M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

Qozog‘iston. 
ShHT doirasidagi hamkorlik Qozog‘iston tashqi si- 
yosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
258


Qozog‘iston hukumati Moskva va Pekin o ‘rtasidagi ijobiy muno- 
sabatlar Markaziy Osiyo davlatlari o ‘rtasidagi ko‘ptomonlama muno- 
sabatlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi.
0 ‘z geosiyosiy joylashuvidan kelib chiqib, Qozog‘iston o ‘z man- 
faatlariga tayangan holda, yirik davlatlar bilan mutanosiblashgan 
munosabatlami o ‘matish imkonini beruvchi ko‘p vektorli tashqi si- 
yosat yurgizishga intiladi. Bu ko‘p vektorlilik Ostonaning parallel 
ravishda ShHT, Osiyoda ishonch hamkorligini o‘matish bo‘yicha 
hamkorlik (SVMDA), KXShT (ODKB), YeEP va YevrAzES tash- 
kilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish intilishlarida o‘z ifodasini 
topadi.
Biroq Xitoy va Rossiya o ‘rtasidagi ochiq raqobat, shuningdek, 
AQSHning harbiy va iqtisodiy ta’sirining ortishi Qozog‘istonning 
ShHTning istiqboliga oid ko‘plab masalalar bo‘yicha yondashuvla- 
rining noaniq bo‘lib qolishini belgilab beradi.
Umuman olganda, amaliyotko‘rsatadiki, Qozog‘iston ShHT faoli­
yati bo‘yicha asosan Rossiya yondashuviga moyil.
Ostona ShHT doirasida iqtisodiy, shu jumladan, savdoni liberal- 
lashtirish, investitsiyalar, Xitoy va Rossiya sarmoyalarini jalb qilish 
bo‘yicha hamkorlikdan manfaatdor. Qozog‘iston tomoni tashkilot 
a’zolarining uzoq istiqbolli savdo-iqtisodiy dasturini ishlab chiqish 
tashabbuskorlaridan hisoblanadi.
Qirg‘iziston. 
Qirg‘iziston ShHTni milliy xavfsizlikni ta’min- 
lashning ishonchli kafolatlarini tashkil etuvchi vositalardan biri va 
xavfsizlikka tahdid soluvchi davlatlar, shu jumladan, qo‘shni mam- 
lakatlarning ta’sirini cheklab turishga qaratilgan real kollektiv me- 
xanizm deb biladi. Shu munosabat bilan, tashkilotning ochiqlik omili 
va unga boshqa mamlakatlaming a’zo bo‘lib kirishiga alohida ahami- 
yat beradi.
Bundan tashqari, Bishkek Qirg‘izistonning ShHT doirasidagi 
ishtirokigaMarkaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta ’minlashning 
eng asosiy komponentlaridan biri deb qaraydi.
Mavjud geosiyosiy realliklar sababli Qirg‘iziston jahon kuch 
markazlari bilan muvofiqlashtiruv siyosatini yurgizishga intiladi. 
Bishkek bir vaqtning o‘zida Rossiya, Xitoy va AQSH Shanxay ham-
259


korlik tashkiloti bilan munosabatlami rivojlantirish Qirg‘izistorining 
mintaqadagi mavqeyini o‘zgartirish imkonini beradi, deb hisoblaydi.
Qirg‘iziston ShHT MATni Bishkekda joylashtirish yuzasidan ay- 
niqsa faol sa’y-harakatlami olib borgan edi. Ammo ShHTga a’zo dav­
latlar boshliqlarining uchrashuvi bu tuzilmani Toshkentda joylashtirish 
to‘g ‘risidagi qarori Qirg‘izistonni ajablantirdi va shu sababdan Bishkek 
bu yo‘qotishni boshqa yo‘nalishlarda «qoplash»ga intilmoqda.
Xususan, Bishkek ShHTga a’zo beshta mamlakatning «Hamkor- 
lik-2003» qo‘mondonlik-shtab harbiy mashg‘ulotlarining barchasida 
ishtirok etgan yagona davlat sifatida o ‘zini namoyon qilishga intildi.
Bishkekning o‘z ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda 
ShHT doirasidagi iqtisodiy hamkorlikka nisbatan katta umidlari mav- 
jud.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish