Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning notarif usullari
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning notarif usullari o’zining ta’sir kuchi darajasiga qarab ikki guruhga bo’-linadi:
To’g’ri usullar – bu usul ochiq-oydinligi bilan ajralib turadi hamda huquqiy me’yoriy hujjatlar bilan aniqlanadi. Bu-larga kvotalash, litsenziyalash, eksportning ixtiyoriy cheklash ichki soliqlar kiradi.
Yashirin usullar – bu usul matbuotda rasman e’lon qilin-magan davlat idoralarining turli yo’riqlari, bozor munosa-batlari bilan bog’liq tadbirkorlikda yuzaga kelgan ahvol; tashki-lotlarning siyosiy, ijtimoiy va madaniy faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Tartibga solishning notarif usulini qo’llashdan ko’zda tutil-gan maqsad:
import hajmini qisqartirish (import narxi ko’tarilma-guncha);
import narxlarini oshirish (narx himoyasi samarasi tarif samarasi bilan taqqoslab ko’riladi);
import tovarlariga talabning elastik o’zgarishi (kvota talab elastikligini kamaytiradi);
bozor kon’yunkturasidan qat’i nazar tovarlar miqdori va qiymatini belgilaydi.
Keyingi 20 yildan beri tartibga solishning notarif usul-lari milliy bozorlarni himoya qilishning asosiy vositasi bo’lib kelayapti. Dunyo mamlakatlari ichki bozorlarini notarif himoyalash darajasi 16,5 foizni tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich sanoati ri-vojlangan mamlakatlarda 10,4 foizga, rivojlanayotgan mamla-katlarda 21,9 foizga teng. O’tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan ba’zi bir mamlakatlarda bu ko’rsatkich yuqori bo’lib, Polshada 32,4 foizni, Vengriyada 19,5 foizni tashkil etadi. Bu raqamlar OESRning bergan baholari natijalarini ko’rsatib tu-ribdi.
Notarif usullar Evropa Ittifoqi mamlakatlari va AQShda amaliy jihatdan keng tarqalgan. Bu usullar AQSh boj tarifi po-zitsiyalarining 16,8 foiziga yoyildi. Evropa Ittifoqi mamlakat-larida 19,1 foiz, Yaponiyada – 10,7 foiz, Kanadada – 10,4 foiziga tarqaldi. Shu bilan birga, Yangi Zelandiya, Islandiya, Turkiya kabi mamlakatlarda bu usul amaliy jihatdan unchalik qo’llanilmaydi.
Tartibga solishning notarif usullari Jahon savdo tashki-lotining tasnifiga ko’ra besh guruhga bo’linadi:
davlatning savdodagi ishtiroki, cheklangan amaliyot va umu-miy
xarakterga ega bo’lgan davlat siyosati;
bojni tartibga solish (protseduralari va ma’muriy rasmiyat-chilik);
savdodagi texnik to’siqlar;
shunga o’xshash xarakterdagi miqdor va o’ziga xos chegaralash;
to’lovlar mexanizmiga qo’yilgan garovni cheklash.
Davlatning savdodagi ishtiroki, cheklangan amaliyot va umumiy xarakterga ega bo’lgan davlat siyosati shulardan foydalanishni ko’z-da tutadi:
Subsidiya va boshqa turdagi yordamlar-eksport uchun va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yo’naltirilgan, soliq imtiyozlarini, yordam bilan «bog’liq» ikki tomonlama das-turni, imtiyozli kreditlashni kafolatlagan eksport kreditlarini qamrab olgan to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita dotatsiyalar.
Davlat tomonidan sotib olinishi.
Davlat savdo tashkilotlari, davlat monopoliyasi va alohida frangayzing – savdo amaliyotida davlat tomonidan qo’llaniladigan cheklashlar, hukumat sanktsiyasi, xalqaro yuk tashish sohasida kamsi- tilishlarga yo’l qo’ymaslik haqidagi kelishuv.
Davlatning sanoati sohasidagi siyosati hamda sanoatda hukmron bo’lgan rayonlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Ilmiy tadqiqot ishlarini davlat tomonidan moliyalash-tirish va boshqa yo’nalishdagi texnologik siyosatni olib borishda shaxsiy intellektual mulkni (patentlar, savdo markalari, mual-liflik huquqi) himoya qilishni o’z ichiga qamrab olgan xususiy firmalarga yordam ko’rsatish
Kompensatsion boj – Bu maxsus import bojlari bo’lib ma-halliy ishlab chiqaruvchilarga zarar keltirgani uchun import to-varlardan olinadigan boj. Bu bojlar chet el davlatlari tomonidan eksportni subsidiyalashni chetlashtirishga qaratilgan.
Soliqqa tortishning milliy tizimi va ijtimoiy sug’urtalash
Makroiqtisodiy siyosat – yalpi milliy mahsulot (YaMM)ga, mamlakatning tashqi savdosiga, kapital harakatiga ta’sir o’tka-zuvchi pul-kredit sohalarini, to’lov balanslari va boshqalarni tartibga solishga qaratilgan siyosat.
Raqobat siyosati – raqobatni rag’batlantirish yoki cheklashga qa- ratilgan antimonopoliya va boshqalarni tartibga solish siyosati.
Chet el investitsiyasiga nisbatan yuritiladigan siyosat - qanday maqsadlarda ishlatish shartlarini o’z ichiga olgan chet el inves- titsiyasining oqimi va qaytishiga erishish qonun-qoidalari va mo-
nitoringi.
Milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatlardan himoya-lash shakllaridan biri hukumatning tovarlarni sotib olish tizi-mi hisoblanadi. Bu tizimga muvofiq hukumat tashkilotlari ma-halliy tovar ishlab chiqarishga imtiyozlar beradi. Bu imti-yozlarning umumiy hajmi milliy yalpi milliy mahsulotning 10-15 foizni tashkil etadi. Bundan ko’zlangan maqsad eng yuqori sifatli tovarlarni va xizmatlarni ancha arzon narxlarda xarid qilishdir.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan hukumatning prefe- rentsional munosabati – chet el tomonidan taqdim etilgan narxni tabaqalashni mol etkazib beruvchi ayrim mamlakatni tanlab olish siyosati; chet el firmalari (partnerlarga faqat milliy bozordan hukumat shartnomasida ko’rsatib o’tilgan molni sotib olishda qo’-yiladigan talab; faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taalluqli hukumat shartnomalarining ayrim turlarini zaxiralashni o’z ichi-ga oladi.
Yashirin turdagi diskriminatsion ko’rinishga ega hukumat sav-dosi o’z ichiga quyidagilarni oladi.
Tender savdosini o’tkazishni tanlash,
Tender savdosi ishtirokchilarini ogohlantirish vaqtini va usullarini belgilashda diskriminatsiya (kamsitish) usuli.
Milliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini ko’zlab qo’lla-niladigan standartlar va qonun-qoidalar.
Qaytadan mol etkazib beruvchilarning muhim shartlari haqi-da qisqacha axborot berish.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlashning eng yuqori darajasi qishloq xo’jaligida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ish-lab chiqaruvchilar dotatsiya ekvivalentining ishlab chiqarish hajmi bahosiga qarab 3 foiz atrofida o’zgarib turadi. Yangi Zelandiya va Shveytsariyada 76 foizni tashkil qiladi. Buning eng yuqori dara-jasi guruch (sholi), sut, shakar-qand ishlab chiqaruvchilar uchun xa-rakterli hisoblanadi. AQShda milliy ishlab chiqaruvchilarni sub-sidiyalash darajasi (ishlab chiqarish hajmi bahosiga nisbatan) 0,5 foizli tashkil etadi, hukumat shartnomalari bilan birga olib qaralganda 2 foizdan ko’proqni tashkil etadi.
Eksportni subsidiyalash samaradorligi kompensatsion boj-larni qo’llash bilan neytrallashtiriladi. Bu usul butun jahon iq-tisodiyotida ijobiy samara bersa ham, ba’zi bir davlatlarda naf bermasligi mumkin.