Meteoritlar. Ba’zan samoning «daydi» toshlari ancha katta bo‘lib, Yer atmosferasi qatlamidan o‘tayotganda yonib ulgurmaydi va bolid ko‘rinishida Yer sirtiga tushadi (87-rasm). Ular meteoritlar deb yuritiladi. Meteoritlar asosan toshdan, temirdan, tosh-temirdan va ba’zan muzdan iborat bo‘ladi.
1908-yili Sibir taygasiga tushgan boshqa bir osmon jismining nimadan iborat bo‘lganligini aniqlash olimlar orasida o‘n yillab cho‘zilgan tortishuvga sabab bo‘lib, hozirgacha ham sirliligicha qolmoqda.
Sibir «mehmoni» Podkamennaya Tunguska daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Vanavara qishlog‘idan yuz kilometrcha shimoli-g‘arbga ertalab, Quyosh biroz ko‘tarilganda tushdi. Yerni kuchli larzaga solgan bu osmon jismi keyinchalik Tungus meteoriti nomi bilan fanda tanildi.
Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, planetamizga yiliga 500 dan ortiq bunday toshlar uchib keladi. Biroq Yer yuzining qariyb 70 % suv bilan qoplanganligini e’tiborga olsak, bu toshlardan 350 ga yaqini dengiz va okean tublariga tushib, izsiz yo‘qoladi. Quruqlikka tushuvchi
qolgan toshlar hammasi ham aholi yashaydigan joylar atrofiga tushavermaydi, albatta, shuning uchun ularni ko‘rish har kimga ham nasib qilmaydi.
Osmon toshlarining Yerga tushishi juda qadimdan kuzatilgan bo‘lib, bu tosh- lar muqaddas hisoblangan. Shunday sa- mo jismlaridan biri 1514-yili Germaniya- ga tushgan tosh meteorit bo‘lib, u tushgan maydon yaqinida joylashgan cherkovga o‘rnatilgan va qayta «osmonga uchib ketmasligi uchun» temir zanjirlar bilan bog‘lab qo‘yilgan. Bu cherkov xudojo‘ylar uchun muqaddas qadamjoga aylangan.
7–Astronomiya, 11-sinf
Garchi meteoritlar Yer atmosferasiga sekundiga o‘nlab kilometr tezlikda kirsa- larda, havoning katta qarshiligi tezda ularni
«hovuridan tushiradi». Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, Yerga urilish paytida ularning o‘rtacha tezligi sekundiga 200–300 metrni tashkil qiladi.
Tezligi sekundiga 4 kilometrdan ortiq bo‘lgan ayrim toshlarning Yerga urili- shidan ajralgan energiya har qanday shun-
day massali portlovchi moddadan (portlash
paytida) ajralgan energiyasidan bir necha marta ortiq bo‘ladi. Bunday katta tezlik bilan uriluvchi meteorit energiyasining
bir qismi uni to‘la bug‘latib yuborishga sarf bo‘lsa, qolgan qismi krater hosil qilish va tuproqni isitishga ketadi. Bunday katta tezlikka erishuvchi meteoritning massasi juda katta (taxminan 100 tonna) bo‘lishi hisoblashlardan ma’lum. Shuning uchun ham massasi 100 tonnadan ortiq meteoritlarni Yerda topib bo‘lmaydi, ular Yerda ulkan kraterlarnigina qoldiradilar. Meteorit hosil qilgan bunday yirik kraterlardan biri Arizona shtatida (AQSH) topilgan bo‘lib, uning diametri 1300 metrga, chuqurligi esa 175 metrga yetadi (88-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |