M. Mamadazimov


Pluton va mitti planetalar



Download 7,58 Mb.
bet41/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

Pluton va mitti planetalar. 1880-yilda ingliz astronomi Forbs Neptunning harakatini uzoq yillar o‘rganib, undan tashqarida ham birorta osmon jismi bo‘lishi kerak degan fikrni bildirdi. XX asr boshida astronom Lovell noma’lum planetani qidirish bilan shug‘ullandi. Bu osmon jismi Pluton planetasi bo‘lib chiqdi. Uni 1930-yilda K.Tombo topdi.

XX asr oxiriga kelib, Neptun planetasi orbitasi tashqarisida ham asteroid- lar belbog‘i topildi va unga «Koyper belbog‘i» deb nom berildi. Buning sababi, 1951-yildayoq uning mavjudligini amerikalik astronom J. Koyper bashorat qilgan edi. Olimlar bu belbog‘ gigant planetalardan 35–50 a.b. uzoqlikda joylashgan bo‘lib, asteroidlar va kometalardan tashkil topgan degan fikrni berdilar.



1992-yilda Koyper belbog‘idagi diametri 280 km bo‘lgan 1992QB1 (Albion) – birinchi obyekt topildi. 2000-yilning may oyiga kelib topilgan transneptun (neptunorti) obyektlarining soni 300 taga yaqinlashib qoldi. Bu jismlarning bari planetalar singari Quyosh atrofida uning planetalari kabi to‘g‘ri yo‘nalishda aylanadi (82-a rasm). Ularni asteroid yoki kometa deb atash juda qiyin, chunki yangi ochilayotgan bu jismlarning diametri ancha katta bo‘lib, 100–800 km ni tashkil qiladi. Eng oxirgi tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, bu belbog‘da diametri 100 km dan katta bo‘lgan 70 000 dan ortiq obyekt bo‘lishi mumkin.


  1. b)



2003-yilda Kaliforniya texnologiya institutining astronomi Mayk Braun keyinchalik Erida nomini olgan 2003 UB313 «Xena» (Ksena yoki Zena) transneptun obyektini ochdi. Bu samoviy jismning o‘lchami Plutonnikidan ham katta edi. Shundan so‘ng jahon astronomlari o‘rtasida «Bu obyekt ham planetalar safiga qo‘shiladimi?» degan savol tug‘ildi. Bu savolga javob topish maqsadida Xalqaro Astronomiya Ittifoqi (XAI) professor O. Jingerix boshchiligida maxsus ishchi guruhni tuzdi. Bu guruh tavsiyasiga ko‘ra, XAIning 26-assambleyasida planetalar va mitti planetalarni bir-birlaridan farqlash uchun alohida ta’rif berildi:



    1. Planeta – Quyosh atrofida aylanuvchi osmon jismi. Sharsimon shaklda bo‘lib, yetarlicha katta va massiv bo‘lishi lozim. Bunday planetalar soni 8 ta: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. Bu guruhga

«klassik planetalar» degan nom berilgan.

    1. Mitti planetalar – Quyosh atrofida aylanuvchi osmon jismlari bo‘lib, tashqi jism kuchlaridan ustun bo‘lgan o‘z-o‘zidan gravitatsiyalanish ta’sirida sharsimon shaklni egallashi uchun yetarlicha katta – salmoqli bo‘lishi va boshqa planetalar- ning yo‘ldoshi bo‘lmasligi lozim. Mitti planetalar Plutonga o‘xshash bo‘lib, ularning eng yirigi Eridadir. Pluton, Xaron, Sedna hamda eng katta asteroid Serera ham aynan shu mitti planetalar orasidan joy olgan (82-b rasm).





  1. Download 7,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish