Labaratoriya ish 5
Mavzu: Metallarni payvandlash usullari
Ishdan kuzatilgan maqsad: Metallarni payvandlash usullarini o‘rganish.
2. Umumiy mahlumotlar.
Metallarni payvandlash usullari ko‘p (elektr yoy yordamida, gaz alangasi yordamida, kontaktli payvandlash va h.k.) bo‘lib, ulardan foydalanish ishlash sharoitiga qarab tanlanadi.
Mashinasozlikda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bu elektr yoy yordamida payvandlash usuli. Elektr yoy yordamida payvandlash oddiyligi va turli metallarni har xil holatda puxta payvandlashi sababli keng foydalaniladi. Bunda chok sifati, ish unumdorligi payvandlanuvchi metallar xiliga, markasiga, tipiga, qalinligiga, payvandlashga tayyorlanganligiga, fazodagi holatiga, tok xiliga, payvandlash rejimiga, ishchi malakasiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq.
Metallarni uchma-uch qilib metall elektrod bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlashda ularning qalinligiga ko‘ra payvandlash joylarini qanday tayyorlash kerakligi 3.1-rasmda ko‘rsatilgan.
SHuni qayd etish joizki, barcha payvandlash ishlari maxsus xonada bajariladi.
Odatda, kichik va o‘rtacha o‘lchamli buyumlarni payvandlash u qadar katta bo‘lmagan xonada (2500x2000x2100 mm li), tegishli moslamalar bilan jihozlangan, zarur tok keltirilgan, barcha xavfsizlik texnikasi talablari ko‘rilgan quruq va yorug‘ xonada olib borilmog‘i kerak. Bu xonada portlovchi moddalar, benzin, moyli idishlar va ishga xalaqit beradigan buyumlar bo‘lmasligi kerak. Ish jarayonida xona vaqti-vaqti bilan shamollatib turilmog‘i lozim. Payvandchining asosiy ish asbobi elektrod tutqich, to‘skqich va boshqalar bo‘ladi. Elektrod tutqichlar (prujinali, plastinkali, vintli) elektrodni yaxshi tutib, kontakt beruvchi bo‘lishi bilan zaruriyatda elektrodni tez almashtiradigan, yengil va ishga kulay bo‘lishi kerak.
3.1-rasm. Metallarni elektr yoy yordamida uchma-uch dastaki payvandlashda qalinligiga (S, mm) ko‘ra chetlarini tayyorlash: a — chetlari qayrilgan; b — chetlari kertilmagan;
v — chetlari V simon
kertilgan;
g — chetlari X simon
kertilgan; d — chetlari U simon kertilgan
Payvandlashda ishchi metall uchkunlaridan, yoy ajratayotgan infra va ulьtrabinafsha nurlardan saqlanish, bostirilayotgan chokni kuzatish uchun maxsus oynali to‘sqich yoki shlem maskada, brezent korjoma va qo‘lqopda ishlashi shart. CHok sirtida yopishgan shlakni tozalab turish uchun po‘lat simli shotka, zubilo bolg‘acha, chok o‘lchamini
kuzatib turishda andaza va metallarni dastaki payvandlash posti:2-rasm. O‘zgarmas tok yordamida o‘lchov asboblari bo‘lishi 1 — tok tarmog‘i; 2 — rubilnik;
3 — tok o‘zgartkichi; 4, 5 — elektr simi;
kerak. 6 — zagotovka; 7 — elektrod tutkich; 8— to‘siq; 9 — stol; 10— rostlagich
Yoy quvvati. Metallarni metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlashda chok metalini zaruriy temperaturagacha qizdirish tezligi yoy quvvatiga bog‘liq. Yoy quvvati esa tok kuchiga, kuchlanishiga, elektrodlar materialiga va o‘lchamlariga, elektrodlararo muhitga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liqdir. Agar elektrodlar materiali, ularning oraliq muhiti bir deb olsak, yoy yonishida ajralayotgan issiqlikni quyidagi formula bo‘yicha ifodalash mumkin:
𝑄𝑦𝑜 = 𝐾 ∙ 𝐼, 𝐽/𝑠
Bu yerda K — tok kuchlanishining nosinusoidal koeffitsienti (o‘zgarmas tokda K = 1, o‘zgaruvchan tokda K= 0 ,7 -0 ,8 olinadi), I — tok kuchi, U — tok kuchlanishi, V.
Topshiriq.
Har bir talaba o‘ziga berilgan variant bo‘yicha elektrod diametri va tok kuchini aniqlab quyidagi jadvalni tshldirsin.
Variant №
|
Payvandlanayotgan detal qalinligi (h, mm)
|
Elektrod diametri
(d, mm)
|
Tok kuchi (I, A)
|
|
|
|
|
Variant va detal qalinligi miqdori talabaning jurnaldagi tartib raqami bo‘yicha olinsin.
Detal qalinligi, mm
|
0,5-1
|
1-2
|
2-5
|
5-10
|
10-15
|
15 dan katta
|
Elektrod diametri,
mm
|
1-1,5
|
1,5-2,5
|
2,5-4
|
4-6
|
6-7
|
7-9
|
Tok kuchi quyidagicha aniqlanadi
𝐼 = 𝑑𝐾, 𝐴
d – elektrod diametri
K – 1 mm elektrod diametriga to‘g‘ri keladigan tok zichligi, K=30-40 legirlangan po‘latlar uchun, K=40-50 kam uglerodli po‘latlar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |