M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

140 
Каримов 
И.А. 
Бизнинг 
бош 
максадимиз 
-
жамиятни
демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислох
этишдир. - Т.:Узбекистон, 2005, 60 б.
262


Ian to‘ldirishga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish barcha a’zo 
davlalar uchun istiqbollidir.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Xitoy, Rossiya, Qozog‘is- 
ton, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda 0 ‘zbekiston davlatlari o ‘rtasida 
2001-yil 15-iyunda tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot 
hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro 
ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy, 
savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, ta’lim, ener- 
getika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa 
sohalardagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Bundan 
tashqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm 
va ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashish ham tashkilotning 
asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
0 ‘zbekiston 2001-yil iyun oyida ShHTga a’zo bo‘ldi va uning 
muassisi hamda teng huquqli qatnashchisiga aylandi. Shanxay ham­
korlik tashkiloti tartib-qoidalariga binoan, har yili a ’zo mamlakat- 
lardan biri unga rais bo‘ladi. 0 ‘zbekiston raisligi davrida erishilgan 
yutuqlardan biri - BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yil 
18-dekabrda konsensus asosida ShHT va BMT o ‘rtasidagi hamkor­
lik to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishidir. Shunisi 
e’tiborga molikki, ushbu rezolyutsiyaga ShHTga a’zo davlatlar -
0 ‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston va Tojikiston- 
dan tashqari Pokiston va Dominikan Respublikasi ham hammualliflik 
qildi.
Har qanday xalqaro tashkilotning nufuzi va ahamiyati unga dun- 
yoda berilayotgan e’tibor va faoliyatning samaradorligi bilan belgi- 
lanadi. ShHT nisbatan qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro tashkilotga 
aylandi. Ta’kidlash joizki, kuzatuvchi mamlakatlar bilan qo‘shib hi- 
soblaganda, ShHT dunyo aholisining yarmini birlashtiradi. Bu esa 
uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari - iqtisodiy hamkorlikni rivojlan- 
tirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashdagi salohiyatini 
oshiradi. Ana shu ikki ustuvor yo‘nalishga alohida urg‘u beriladi. 
Zero, xavfsizlik orqali hamkorlikni rivojlantirish, umumiy taraqqi- 
yotga erishish tashkilotning asosiy maqsadidir. Yevrosiyo hududi- 
ning 61 foizini, dunyo aholisining to‘rtdan bir qismini tashkil qilgan
263


mamlakatlar ishtirokidagi yangi tashkilot qabul qilgan birinchi hujjat 
«Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g ‘risidagi Deklaratsiya», 
«Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi 
Konvensiya bo‘ldi.
Oradan 1 yil o ‘tib, Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan sammitda tash- 
kilotning tuzilmalarini shakllantirish boshlandi. 2003-yilda esa ShHT 
Kotibiyati (qarorgohi Pekinda) va Mintaqaviy Aksilterror tuzilmasi 
(qarorgohi Toshkentda) tashkil etildi.
2004-yil-1-yanvaridan boshlab amaliy mexanizmi, m a’muriyati 
va budjetiga asos solingan ShHT to‘laqonli xalqaro tashkilot sifatida 
tan olindi. Tashkilotning faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida
2005-2006-yillarda ShHTning Banklararo birlashmasi, Ishbilarmon- 
lar kengashi va Forumi tashkil qilindi.
ShHT tuzilganidan key in ko ‘plab davlatlar uning safidan joy 
olish istagini bildirdi. Bugungi kunda jahonda nufuzi ortib borayot- 
gan ShHTga 6 ta - 0 ‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
Tojikiston va Xitoy a ’zo. Hindiston, Eron, M o‘g ‘uliston va Pokis- 
ton kuzatuvchi maqomiga ega. Belarus va Shri-Lankaga Muloqot 
bo‘yicha hamkor maqomi berilgan. ShHT sammitlarida MDH, ASEAN 
va A fg‘oniston rahbarlarining taklif etilishi tashkilotning istiq- 
bolidan darak beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ShHT harbiy tashkilot emas. Bu tash­
kilot asosan a’zo davlatlaming havfsizligini ta’minlashga mas’uldir. 
ShHTning o ‘z oldiga qo‘ygan vazifalar barqaror taraqqiyot va faro von 
istiqbol uchun hamkorlikda faoliyat yuritishdan iboratdir. So‘nggi 
vaqtlarda jahonda nufuzi ortib borayotgan tashkilot o ‘z oldiga urush- 
lar va harbiy-siyosiy to‘qnashuvlar xavfini daf etib, tinchlik, farovon 
hayotga erishishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan. Qarorgohi Toshkentda 
bo‘lgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi o ‘z mevalarini bermoqda. 
Shu davr mobaynida MATT tomonidan mingdan ortiq terroristik 
hodisalarining oldi olindi. Tashkilotga a’zo davlatlaming maxsus xiz- 
matlari tomonidan terrorchi tashkilotlaming rahbarlari qo‘lga olindi 
va yo‘q qilindi. ShHT doirasida madaniy va gumanitar sohalarda 
aloqalar rivojlanib bormoqda. 2002-yilda Pekinda madaniyat vazir- 
larining uchrashuvi bo‘lib o ‘tdi. A’zo mamlakatlarda madaniyat kun-
264


larini o‘tkazish borasidagi takliflar qo‘llab-quvvatlandi. 0 ‘tgan davr 
ichida bir necha tadbirlar o ‘tkazildi. Mamlakatlar o ‘rtasida talabalar 
va o‘qituvchi-professorlar almashuvlari yo‘lga qo‘yilgan. San’at so- 
hasidagi hamkorlik ham rivojlanib bormoqda.
ShHT davlatlari o ‘zaro munosabatlarda «Shanxay ruhi»ga amal 
qiladi. Bu ibora qarorlami konsensus asosida qabul qilish, o‘zaro 
ishonch va manfaatdorlik, tenglik, maslahatlashuv, madaniy xilma- 
xillikka hurmat bilan yondashuv, birgalikda taraqqiy etishga intilish 
tamoyillariga qat’iy amal qilish demakdir.
2016-yil Toshkentda ShHT a’zo davlatlari rahbarlari kengashining
15-yilligiga bag‘ishlangan yubiley majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat 
rahbarlari asosiy hujjat - ShHT 15-yilligining Toshkent deklaratsi- 
yasini imzoladilar. Mazkur hujjatda tashkilotning o ‘tgan 15-yilllik 
faoliyatini baholash bilan birga, a ’zo davlatlaming ShHT rivojlani- 
shi istiqbollariga doir bir-biriga mujassam yondashuvlar, shuningdek, 
hozirgi xalqaro va mintaqaviy vaziyatga nisbatan davlatlarning pozi- 
tsiyalari aks ettirildi.
Davlat rahbarlari ShHTning 2015-yilgacha taraqqiyot strate- 
giyasini amalga tatbiq etish bo‘yicha 2016-2020-yillar oralig‘ida 
m o‘ljallangan tadbirlar rejasini tasdiqladilar. 2005-yil iyul oyidagi 
SHHTning navbatdagi samitida SHHT faolitining asosiy yo‘nalishlari- 
xavfsizlik muammolari va savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy ham­
korlikni, transport kommunikatsiyalari borasidagi aloqalarni rivoj- 
lantirishga doir masalalar yuzasidan ham fikr almashinildi. Shuning­
dek, davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro muammolarga, terror- 
chilik, ekstrimizm, ayirmachilik, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, 
narkobiznes va qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosi kabi illatlarga 
qarshi birgalikda kurashning samaradorligini oshirish borasidagi 
masalalarga e’tibor qaratdilar. Muzokaralar davomida, Toshkentdagi 
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Pekindagi Kotibiyatining 
o‘tgan davrdagi faoliyati ko‘rib chiqildi. Markaziy Osiyo umumiy 
bozomi shakllantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, suv-energetika zaxiralaridan 
foydalanish, neft-gaz konlarini o ‘zlashtirish, transport, fan-texnika, 
ta’lim, sogiiqni saqlash, madaniyat, sport, sayyohlik va ekologiya
265


sohalaridagi aloqalar koTamini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr 
almashildi. Sammit yakunlari bo‘yicha ShHT davlat rahbarlarining 
deklaratsiyasi imzolandi. Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlaming 
terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurashdagi ham- 
korligi to‘g‘risidagi konsepsiya qabul qilindi. ShHTga a’zo mam- 
lakatlaming ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasidagi doimiy va- 
killari to‘g ‘risidagi nizom tasdiqlandi. Sammitda Mintaqa hududidagi 
Afg‘onistonda Aksilterror Koalitsiya o‘zining harbiy operatsiyalarini 
boshlash jarayonida joylashtirgan harbiy bazalarini, xalqaro huquq 
normalariga asosan, 180 kun ichida olib chiqib ketishi lozimligi haqi- 
dagi bayonot e’lon qilindi. Sammitda Eron, Pokiston va Hindistonga 
ShHT huzurida kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi qarorlarga 
imzo chekildi. 2017-yilda esa Hindiston va Pokistonning a’zolikka 
qabul qilinish protsedurasini Ostona sammitida tugatilishi va ular- 
ning to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinishi belgilandi. Shu paytgacha 
Mo‘g ‘uliston shunday maqomga ega edi. Tomonlaming birgalikdagi 
harakatlari bilan tashkilot o ‘z faoliyatida yirik muvaffaqiyatlarga 
erishdi.
2010-yil 5-aprelda Toshkent shahrida BMT va ShHT Kotibiyatlari 
o‘rtasida hamkorlik to ‘g ‘risidagi qo‘shma deklaratsiyasi imzolanib, 
unga binoan BMTning tegishli antiterror boTinmasi bilan ShHT 
MATT o ‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Shunga o ‘xshagan uchrashuv 2016-yil oktabr-noyabr oylarida 
ham bo‘lib o ‘tdi. BMTning Nyu-Yorkning shtab kvartirasida bo‘lib 
o‘tgan zamonaviy xavf-hatarlarga qarshi kut'ashda BMT va ShHT 
hamkorligi bo‘yicha yuqori darajali uchrashuvida “BMT va ShHT 
o ‘rtasidagi hamkorlik” bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining Rezo- 
lyutsiyasi qabul qilindi va undagi MATTning roli ta’kidlab o‘tildi. 
Shuningdek, Venadagi 2017-yil 13-martda BMT yordamchi tashkiloti 
UNP va ShHT Sekretariatining narkotik xavfi muammosi bo‘yicha 
yig‘ilishlari ham shular jumlasidandir.
2017-yil 20-21 -aprelda Ostonada bo‘lib o‘tgan Tashqi Ishlar Vazir- 
lari Kengashi majlisida ham Afg‘oniston masalasiga katta e ’tibor qa- 
ratildi. Jumladan, Afg‘oniston hukumati hamda Afg‘oniston xalqini 
tinchlikni o‘matishdagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish