir nisbatda
almashtiriladi. Xalqaro tajribada almash-tirishning ikki turidan foydalaniladi.
Nominal almashtirish kursi (nominal exchange rate) ikki mam-lakat valyutasi narxi nisbiyligini, boshqacha qilib aytganda, bir valyutaning narxi ikkinchi bir valyuta birligida ifoda etilishi-ni bildiradi.
Egiluvchan valyuta kursi tizimida almashtirish kursi valyuta bozoridagi valyutalar narxi muvozanatiga qarab belgilanadi. O’z zimmasiga xohlagan miqdordagi chet el valyutasini belgilangan kurs bo’yicha sotib olish va sotish huquqini olgan Markaziy bank fiksirlangan tizimdagi kurs bo’yicha milliy valyuta kursini o’r-natadi. Odatda, Markaziy bank milliy valyuta kursini erkin tebranish doirasida o’rnatadi. Agar valyuta narxi o’rnatilgan chega-raga yaqinlashsa M.B interventsiyani qo’llaydi, eng past chegaraga yaqinlashsa, shu valyutani sotib oladi yoki chet el valyutasi yohud oltinga almashtiradi. Agar yuqori chegaraga yaqinlashsa, shu valyu-tani sotadi yoki chet el valyutasi yohud oltinga almashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |