Ekzoplanetalar. Insoniyat Koinot sirlarini chuqurroq anglab borar ekan, o‘ziga o‘zi «biz Koinotda yolg‘izmizmi?» degan savolni ko‘p martalab bergan. Lekin bu savolga haligacha aniq javob topilgani yo‘q. Quyosh sistemasi planetalarini o‘rganish, bu hududda Yernikiga o‘xshash hayotning izlarini topmadi. Shuning uchun ham biz Quyosh sistemasida yakkamiz, deb aytishimizga asos bor.
Biroq astronomlar Quyoshning Koinotda noyob yulduz emasligi, unga o‘xshash yulduzlar son-sanoqsiz ekanligini allaqachon aniqlashgan. Shunga ko‘ra, milliardlab yulduzlarning ayrimlarining atrofida ham Yerga o‘xshash planetalar harakatlanib, ularda ongli hayotning rivojlanishi uchun Yerdagidek shart-sharoit bo‘lishi mumkin. Boshqa yulduzlarning yo‘ldoshlari sanalgan bunday planetalarga ekzoplanetalar (lotincha «ekzo» – tashqari degani) deyiladi.
Birinchi ekzoplaneta 1995-yilda ochildi. Jeneva (Shveysariya) observato- riyasining astronomlari M.Mayor va D.Kveloslar tomonidan yaratilgan spektr chiziqlarning siljishini yuqori aniqlikda (13 m/sek) o‘lchay oluvchi yaratilgan
spektrometrlari bunga imkon beradi. Ular 1994-yildan boshlab galaktikamizda Quyoshga yaqin joylashgan 142 ta quyoshsimon yulduzlarning nuriy tezliklarini muntazam o‘lchashga kirishdilar va tez orada 51 Pegas yulduzi, uning atrofidagi massasi Yupiternikiga yaqin yo‘ldoshi ta’sirida 4,23 sutkalik davr bilan «tebra- nayotganini» topdilar.
Bunday izlanishlar natijasida XX asrning oxirigacha 20 tacha ekzoplaneta kashf etildi. 2009-yilning mart oyida orbitaga chiqarilgan «Kepler» kosmik apparatiga o‘rnatilgan teleskop yordamida 1000 dan ortiq ekzoplaneta topildi.
Hozirgi kunga qadar ochilgan ekzoplanetalar temperaturasi va kimyoviy tar- kiblariga ko‘ra turli-tumandir. Yupiter planetasiga o‘xshash (massasi 0,19 dan
13 Yupiter massasigacha) eng katta ekzoplanetalarga «Yupiterlar» deb nom berilgan. «Yupiterlar» asosan vodorod va geliydan tashkil topgani bois ularni Quyosh sistemasidagi Yupiter va Saturn planetalari guruhiga kiritish mumkin.
«Yupiterlar»dan anchagina kichik bo‘lgan ekzoplanetalar «Neptunlar» deyiladi. Ularning massalari 7 dan 60 Yer massasigacha boradi. Bunday planetalar suv, ammiak, karbonat angidrid muzlaridan va qoya toshlaridan tashkil topgan bo‘lib, Quyosh atrofida harakatlanuvchi planetalardan Uran va Neptunlarning guruhiga qo‘shish mumkin.
Eng kichik ekzoplanetalar «Yerlar» (massalari 7 Yer massasidan kichik) deb ataladi. Bu planetalar silikatlar, metall va boshqa qattiq jinslardan tashkil topib, ularni Quyosh sistemasidagi Yer, Mars, Venera va Merkuriy planetalarining guruh vakillari deyish mumkin.
2018-yilning 1-apreliga qadar astronomlar topgan ekzoplanetalar soni 3767 taga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |