Planeta
|
n
|
Planetaning Titsius formulasi yordamida hisoblangan katta yarim o‘qi (a.b.)
|
Planetaning Quyoshdan o‘rta- cha uzoqligi (a.b.)
|
1
|
Merkuriy
|
-∞
|
0,4
|
0,4
|
2
|
Venera
|
0
|
0,7
|
0,7
|
3
|
Yer
|
1
|
1,0
|
1,0
|
4
|
Mars
|
2
|
1,6
|
1,52
|
5
|
?
|
3
|
2,8
|
–
|
6
|
Yupiter
|
4
|
5,2
|
5,2
|
7
|
Saturn
|
5
|
10,0
|
9,5
|
Titsiusning kashfiyotidan xabar topgan berlinlik astronom Iogann Bode bu empirik munosabatni qayta ko‘rib, to‘g‘riligiga ishonch hosil qildi va uni keng
targ‘ib qilishda katta xizmat ko‘rsatdi. Shundan so‘ng bu qonun Titsius-Bode nomi bilan dunyoga tanildi. Bu qonunga ko‘ra qadimda Mars bilan Yupiterning oralig‘ida Quyoshdan o‘rtacha 2,8 astronomik birlik masofada yana bir planeta bo‘lganligiga endi ko‘pchilik astronomlar shubha qilmaydigan bo‘lishdi.
Italiyalik astronom Piatssi bu sohada 1801-yilning boshida Savr yulduz turkumidan bir osmon jismini topdi. Unga Serera deb nom qo‘yishdi. Shundan so‘ng 1807-yilgacha olimlar tomonidan Quyoshdan shunday masofada yana 3 ta – Pallada, Yunona va Vesta nomli mayda planetalar topildi. Ularga asteroidlar (yunonchada «yulduzsimon») degan nom berildi. 1890-yilda ularning soni 36 taga yetdi. Topilgan mayda planetalar qadimgi rim afsonalarining qahramonlari, xudolarning nomlari bilan yuritiladigan bo‘ldi. So‘ngra ularning soni juda ko‘payib ketgach, 45-sidan boshlab oddiy ayollarning nomi, keyinroq esa asteroidlarga Filosofiya, Geometriya, Yustitsiya kabi fan nomlari hamda geografik nomlar beriladigan bo‘ldi.
Urush yillarida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan astronom G.Neuy- min topgan asteroidlardan biriga (1351-sonlisiga) «O‘zbekistoniya» deb nom berildi. Asteroidlarning massalari 2,38 · 1019 kg dan (Vesta), ya’ni Yer massasidan 25 ming marta kichik, to 1012 kg (Germes) gacha bo‘lib, o‘rtacha zichligi 2 g/cm3 dan (toshli asteroid) to 7–8 g/cm3 gacha (temir-nikelli asteroid) boradi. 81-rasmda
bir guruh asteroidlarning Quyosh atrofidagi orbitalarining o‘zaro joylashishlari tasvir- langan.
Asteroidlardan Ikar, Germes, Eros va Adonislar Yerga davriy ravishda yaqin- lashib turadi. Hisoblashlar ular Yerga 1 mln. km dan 23 mln. km gacha yaqinlashishlari mumkinligini ko‘rsatdi.
Biroq asteroidlarning Yerga davriy ra- vishda yaqinlashib turishidan tashvishga
tushishga hojat yo‘q. Chunki bunday aste- roidlar orbitalarining hisob-kitobi bilan Xalqaro Astronomik Ittifoqning bir guruh olimlari doimiy shug‘ullanishadi. Binobarin, planetamiz bilan biror asteroidning to‘qna-
shish ehtimoli ro‘y berishini ular bir necha yil oldindan ogohlantira oladilar. Bunday ogohlantirish asosida, olimlarimiz Yerni asteroid bilan halokatli to‘q- nashuvdan asrab qolishning turli yo‘llarini allaqachon topib qo‘yganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |