M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


Каримов И.А. Биз танлаган йул - демократии тараккиёт ва маъри-



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

137 Каримов И.А. Биз танлаган йул - демократии тараккиёт ва маъри-
фий дунё билан хдмкорлик йули. -Т.: Узбекистан, 2003, 277 б.
138 Усмонов А. Тошкент саммита арафасида. // “Халк сузи” рузномаси,
2004 йил 1 июнь.
253


ekspertlaridan tarkib topgan qo‘shma nazorat guruhi orqali harbiy so- 
hadagi bitimlami amalga oshirishga intiladi.
Uchinchidan, XXR hukumati Afg‘onistondan chiqayotgan diniy 
ekstremizm va separatizm tahdidlarining tarqalishi va Shinjon mux- 
toriyati (SUAR) bilan bevosita chegaradosh Markaziy Osiyodagi vo- 
qealar rivojidan jiddiy xavotirda. Pekinda ko‘rsatilgan hozirgi zamon 
tahdidlari bilan yakka tartibda kurashishning iloji yo‘qligini va ular- 
ning umumiy xavf solishi tufayli birgalikda kurashish kerakligini tu- 
shunadi. Shuning uchun tashqi sheriklar va tashkilotning a’zolari sa- 
lohiyatidan foydalangan holda, Xitoy mojaroni yakuniy hal qilishga 
kirishish niyatida.
To‘rtinchidan, Xitoy o ‘zining Markaziy Osiyodagi manfaatlarini 
o‘rta muddatli istiqbolda Rossiya manfaatlari bilan ShHT formati 
orqali mutanosiblashtirishga intiladi, uzoq muddatli istiqbolda esa 
mintaqada o ‘zining monopol ustunligini o ‘matish niyatida.
Beshinchidan, ehtimol, Xitoy o ‘zining Markaziy Osiyodagi 
ta’sirini kuchaytirish niyatida hozirda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida 
mavjud bo‘lgan muammolardan unumli foydalanish orqali asta-sekin 
ular o‘rtasida kelishtiruvchi rolini qoTga kiritishi mumkin.
Oltinchidan, Pekin ShHTni mamlakatning g‘arbi-shimoliy xavfsiz­
lik chizig‘ini ta’minlash uchun ajoyib imkoniyat deb biladi, bu XXR 
tashqi siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Shu tarzda Xi­
toy G‘arb ta’sirining kuchayib ketishiga va uyg‘ur ayirmachilarining 
kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydigan bufer zonani {ashkil etishi mumkin.
Yettinchidan, Xitoy ushbu mexanizmdan «yagona Xitoy» siyosa- 
tini yanada kuchaytirish, shuningdek, gegemonizm va kuch siyosati- 
ga qarshi turish va tashqi siyosiy tashabbuslami ilgari surish orqali 
ko‘pqutblilik jarayonini rag‘batlantirish yo‘lida foydalanish niyatida.
Sakkizinchidan, Pekin ShHT mexanizmini qoTlash orqali Marka­
ziy Osiyoning issiqlik-yoqilg‘isidan keng foydalanish niyatida.
To‘qqizinchidan, Xitoy rahbariyati tashkilotga a’zo mamlakatlari- 
ning savdo-iqtisodiy aloqalar salohiyatidan XXRning g‘arbiy hudud- 
larini keng koTamda o‘zlashtirishda, shu jumladan, o‘z iqtisodiyoti 
uchun mahsulotlarni sotish bozorini shakllantirish yo‘li bilan foy­
dalanish niyatida.
254


0 ‘ninchidan, Xitoy, ehtimol, ShHTga a’zo mamlakatlar salohiya- 
tini Sharqiy Osiyoni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‘lovchi 
va XXRning bu mintaqalarga chiqishiga ko‘maklashuvchi barqaror 
transport koridorlarini yaratishga intiladi. Bu, shuningdek, Yaponiya, 
Janubiy Koreya va Janubi-sharqiy Osiyoning boshqa davlatlaridan 
mollami Yevropaga tranzit qilish orqali katta iqtisodiy foyda olish 
imkonini beradi.
Tahlil natijalari ko‘rsatmoqdaki, Shanxay hamkorlik tashkilotiga 
nisbatan a’zo davlatlaming yondashuvlari, manfaatlarining mushtarak- 
ligi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Xitoy. 
Xitoy ShHT doirasida ko‘ptomonlama hamkorlikni rivojlan- 
tirish tarafdori sifatida tashkilotning barcha tadbirlarida faol ishtirok 
etadi.
Pekinning diqqat markazida - xavfsizlik va iqtisodiy hamkor­
lik sohalari ustuvordir. Mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va 
«uchta yovuzlik»: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va milliy sepa- 
ratizm bilan kurashda hamkorlikni mustahkamlashning ustuvorligi 
Xitoy tomonidan barcha darajalarda ta’kidlanadi va faol harakatlari 
bilan tasdiqlanadi.
Bu yo‘nalishda XXR Shinjonda barqarorlikni ta’minlash va mam­
lakatning g ‘arbiy tumanlarini tezroq rivojlantirish, Markaziy Osiyo 
mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar, mintaqada 
uyg‘ur ayirmachilarining ta’sirini neytrallashtirish uchun qulay tashqi 
shart-sharoitni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Oxirgi omil, shuningdek, XXRning huquqni muhofaza qilish ido- 
ralari yo‘nalishi bo‘yicha ham hamkorlikni rivojlantirishni nazarda 
tutadi. ShHT a’zo mamlakatlaming huquqni muhofaza qilish tuzil- 
malari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda va ularga moddiy- 
texnik yordam ko‘rsatilmoqda. Pekin, shuningdek, tashkilot doira­
sida qo‘shma harbiy va aksilterrorchilik tadbirlami (mashg‘ulotlar, 
yig‘ilishlar) o ‘tkazishni taklif etmoqda.
XXRda giyohvand moddalaming noqonuniy aylanmasi bilan 
bog‘liq jinoyat ishlarining ortib borishi, Pekinni Shanxay hamkorlik 
tashkilotiga a’zo davlatlar bilan narkotrafikka qarshi kurash sohasida- 
gi hamkorligini kuchaytirishga undamoqda.
255


Xitoy ShHT doirasida harbiy sohadagi hamkorlikni rivojlanti- 
rish tarafdori, Xitoy tomoni fikricha, bu terrorizmga qarshi kurash- 
ga bag‘ishlangan boTishi kerak. Bunga tasdiq sifatida XXR harbiy 
bo‘linmalarining ShHT mamlakatlarining ( 0 ‘zbekiston ishtirokisiz) 
2003-yil avgustida Qozog‘iston va XXRning Uyg‘ur muxtoriyatida 
o‘tkazilgan aksilterrorchilik mashg‘ulotlaridagi ishtirokini ko‘rsatish 
mumkin. Xitoy, shuningdek, 2004-yil yozida Pekinda ShHT doira­
sida mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazish 
tashabbusini ilgari surgan.
XXRning ShHTdagi ikkinchi ahamiyatli ustuvor vazifasidan biri— 
bu ko‘ptomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish. Xitoy fikri­
cha, iqtisodiy hamkorlik terrorizm manbalarini yo‘q qilishga yordam 
beradi.
2003-yil sentabrda ShHT HBKning Pekinda bo‘lib o‘tgan 
yig‘ilishidan keyin, Xitoy iqtisodiy hamkorlik masalalariga, ayniqsa, 
tasdiqlangan ShHTga a’zo davlatlaming ko‘ptomonlama savdo-iqti- 
sodiy hamkorligi Dasturini amalga oshirishga e ’tiborini kuchaytirdi.
Xitoy tomoni iqtisodiy hamkorlikning yakuniy maqsadi - tashki­
lot doirasida Erkin savdo hududini tashkil etish deb hisoblaydi. 0 ‘rta 
istiqbolli muddatda ShHT doirasida o‘zaro kelishilgan sa’y-harakatlar 
orqali savdo sohasida barqaror va transparent qoida va protseduralar- 
ni ishlab chiqish, savdo va sarmoyalar sohasida qulay shart-sharoit 
yaratish vazifasi qo‘yilmoqda.
Pekin a’zo mamlakatlaming ShHT doirasidagi munosabatlarida 
savdo va investitsion rejimni sezilarli ravishda liberallashtirishga in- 
tilmoqda, bu Xitoyga Markaziy Osiyo bozorlarida Rossiya va G‘arb 
kompaniyalari bilan samarali raqobat qilish imkonini hamda min- 
taqaning energetika va boshqa xomashyo resurslariga kengroq yo‘l 
ochishi mumkin.
Hozirda Pekin ShHT doirasida Taraqqiyot Fondi va Iqtisodiy fo­
rum (Ishbilarmonlar kengashi)ni tashkil etish g ‘oyasini faol ilgari sur- 
moqda.
XXR Xitoyni Markaziy Osiyo orqali Yevropa va 0 ‘rta Sharq bilan 
bog‘lovchi zamonaviy, iqtisodiy jihatdan samarali transport magis- 
trallarini tashkil etishdan manfaatdorligidan kelib chiqib, transport
256


sohasida hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi. XXR 
ning ShHT doirasida xalqaro atvomobil yuk tashishlari to‘g ‘risidagi 
bitimni imzolash tashabbusi bunga tasdiq bo‘la oladi.
ShHTni kengaytirish masalalari bo‘yicha Xitoy, a’zo davlatlar 
manfaatlarining to‘qnash kelishidan yiroqlashishga intilgani holda, 
bu masalada o‘ta faollik namoyish etmaydi va muvofiqlashtirilgan 
yondashuvlar, shu jumladan, bu masalalar yuzasidan qarorlar qabul 
qilish protsedurasini belgilovchi hujjatlami kelishtirish zaruratini 
ta’kidlaydi.
Xitoy tomoni, ShHTning ochiqlik tamoyili tarafdori ekanligini 
ta’kidlagani holda, ShHT faoliyati masalalari yuzasidan, G‘arb davlat- 
lari bilan faol aloqalarni qo‘llab-quwatlaydi. Bundan tashqari, Pekin 
ShHT Kotibiyatining turli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlari bilan 
hamkorligini qo‘llab-quwatlaydi.
Pekinda ShHT shakllanish jarayonining yakunlanishi, uning 
ochiqligi va boshqa davlatlar va tashkilotlarga qarshi y o ‘nal- 
tirilmaganligi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, ASEAN, 
Yevropa Ittifoqi va boshqa yirik mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek, 
dunyoning yirik davlatlari bilan aloqalar o ‘matishi uchun asos yarata- 
di, deb hisoblashadi.
Pekin Toshkent bilan ShHT doirasida hamkorlikdan manfaatdor. 
0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
tashkilotning Moskva sammitidagi va boshqa sammitlardagi tashab- 
busining Xitoy sobiq rahbari Xu Szintao tomonidan ‘qo‘llab-quv- 
vatlanishi ushbu davlatning 0 ‘zbekiston bilan manfaatli aloqalarni 
qo‘llab-quwatlash tarafdori ekanligiga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Xitoy ShHT doirasida 0 ‘zbekiston xatti-harakatlariga nisbatan hech 
qachon tanqidiy munosabat izhor etmagan.
Xitoyda Toshkentda ShHT MATning ochilishi to‘g‘risidagi qaror 
0 ‘zbekistonning Markaziy Osiyoda terrorizm, separatizm va eks- 
tremizmga qarshi kurashdagi muhim rolini tan olish deb ta’kidlashadi 
va amalda 0 ‘zbekistonning mintaqada ushbu tahdidlarga qarshi 
kurashni muvofiqlashtirish maqomini tan olishadi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish