Astronomlarning eng muhim kuzatish quroli teleskoplardir. Teleskoplar osmon jismlarining ko‘rinma burchaklarini kattalashtirib hamda ularni bir necha marta ravshanlashtirib ko‘rsatadi. Shuning uchun ham teleskoplar yordamida osmonga qaralganda, Yerga yaqin joylashgan osmon jismlarining (Quyosh, pla- netalar va Oyning) sirtida ko‘z ilg‘amaydigan detallarini va xiraligi tufayli ko‘zga ko‘rinmaydigan ko‘plab yulduzlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Teleskoplarning asosiy qismi obyektiv deb atalib, u qavariq shaffof linza yoki botiq sferik ko‘zgudan yasaladi (34- va 35-rasmlar). Obyektiv kuzatilayotgan osmon jismidan kelayotgan nurni yig‘ib, mazkur jismning tasvirini yasaydi. Osmon jismining obyektiv tomonidan hosil qilingan tasviri okular deb atala-
digan linza orqali kuzatiladi. Hozirgi zamon teleskoplarida obyektiv yasagan tas- vir ko‘pincha fotoplastinkalarda yoxud raqamli qayd qilgich (PZS) qurilmalarda amalga oshiriladi. Agar teleskopning obyektivi linzadan yoki linzalar sistemasidan tuzilgan bo‘lsa, bunday teleskop refraktor deyiladi. Refraktorda nurning yo‘li 34-rasmda ko‘rsatilgan. Obyektivi botiq sferik ko‘zgudan iborat bo‘lgan teleskop esa reflektor deyiladi. Turli xil reflektorda manbadan kelayotgan nurning yo‘li 35-rasmda tasvirlangan.
Teleskoplarning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
Yoritgichdan kelayotgan nurlanishni qayd qilish (ko‘z, fotografik plastinka, fotoelektrik qayd qilgich, spektrograf va hokazolar yordamida).
Obyektivning fokal tekisligida, kuzatilayotgan yoritgichning yoki ixtiyoriy osmon jismining ravshanlashtirilgan tasvirini yasash.
Qurollanmagan ko‘z bilan qaralganda, ajratib ko‘rib bo‘lmaydigan, o‘zaro juda kichik yoy masofada joylashgan obyektlarni ajratib ko‘rsatish.
Endi oddiy refraktorning ishlash tamoyili bilan tanishaylik. Bunda teleskop obyektivi yoritgichdan kelayotgan nurni uning fokusi F da yig‘adi va shu nuqta-
dan bosh optik o‘qqa tik o‘tuvchi tekislik- da (fokal tekisligida) yoritgichning tasviri- ni yasaydi. Yasalgan tasvirga lupa rolini o‘tovchi qavariq linza (okular) yordamida qarab, kuzatilayotgan osmon jismi (plane- ta, Oy yoki Quyosh) burchak o‘lcha- mining kattalashganini ko‘ramiz. Binobarin, teleskop bizga qaralayotgan osmon jismini
Nyuton sistemasi
4–Astronomiya, 11-sinf
ham ravshanlashtirib, ham kattalashtirib berayotganiga guvoh bo‘lamiz. Yasalgan tasvirning ravshanlashishi teleskop obyektivining diametriga va fokus masofasiga,
D 2
aniqrog‘i, ularning nisbati
F
ga bog‘liq bo‘lgani holda, uning kattalashtirishi
obyektiv va okularning fokus masofalarining nisbati F
ga bog‘liq bo‘ladi.
f
Teleskop tasvirning ajrata olish xususiyati λ/D bilan xarakterlanadi. Bu yerda λ
nurning to‘lqin uzunligini, D esa teleskop obyektivining diametrini xarakterlaydi.
Tasvirni fotoplastinka yoki fotoelektrik yo‘l bilan qayd qilishga mo‘ljallangan bo‘lsa, unda okular kerak bo‘lmay, foto- plastinka yoki elektrofotometrning kiritish diafragmasi bevosita teleskopning fokal te- kisligida joylashtiriladi.
Birinchi refraktor mashhur italyan olimi G.Galiley tomonidan 1610-yili ishga tu- shirildi (36-rasm). Birinchi reflektorni esa 1648-yilda taniqli ingliz olimi I.Nyuton yasadi.
Dunyodagi eng yirik refraktor obyektivining diametri 1 metrni tashkil etib, u AQSHda qurilgan. Nisbatan yirik reflektorlardan biri ko‘zgusining diametri 6 m bo‘lib, Shimoliy Kavkazda o‘rnatilgan (37-rasm). O‘zbekistonda eng yirik refraktor teleskopi (qo‘shaloq astrograf) Kitob shahri yaqinidagi sobiq Xalqaro kenglik stansiyasida joylashgan. Uning obyektivining diametri 40 santimert. Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududida taxminan 3000 metr balandlikdagi Maydanak tog‘larida yirik astronomik observatoriya qurilgan bo‘lib, u yerda o‘rnatilgan reflektorning diametri 1,5 metr keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |