M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Барыгин И. H. Международное регионоведение. - СПб.: 
Питер, 2016, 384 с.
2. Мухдммадсидиков М.М. Замонавий халкаро муносабат- 
ларнинг минтакавий жихдтлари (укув кулланма) -Т : ТошДШИ,
2013,182 б.
3. Мухдммадсидиков М.М. Хорижий Шарк ва Fарб мамла- 
катларида ижтимоий-сиёсий жараёнлар 
(укув кулланма) -Т : 
ТошДШИ, 2013, 160 6.
4. Muhammadsidiqov М.М. Sharq mamlakatlari xalqaro munosa­
batlari (o‘quv qo‘llanma). - Т.: ToshDSHI, 2017, 240 b.
44


5-BOB. GLOBALLASHUV JARAYONI, UNING ASOSIY
JIHATLARI VA YO‘NALISHLARI
Darsning maqsadi:
• mazkur m a’ruzani o ‘qitishdan ko ‘zlangan maqsad talabalar 
xalqaro mintaqashunoslik haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
• xalqaro mintaqashunoslik fani yuzasidan bilimlarini chuqur- 
lashtirish;
• turli mintaqalardagi mamlakatlaming siyosiy-ijtimoiy jaray­
onlari borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;
• usul va uslublardan foydalanish tajribasini oshirish;
• ilmiy tadqiqot ishlari, axborot-tahliliy yozishmalami olib bor- 
ish qobiliyatlarini rivojlantirish;
• talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda 
amaliyotda ulami qo‘llashni o ‘rgatishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar: globallashuv, axborotlashuv,
sotsiomadaniylik, global madaniyat, global jamiyat, global siyosat,
global ta ’lim, mintaqaviylashuv, regionalistika, mintaqaviy hamkor­
lik, integratsiya, xalqaro munosabatlar, jahon siyosati, xalqaro siyo­
sat, xalqaro tashkilotlar, globallashuv, tendensiya, global muammo­
lar, mintaqalashtirish, xalqaro hamjamiyat, konsepsiya, demokratik
dunyo g ‘oyasi, geosiyosiy jarayonlar.
5.1. Globallashuv jarayottining mazmuni va mohiyati
Bugun insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan 
tubdan farq qiladigan о 4a shiddatli va murakkab bir zamonda yasha- 
moqda. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos 
olimlar, sharhlovchi va jumalistlar bu davmi turlicha ta’riflab, har xil 
nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar davri desa, 
kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida 
izohlamoqda.
Albatta, bu fikrlaming barchasida ham m a’lum ma’noda haqiqat, 
ratsional mag‘iz bor. Chunki ulaming har biri o‘zida bugungi serqirra
45


va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. 
Ammo ko‘pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida 
taassurot uyg‘otmoqda. Bunday ta’rif ko‘p tomondan masalaning 
mohiyatini to‘g‘ri ifodalaydi. Nega deganda, hozirgi paytda Yer yuz- 
ining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu 
haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech 
kimga sir emas. Globallashuv fenomeni bugungi kunda ilmiy-falsafiy, 
hayotiy tushuncha sifatida juda keng m a’noni anglatadi. Umumiy 
nuqtayi nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha m a’no- 
mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhit- 
ning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy 
muammolaming jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini 
ifoda etmoqda.
Globallashuv jamiyat rivojlanishi formalaridan tubdan farq qi- 
luvchi o‘z qonun-qoidalariga ega. Bu barcha mamlakatlar oldiga 
ko‘pgina muammolami ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Globalizatsiya 
jarayonida mamlakatlar qanday qilib milliy o‘zligini saqlab qolishi 
mumkin? 0 ‘zbekiston bu borada ulkan tajribaga ega.
Hozirda axborot xurujlari haqida ko‘p gapirilayotgan bo‘lsa-da, 
mutaxassislar tomonidan mazkur tushunchaga hali to‘la ta’rif beril- 
ganicha yo‘q. Buning ustiga, hatto soha tadqiqotchilari, mutaxassis­
lar ham «axborot xuruji» yoki «axborot urushi» degan jumlaning qa- 
chondan muomalaga kirgani va axborot-qurol sifatida ilk bor qachon 
foydalanilgani haqida bir to‘xtamga kelgani yo ‘q. Shu bois, mazkur 
ishda bu borada yuzaga keladigan quyidagi savollarga javob topish 
zarurati yuzaga keldi: Axborot urushi nima? U qanday vositalar bilan 
amalga oshiriladi va bunda qanday maqsadlar ko‘zlanadi? Axborot 
tizimlari va texnologiyalarini izdan chiqarish, axborot xurujlarini 
tashkil etishni davlat yoki jamiyatga nisbatan tahdid, ekspansiya ha­
rakati deyish mumkinmi? Agar shunday bo‘Isa, unga qarshi qanday 
javob vositalari va usullarini qo‘llash mumkin?
Globallashuv sharoitida mazkur savollarga javob topish nechog‘li 
muhim ekanligi tayin. Negaki, bugun “Globallashuv tushunchasining 
yagona umumqabul qilingan ta’rifi bo‘lmasa-da, bu hodisani turlicha 
talqin qiladigan ko‘plab nazariy yondashuvlar mavjud. Odatda, glo-
46


ballashuv deganda dunyo miqyosida yagona iqtisodiy-moliyaviy va 
axborot maydonining shakllanishi jarayoni tushuniladi”25.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib 
kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni 
obyektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqi- 
yoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosi­
da boshqa hudud va mintaqalar bilan shunday chambarchas bog‘lanib 
borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy 
natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.
Shu ma’noda, globallashuv - bu avvalo hayot sur’atlarining beqi- 
yos darajada tezlashuvi demakdir.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani sin- 
gari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi 
paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha 
sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar 
o ‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xori- 
jiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin hara- 
kati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab ish o ‘rinlarining yara- 
tilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, 
ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlaming 
umuminsoniy negizida uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqot- 
ning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o ‘zaro yor- 
dam ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, bulaming barcha- 
siga globallashuv tufayli erishilmoqda.
Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqi­
yot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo‘lida foy­
dalanish mumkin. Agarki, bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini 
tadrijiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni ka- 
molotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar 
bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib 
kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu 
qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish